Janubiy Orolbo'yi xotin-qizlar gender tengligini taminlashning ijtimoiy madaniy xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya Orolbo'yi mintaqasidagi ayollar tengligini ta'minlashning madaniy va etnik jihatlarini, gender siyosatining rolini va jamiyatda gender tengligiga erishish yo'llarini tadqiq etadi. Tadqiqotda O'zbekistonning gender siyosati, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni, ularning huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va gender tengsizlikning mamlakatdagi mavjud shakllari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Orolbo'yi mintaqasidagi gender tengligini ta'minlash bo'yicha mamlakat siyosatini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, tadqiqotning respublika ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog'liqligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti va usullari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy etilganligi, aprobatsiyasi, nashr etilgan ishlarning soni, dissertatsiyaning tuzilishi asoslangan.
- Qubla Aralboyidagi gender tengligini o'rganishning nazariy va uslubiy masalalari: Birinchi bobda gender mavzusidagi gender tengligi masalalari va tegishli sotsiologik nazariyalarga ustuvor ahamiyat berilgan tadqiqotlarning nazariy va metodologik asoslari ochib berilgan. Gender sotsiologiyasining "gender rollari", "gender stereotiplari", "gender identiklik", "gender identifikatsiyasi" va boshqalar kabi asosiy tushunchalar ko`rib chiqiladi.
- Gender tengligi va ayollar huquqlarini ta'minlash: Uchinchi bobda O'zbekistonda gender tengligini ta'minlash borasida katta ishlar amalga oshirilayotganligi, jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida xotin-qizlarning vakilligini shakllantirish, rahbarlik lavozimlarini egallash borasidagi yutuqlar, oilada ayollar huquqlarini himoya qilish borasidagi muayyan yutuqlar qayd etiladi.
- Qubla Aralbo`yida gender tengligini ta'minlash va ayollar huquqlarini himoya qilishning spetsifikasi: To'rtinchi bobda aniq sotsiologik tadqiqot davomida olingan ko`rsatkichlar dinamikasi kuzatilgan, madaniy va etnik omillarning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda respondentlarning oilaviy ahvoli va ta`lim darajasi o`rganilgan.