Agroklasterlar faoliyatini boshqarishning uslubiy asoslarini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya ishi Oʻzbekiston sharoitida agroklasterlar faoliyatini boshqarishning uslubiy asoslarini takomillashtirishga bagʻishlangan boʻlib, unda agroklasterlar faoliyatini tashkil etish va boshqarishning nazariy-kontseptual asoslari, jahon tajribasi, rivojlanish tendensiyalari, samaradorlikni baholashning uslubiy asoslari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hamda innovatsion boshqaruvning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda agroklasterlarning oʻrni, ularning boshqaruv samaradorligini oshirish yoʻnalishlari aniqlanib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Agroklasterlar faoliyatini boshqarishning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari: Ushbu bobda agroklasterlar faoliyatini tashkil etish va boshqarishga bagʻishlangan ilmiy qarashlar tahlil etilgan, agroklaster faoliyatini tashkil etish tamoyillari va usullari oʻrganilib, uning zaruriyati ilmiy asoslangan. Jumladan, agroklaster boshqaruvi samaradorligini baholashning uslubiy asoslari tahlil etilgan. Agroklaster iqtisodiy kategoriyasiga zamonaviy agroklasterlar faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonida vujudga keladigan ilm-fan, ishlab chiqarish, xizmatlar oʻrtasidagi integratsion munosabatlarning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini toʻliq qamrab oluvchi mualliflik tarifi hamda agroklaster boshqaruvi samaradorligini tashkiliy ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy-investitsion va tabiiy-ekologik samaradorlik koʻrsatkichlaridan tashkil topgan kompleks baholash usuli ishlab chiqilgan.
- Agroklaster boshqaruvini tashkil etishning jahon tajribasi va rivojlanish tendensiyalari: Ushbu bobda jahondagi agroklaster faoliyatini tashkil etish hamda ularni boshqarish modellari oʻrganilgan. Taraqqiy etgan mamlakatlar bilan bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda agroklasterlar faoliyatini boshqarish boʻyicha jamlangan tajribalarni qiyosiy tahlil qilish asosida ulardan mamlakatimiz amaliyotida ijodiy foydalanish imkoniyatlari aniqlangan. Agroklasterlar boshqaruvida yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Yangi Oʻzbekistonda agroklasterlar faoliyatini boshqaruvining institutsional asoslari va uning samaradorligini oshirish istiqbollari: Ushbu bobda mamlakatimizda agroklasterlar faoliyatini tashkil etishning huquqiy-institutsional asoslari oʻrganilgan, milliy qishloq xoʻjaligi rivojlanishida agroklasterlarning oʻrni baholangan, agroklasterlar boshqaruvi samaradorligini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari tadqiq etilgan. Jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmiga asoslangan uch yoqlama moliyalashtirish orqali agroklasterlar egaligidagi yer resurslaridan samarali foydalanish sxemasi ishlab chiqilib, agroklaster boshqaruvida integratsion munosabatlarga kirishishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ilmiy asoslangan.
- Oʻzbekistonda agroklaster boshqaruvini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari: Ushbu bobda agroklaster boshqaruvida tabiiy-ekologik resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan, agroklaster boshqaruvi samaradorligini ta'minlash yoʻnalishlari aniqlangan, agroklasterlar boshqaruvini takomillashtirishning muqobil ssenariyalari ishlab chiqilgan. Jumladan, uslubiy jihatdan agroklasterlar boshqaruvida davlat xususiy sheriklik mexanizmining maqbul varianti sifatida yer resurslaridan foydalanishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyot (GAEP)ga ustuvorlik berish taklifi ishlab chiqilib, oʻrta muddatli istiqbolda agroklaster boshqaruvini takomillashtirish hisobiga milliy qishloq xoʻjaligidagi qo'shilgan qiymat zanjiri va unumdorlik koʻrsatkichlarining rivojlanishiga oid bazaviy, pessimistik va optimistik prognozlar ilmiy asoslangan.