IIV akademiyasi kursantlarida tezkor-kuch sifatlarini jangovor sambo maxsus mashqlari yordamida takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlarining jangovor va jismoniy tayyorgarligini jangovor sambo maxsus mashqlari yordamida takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish, mashqlar samaradorligini oshirish va ularning natijalarini tahlil qilish asosiy o'rin tutadi. Ilmiy ishda kursantlarning jismoniy tayyorgarligi, jangovar mahorati va umumiy jismoniy rivojlanishiga oid nazariy va amaliy tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari bilan bog'liqligi, dissertatsiyada ko'tarilgan muammoning o'rganilganlik holati, dissertatsiya mavzusini dissertatsiya bajarilgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi, dissertatsiyaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti, uslublari, ilmiy yangiligi, natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy yetilishi, aprobatsiyasi va ularni ye'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
  • Dissertatsiyaning asosiy mazmuni: Ushbu bobda kursantlarni jismoniy tayyorgarligi boʻyicha adabiyotlar manbalarida yoritilgan muammolar, Oʻzbekistonlik yetakchi mutaxassislar tomonidan sportchilarni o'quv-mashq jarayonining asosiy tomonlarini amalga oshirishdagi samaradorlik, ularning mashg'ulotlarini tayyorgarlik vositalarini maqsadga muvofiq tarzda mos qoʻllanishiga bog'liqligi ko'rsatilgan.
  • Xulosalar: Ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish hamda oʻtkazilgan tadqiqot va ulardan olingan natijalarga asoslanib, kursantlarning jismoniy va jangovor tayyorgarlik darajalarining rivojlanganligi va ularning jismoniy sifatlari boʻyicha tiplarga ajratilgan holatda kuch sifati 14%ga o'sganligi, chidamkorlik sifati 16%ga o'sganligi va tezkorlik sifati 13%ga o'sganligi kursantlarda jismoniy tayyorgarlik darajasi 14% oshganligi aniqlangan.
  • Amaliy tavsiyalar: Kursantlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini aniqlashda, maxsus mashqlar majmuasini mashg'ulot jarayonlariga joriy qilish, sport turlari boʻyicha texnik mahorat samaradorligini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun sportchi kursant sport turlari boʻyicha maxsus texnik mashqlarni uzoq vaqt davomida charchash asoratlarini yengib o'tish ruhiyatini takomillashtirish mashg'ulotlarini tashkillashtirish kursantlarni ish faoliyatini kengaytirish imkoniyatlarini ochadi.