Zamonaviy aksiologiya qonuniyatlarining Yangi O‘zbekistonga xos namoyon bo‘lish xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya Yangi Oʻzbekistonda zamonaviy aksiologiya qonuniyatlarining namoyon boʻlishi va ularning jamiyat hayotiga ta'siri hamda rivojlanish jarayonidagi oʻziga xosliklarini ilmiy-falsafiy jihatdan tadqiq etishga bagʻishlangan. Tadqiqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar, shuningdek, qadriyatlar tizimining yangilanishi hamda aksiyologik qonunlarning namoyon boʻlishi dialektikasi va dinamikasi tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati, mavzu boʻyicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning obyekti va predmeti, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi va aprobatsiyasi, tadqiqot natijalarining e'lon qilinishi hamda dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Qadriyatlar sohasi va aksiologiya qonuniyatlari transformatsiyasini ilmiy-falsafiy oʻrganish masalalari: Ushbu bobda «qadriyatlar sohasi>> va <<<aksiologiya qonuniyatlari» tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy tahlili, aksiologiya qonuniyatlarining jamiyat hayoti bilan bog'liqligi va namoyon bo'lish xususiyatlari hamda «qadriyatlar transformatsiyasi» tushunchasining ijtimoiy-falsafiy mazmuni va oʻziga xos jihatlari tadqiq qilingan.
- Jamiyat tadriji va taraqqiyotining aksiologiya qonunlari amaliyoti hamda transformatsiyasiga ta'siri: Ushbu bobda jamiyat hayotining hamma sohasida koʻzga tashlanadigan aksiologik oʻzgarishlar transformatsiyasi ijtimoiy jihatdan madaniy taraqqiyot bilan birga hayotiy qarashlarning oʻzgarishi natijasi boʻlishidan dalolat beradi. Bu jarayonda qadriyatlar sohasi transformatsiyasi biror bir davr, jamiyat hayoti va davlat siyosati, ma'naviyat, madaniyat va mafkura uchun muayyan mezon, bu sohadagi turli tashkilotlar va fuqarolarning birdamlikdagi harakatlari natijasi sifatida yuzaga chiqadi.
- Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida zamonaviy aksiologiya qonunlari amaliyotini optimallashtirish mexanizmi: Ushbu bobda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida aksiologiya qonunlari amalga oshirilishi jarayonlari, Yangi Oʻzbekistonni strategiyasi - aksiologiya qonunlari tamaliyoti samarasini yuksaltirish omili hamda Oʻzbekistonda yangi ma'naviy-ma'rifiy makonni yaratishda qadriyatlar omili ta'sirini oshirish yo'llari hamda imkoniyatlarini tadqiq etishga e'tibor qaratilgan.
- Xulosa: Dissertatsiya natijalariga koʻra «Aksiologiya qonuniyatlari» tushunchasi «Qadriyatlar sohasi» kategoriyasining xususiyatlarini aks ettiribgina qolmay, balki amaliy faoliyatda ham ijtimoiy, iqtisodiy va aksiologik jihatlarni qamrab oladi. Shu tarzda odamlar va jamiyat hayotining ma'naviy salohiyati, ijobiy barqarorligi va tizimliligiga erishiladi. Natijada jamiyat hayotining ma'naviy asoslari mustahkamlanadi va aksiologiya qonunlari barqarorlashadi.