The role of tourism export in the economic growth of Uzbekistan and its development trends (on the example of foreign countries)

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekistonda turizm eksportining iqtisodiy oʻsishga ta'sirini va rivojlanish tendensiyalarini, jumladan xorijiy davlatlar misolida tahlil qiladi. Tadqiqot turizm eksportining asosiy muammolari va imkoniyatlarini oʻrganadi hamda uni iqtisodiy oʻsish va farovonlikni oshirish uchun mahalliy va xalqaro miqyosda yanada rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Tadqiqotda turizm eksporti va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash maqsadida ARDL modeli asosida ekonometrik tahlil oʻtkazildi. Natijalarga koʻra, turizm eksporti iqtisodiy oʻsishga sezilarli ta'sir koʻrsatadi. Shuningdek, tadqiqotda Oʻzbekistonda turizm sanoatini rivojlantirish boʻyicha bir qator amaliy tavsiyalar ham berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati, jumladan, turizmning global iqtisodiyotdagi oʻrni, 2023-yilgi statistik ma'lumotlar, Oʻzbekistonning turizm sanoatini rivojlantirishga qaratayotgan e'tibori va uning iqtisodiy oʻsishga ta'siri tahlil qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston hukumati tomonidan turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilingan qonunlar, jumladan, "Oʻzbekiston-2030" strategiyasi hamda turizm eksportining innovatsion rivojlanishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar koʻrib chiqiladi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Zamonaviy xorijiy adabiyotlarni oʻrganish asosida iqtisodiy oʻsish va turizm sektori dinamikasi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash; iqtisodiy oʻsish sur'atlari va turizm sektori eksporti dinamikasi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash maqsadida ARDL modeli asosida ekonometrik tahlil oʻtkazish; turizm muammolarini baholash orqali Turizm iqtisodiy zonalarini rivojlantirishning afzalliklari va ularning Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishiga ta'sirini oshirish uchun innovatsion boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqish; Oʻzbekistonda turizm eksportini kengaytirish boʻyicha tizimli, kompleks strategiya taklif qilish va sayyohlik platformasi loyihasini ishlab chiqish; xorij tajribasidan kelib chiqqan holda turizm eksportini kengaytirish maqsadida "Moviy okean” biznes strategiyasini ishlab chiqish.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Tadqiqot natijalari turizm eksportini va turizm industriyasini yanada rivojlantirish uchun joriy etilishi mumkin. Shuningdek, investitsiya, marketing, xizmat koʻrsatish, bank, logistika va tibbiyot kabi sohalar ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanishlari mumkin. Tadqiqotning amaliy natijasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasining turizm eksportini xalqaro miqyosda oshirish bilan bog'liq muammolar aniqlanib, ularni hal etish yoʻllari taklif etilganligi koʻrsatish mumkun.
  • Xulosa: Oʻzbekistonda turizm eksporti iqtisodiy oʻsishga sezilarli ta'sir koʻrsatadi, ammo uning rivojlanish yo'lida bir qator to'siqlar mavjud. Institutsional asoslar, qonunchilik, diqqatga sazovor joylar, hududlar va inshootlar Oʻzbekistonning turizm eksportida kuchli belgilovchi omillari hisoblanadi. Muammoli tomonlarni yaxshilashga harakat qilish kelgusi yillarda Oʻzbekistonning turizm eksporti salohiyatini oshiradi. Tadqiqotda Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchilarning turizm haqidagi tasavvurlari, kuchli va zaif tomonlari, tashqi imkoniyatlar va tahdidlar aniqlangan. Turizm eksportining iqtisodiy oʻsishga ta'sirini tahlil qilish uchun ARDL modeli qoʻllanildi va turizm eksportining 10 foizga oʻsishi YaIM oʻsishiga 0,227 foizga ta'sir koʻrsatishi aniqlandi. Shuningdek, Oʻzbekistonda turizmning bir qancha turlarini yaxshilash va rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.