Tez buziluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash mikroiqlimini moslashuvchan boshqaruv tizimining adaptiv modellari
Ushbu dissertatsiya tez buziluvchi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash uchun mikroklimatni boshqarish tizimining adaptiv modellarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash omborxonalari uchun mikroiqlimni boshqarish tizimini takomillashtirish, jarayonlarni modeldan foydalanib avtomatlashtirish, yangi usullar va algoritmlar ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu tizimni amalda qo'llash va uning samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy asoslangan yechimlar taklif etilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilmiy-tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'yekti, predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy qilinishi, aprobatsiyasi, natijalarning e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tizimli tahlil va mikroiqlimni boshqarish: Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash (QXMS)ning tizimli yondashuvi, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash mikroiqlimini boshqarish tizimlari tahlili, jamlangan va taqsimlangan parametrli ob'yektlar boshqaruv tizimlarini baholash usullari tahlili ko'rib chiqilgan.
- Adaptiv modellarni ishlab chiqish: Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash omborxonalarida mikroiqlimni kuzatish shartlarini shakllantirish asosida omborxona holati oʻzgaruvchilari uchun toʻliq tartibli kuzatuvchini baholash va oʻlchash qurilmalarini joylashtirish algoritmi omborxona harorat va namlik rejimini oʻzgartirish imkonini bergan. Moslashuvchan boshqaruv tizimini modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan.
- Amaliy natijalar va xulosalar: Tez buziluvchi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini mavsumiy saqlash omborxonalari mikroiqlimini harorat va namlikni boshqarish tizimining adaptiv modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan. Ushbu modellarning amalda qo'llanilishi va olingan iqtisodiy samaradorlik keltirilgan.