Surxondaryoda ichki ishlar organlarining tashkil etilishi va faoliyati (1917-1991 yy.)
Ushbu avtoreferat Surxondaryoda 1917-1991 yillarda ichki ishlar organlarining tashkil etilishi va faoliyatini qamrab oladi. Tadqiqotda sovet davrida ichki ishlar organlarining tuzilishi, vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlardagi oʻrni hamda bu sohadagi oʻzgarishlar tahlil qilingan. Xususan, Ikkinchi jahon urushi davri va urushdan keyingi yillardagi militsiya organlarining faoliyati, xodimlarning mehnatlari va ularning jamiyatdagi oʻrni atroflicha yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahondagi rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotining hozirgi bosqichida qonun ustuvorligini ta'minlash, xalqaro tinchlikni mustahkamlash sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga yordam beradigan huquqiy vositalarni takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlarini mutaxassislar bilan ta'minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning hududlarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashdagi oʻrni, ichki ishlar idoralarining inson huquqlarini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan xizmatlarini yanada takomillashtirishga oid ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bois, soʻnggi besh yilda ichki ishlar tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish, quyi boʻgʻin boʻlinmalari natijadorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga bog'liqligi: Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar tuzishini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Tadqiq etilayotgan mavzuga tegishli adabiyotlarni davriy xususiyatlaridan kelib chiqib ikki guruhga boʻlib oʻrganish maqsadga muvofiq: Birinchisi, Sovet davrida yaratilgan adabiyotlar; Ikkinchisi, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin amalga oshirilgan tadqiqotlar. Birinchi guruh adabiyotlarining bir qismini Sovet hukumatining dastlabki yillarida e'lon qilingan turli maqolalar, risolalar, shuningdek, ma'ruzalar hamda hisobotlar tashkil qilsa, qolgan qismini esa, asosan, soha tarixi yuzasidan yozilgan asarlar, shuningdek, amalga oshirilgan tadqiqot ishlari tashkil etadi.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi 1917–1991 yillarda Surxondaryoda ichki ishlar organlarining tashkil etilishi va faoliyati tarixini ochib berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: Surxondaryoda sovet hokimiyatining mustahkamlanishi yillaridagi ichki ishlar organlarining tashkil etilishi va vazifalarini tadqiq etish; Sovet davrida Surxondaryoda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar jarayonida militsiya organlarining faoliyati, soha xodimlarining Ikkinchi jahon urushi yillarida jang maydonlaridagi ishtiroki, qayta qurish yillarida ichki ishlar organlarining faoliyatidagi kamchiliklar, undagi muammo va ziddiyatlarni aniq dalillar asosida ochib berish; Ichki ishlar organlari xodimlarining jamiyatda tartib-osoyishtalikni mustahkamlash, davlat va xalq mulkini qoʻriqlash, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish borasidagi faoliyatini tahlil etish; Afg'onistonda cheklangan qoʻshinlari tarkibida oʻz baynalmilalchilik burchini ado etgan ichki ishlar boshqarmasining xodimlari faoliyatini ilmiy nuqtayi nazardan tahlil etish; Surxondaryo viloyati ichki ishlar idoralarida xizmat qilgan xotin-qizlar faoliyati tadqiq etish; Ilmiy xulosalarga tayangan holda Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan ichki ishlar idoralari tizimining rivojlanishiga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
- Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti 1917-1991 yillarda Surxondaryoda ichki ishlar organlarining faoliyati tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti qilib 1917-1991 yillarda Surxondaryoda ichki ishlar organlarining tashkil etilishi, uning vazifa va vakolatlari hamda militsiya organlarining respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jarayonlardagi ishtirokini ilmiy tahlil etish belgilangan.
- Tadqiqotning usullari: Tadqiqot jarayonida tarixiy va qiyosiy, muammoli-xronologik, xolislik, tizimli tahlil, ogʻzaki tarix kabi usullar qoʻllanilgan.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Surxondaryo okrugida militsiya xodimlari rus va rusiyzabon aholi ichidagi harbiylardan tanlab olinib, ularga “aksilinqilobchilardan
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va ogʻzaki tarix materiallari asosida ichki ishlar organlari faoliyati tarixini ochib berishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Sobiq sovet davrida Surxondaryoda ichki ishlar organlarining faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari tarixiy-qiyosiy, muammoli-xronologik usullar hamda ob'ektivlik tamoyiliga koʻra tuzilmaviy-tizimli tahlil asosida yoritilganligi bois ishlab chiqilgan xulosalardan mazkur muammoni tadqiq etishning ilmiy-nazariy asoslarini mukammallashtirishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Ichki ishlar organlari tarixi boʻyicha oʻrta maxsus va oliy ta'lim muassasalarining talabalari uchun, shu bilan birga, Oʻzbekiston tarixidan (sovet davri tarixi) darslik hamda oʻquv qoʻllanmalar yaratishga, shuningdek umumiy oʻrta ta'lim maktablari, ichki ishlar vazirligiga qarashli akademik litseylar, shuningdek, Amur Temur harbiy chegara litseylarida Oʻzbekiston tarixi fanini oʻqitishda, huquqiy targʻibot tadbirlarida, militsiya muzeylarini tashkil etish va materiallar bilan boyitishda, eng muhimi yosh avlodga, fuqarolarda vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, vatanni himoya qilish g'oyasini yangicha ruhda o'rgatish yuzasidan ma'lumotlarni xolisona boyishiga xizmat qiladi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Surxondaryoda ichki ishlar organlarining tashkil etilishi va faoliyati (1917-1991 yy.) mavzusining tadqiq etilishi boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida Surxondaryo okrugida militsiya xodimlari rus va rusiyzabon aholi ichidagi harbiylardan tanlab olinib, ularga "aksilinqilobchilardan" himoyalash, sovet hokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarini mustahkamlash hamda chegara hududlarini tashqi kuchlardan himoya qilish, “bosmachilik” va “yot unsurlarga qarshi kurashish kabi tadbirlardagi faol ishtiroki kuch ishlatar tizimlarning dastlabki kunlardanoq hukumat manfaatlariga xizmat qilish uchun tashkil etilganligini ifodalashiga oid natijalardan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasidagi soha tarixiga oid maxsus kurslarni shakllantirishda foydalanilgan. Natijalarining qoʻllanilishi soha xodimlarining sovet davridagi sohaning shakllanishiga oid qarashlarini rivojlantirishga imkonini bergan.
- Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalari 7 ta ilmiy anjuman va seminarlarda, shu jumladan, 3 ta xalqaro konferensiya va 4 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarida aprobatsiyadan oʻtgan.
- Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 12 ta ilmiy ish, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 2 ta maqola, 3 tasi xorijiy jurnallarda, 3 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda nashr etilgan.
- Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi: Tadqiqot kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning tadqiqot qismi 154 sahifani tashkil etadi.
- DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, mavzuning oʻrganilganlik darajasi, dissertatsiya bajarilgan oliy ta'lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi ko'rsatilgan, dissertatsiyaning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, usullari tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, olingan natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Surxondaryoda ichki ishlar organlari tashkil etilishi va dastlabki faoliyati (1925-1940 yillar)
- XULOSA: Surxondaryoda ichki ishlar organlarining tashkil etilishi va faoliyati (1917-1991 yy.) mavzusi tarixining tadqiqi natijasida quyidagi xulosalar chiqarildi: 1917–1991 yillarda Surxondaryo oblastining ichki ishlar organlari tarixiylik bor xolisona tadqiq etildi. Ushbu tadqiqot natijasida sovet hokimiyatining turli davrlarida ichki ishlar idoralarining faoliyati bilan bogʻliq oʻzgarishlar va berilgan topshiriqlarning jamiyat hayotiga hamisha ham muvofiq kelmaganligi, aksincha ularning faoliyati markaz tomonidan yo'naltirilgan direktiv hujjatlar asosida tartibga solib turilgan. 1917–1991 yillarda Surxondaryo oblastining ichki ishlar organlari faoliyatini tadqiq etish davomida boshqaruv tizimida bir qancha o'zgarishlar amalga oshirilgan. Jumladan, militsiya idoralari Ichki ishlar xalq komissarligi, keyin XKS huzuridagi Markaziy-ma'muriy boshqarma va Birlashgan Davlat siyosiy boshqarmasiga bo'ysundirildi Sovet hokimiyatining keyingi yillarida ichki ishlar xalq komissarligi qayta tuzildi, shu asosda Surxondaryo okrug militsiya tizimida ham bir qator tashkiliy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, okrugda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sovetlashtirish siyosatida soha xodimlarining ma'suliyati oshirilib, ularning turli jinoyatlarni ochish, yuzaga kelgan norozilik harakatlarini bostirish bilan bog'liq holatlarda ishtiroki ta'minlandi. Bu esa, soha xodimlariga nisbatan aholi orasida salbiy munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Ikkinchi jahon urushi yillarda Surxondaryo oblast ichki ishlar tizimida qator oʻzgarishlar yuz berdi. Jumladan, urushdan qochganlarni ushlash, ko'chirilgan aholini joylashtirish, ota-onasisiz bolalarga g'amxo'rlik qilish, o'girlik-talonchilik holatlarining oldini olish, xalq xoʻjaligini harbiy izga solish bilan bog'liq ma'suliyatli vazifalarni amalga oshirishda soha xodimlari zimmasiga ulkan ma'suliyat yuklandi. Bundan tashqari koʻplab militsiya xodimlar urush maydonlarida dushmanga qarshi faol kurash olib bordi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Surxondaryo oblast ichki ishlar tizimida bir qancha oʻzgarishlar sodir boʻldi. Soha xodimlari bu davrda aholi oʻrtasida osoyishtalikni ta'minlash, xalq xoʻjaligini izga solish, turli jinoyatlarning oldini olish borasida koʻplab tadbirlarni amalga oshirdi. Ammo, bu davrda sohaning moddiy texnik-ta'minoti yaxshi emas edi. Qolaversa, xodimlarning bilim va malakasi ham yetarli darajada emas edi. Ularning ijtimoiy ta'minoti ham qoniqarli holatda boʻlmagan. Shuning uchun ham, militsiya xodimlari orasida qoʻnimsizlik holatlari ko'p uchrab turar edi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab butunittifoq ichki ishlar tizimi oʻzgarishlar amalga oshirildi. Shu asosda Surxondaryo oblast ichki ishlar xodimlarining faoliyatida ham ayrim oʻzgarishlar yuz berdi. Jumladan, kriminalistika va ekspertiza xizmatlari yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, davlat mulkini muhofaza qilish xizmati (OBXES) tashkil etildi. Davlat avtomobil inspeksiyasida xizmat qilayotgan xodimlarning faoliyatida ham ayrim oʻzgarishlar yuz berdi. Oʻzbekiston ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilishi va rahbar kadrlar milliy tarkibidagi nomutanosibliklar tadqiq etilayotgan davr mobaynida dolzarb muammo boʻlib qolaverdi. Bunday vaziyatning jiddiy sabablari mavjud bo'lib, bu sovet siyosatidagi xatoliklar, oʻlkadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning keskinlashuvi bilan izohlanadi. Surxondaryo oblast ichki ishlar organlarining safini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash borasida qator kamchiliklar yuzaga keldi. Jumladan, mahalliy millat vakillari orasidan sohada rahbar kadrlar yetishib chiqishi qiyin boʻldi. Qolaversa, tadqiq etilayotgan davrda sohaning boshqaruv boʻgʻinlaridagi bir-birini takrorlaydigan tuzilmalar koʻpayib ketdi.Shunga qaramasdan xodimlarni joy-joyiga qoʻyish, ularni kasbiy mahoratini oshirish borasida amaliy ishlar yo'lga qo'yilmadi. XX asr 80-yillarida xotin-qizlar orasidan yurt ravnaqi, xalq turmushi farovonligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatganlari ham boʻlgan. Sovet hukumati davrida tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, huquq-targ'ibotni mustahkamlash borasida mashaqqatli xizmatlarga qilgan ayollarimizni ijtimoiy muhofaza qilish masalasida bir qancha muammolar oʻz yechimini topmasdan qolavergan.