Abdurauf Fitrat ma’naviy-falsafiy merosining yangilanayotgan O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son

Asosiy mavzular

  • KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi): Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar shuni koʻrsatmoqdaki, XXI asrga kelib jamiyatda global muammolarni bartaraf etishga qaratilgan uzoq istiqbolli ijtimoiy-madaniy dasturlarda buyuk ma'rifatparvarlarning betakror ma'naviy merosiga tayanib, millatlarning ma'naviy-milliy oʻzligini anglashga koʻmaklashish ustuvor vazifalar sifatida belgilanmoqda. Dunyo tamadduni rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan allomalarning ma'rifatparvarlik g'oyalarini zamonaviy yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish jarayoniga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, buyuk allomalarning milliy oʻzlikni anglash, ijtimoiy hamjihatlik va tolerantlikka oid g'oyalarining konstruktiv ahamiyatini bugungi zamonaviy yoshlar axloqiy tarbiyasiga singdirish mexanizmlari, usul va vositalarini aniqlash zaruriyatini saqlab qolmoqda. Jahon ilm-fanida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashagan ilm-fan fidoyilari, mutafakkir allomalarning jamiyat va davlat boshqaruvi sohasidagi hamda axloq, ma'naviyat va ma'rifatparvarlikka oid qarashlari bo'yicha muhim tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, Abdurauf Fitrat ijtimoiy qarashlari va uning ma'rifatparvarlik merosini falsafiy nuqtayi nazardan tadqiq etish bilan bog'liq tadqiqotlar dolzarb konstruktiv ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda ilmiy jamoatchilik tomonidan Abdurauf Fitrat ma'naviy merosining sadoqat, sabr-qanoat kabi inson komilligi mezonlarini, jamiyat stratifikatsion tizimida ziyoli qatlam mavqeyini oshirish haqidagi sekulyaristik g'oyalarini jamiyat taraqqiyotining substansional asosi sifatida tadqiq etish tobora ortib bormoqda. Mamlakatimizda ma'rifatparvar allomalarning ma'naviy merosini oʻrganish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, barkamol avlodni tarbiyalashga oid islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. “Ko'pchilik ziyolilar qatorida men ham bir narsani hamisha katta armon bilan o'ylayman: mamlakatimizda Uchinchi Renessansni yigirmanchi asrda ma'rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg'onish g'oyasiga bag'ishlab, oʻlkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni gʻaflat botqog'idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar”¹. Shu bois, ma'rifatparvarlarning, ayniqsa Abdurauf Fitratning zamonaviy yoshlar axloqiy tarbiyasiga oid qarashlari, jamiyat boshqaruvi, davlatchilik tuzumiga oid g'oyalarining fuqarolarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mos yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashdagi o'rnini falsafiy asoslab berish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni, 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” nomli ustuvor yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida jamiyat va davlat boshqaruvi sohasidagi oʻzgarishlari, ma'rifatparvarlik sohasida islohotlar, ma'rifatparvar-jadidlarining faoliyatlarini oʻrganish xorijlik olimlardan Adib Xolid¹, A.Andikan, E.Ollvort², H.Kare d'Enkauz, H.Komatsu³, Dj.Bekka A.Bennigsen, kabi olimlarining e'tiborini oʻziga jalb qilib kelgan. Jumladan, o'z tadqiqotlarida jadid ma'rifatparvarlari hamda Abdurauf Fitratning ijtimoiy-falsafiy qarashlariga e'tibor qaratganlar. MDH tadqiqotchilari I.Braginskiy, Y.Bertels, Z.Rajabov⁴, A.Xaydarov, K.Olimovlar tomonidan Turkiston ma'rifatparvar olimlari faoliyatini oʻrganish, ilmiy merosini targ'ib qilish bilan birga Abdurauf Fitratning ma'rifatparvarlik merosini ilmiy-falsafiy nuqtayi nazardan tadqiq etish borasida salmoqli tadqiqotlar olib borilgan. Yurtimizda XIX asr oxiri XX asr boshlarida madaniy-axloqiy va ma'rifatparvarlik ishlarini yangilanishlarga boʻlgan intilish, ma'rifatparvar-jadidlarning ma'naviy merosini oʻrganish va tadqiq etish, uning dunyoviy ilmlarni tarqatish borasidagi qarashlarini tarixiylik va zamonaviylik kontekstida amalga oshirilgan tadqiqotlar e'tiborga molikdir. Faylasuf olimlardan I.Mo'minovs, G.Mahmudova, R.Shodiyev, D.Amridinova, S.Abdivohidov, tarixchilardan
  • Tadqiqotning maqsadi: Abdurauf Fitrat tarixiy-falsafiy merosini Yangi Oʻzbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: XX asr boshlarida Turkiston o'lkasidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning Abdurauf Fitrat qarashlariga ta'siri borasidagi falsafiy omillarini tadqiq qilish; Abdurauf Fitratning ma'naviy merosida jamiyat rivoji toʻgʻrisidagi g'oyalar tizimi, Turkiston oʻlkasidagi ijtimoiy qoloqlik (maorif, boshqaruv sohasidagi) sabablarini ochib berish; Abdurauf Fitrat ijtimoiy-siyosiy qarashlarida davlat boshqaruvidagi adolat mamlakat siyosiy boshqaruvini isloh qilish, xalq manfaatlarini olg'a surish toʻgʻrisidagi qarashlarini ilmiy-falsafiy tadqiq qilish; Abdurauf Fitratning “Oila” va “Munozara” kabi asarlarini qiyosiy tahlil qilish orqali mutafakkir ilmiy merosida ma'rifatparvarlik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish; Abdurauf Fitrat ma'naviy merosining hozirgi zamon uchun ahamiyati, uning barkamol avlod tarbiyasidagi o'rniga oid ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
  • Tadqiqotning obyekti: Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Abdurauf Fitrat ma'naviy-falsafiy merosi tanlab olingan.
  • Tadqiqotning predmeti: Abdurauf Fitrat ma'naviy-falsafiy merosining Yangi Oʻzbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi rolini ilmiy asoslash bilan belgilanadi.
  • Tadqiqotning usullari: Dissertatsiyada ilmiy bilishning vorisiylik, tarixiylik, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, tizimlilik, analiz va sintez, obyektivlik va mantiqiylik kabi usullaridan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorlashuvida Abdurauf Fitratning milliy oʻzlikni anglash, ijtimoiy hamjihatlik, millatlararo totuvlik kabi ma'rifatparvarlik g'oyalaridagi tolerantlikka asoslangan konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyati ochib berilgan; Abdurauf Fitratni Vatanga muhabbat, ilm olish, kasb-hunar egallash, komillikga intilish kabi ma'rifiy-strategik qarashlarining zamon va makonga xos pozitivistik ustuvorlashuvi bugungi zamonaviy yoshlar axloqiy tarbiyasida birlamchi omil ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan; Abdurauf Fitratning jamiyat barqarorligi uchun ta'limni isloh qilish, yoshlarni zamonaviy ta'lim va madaniyatga yo'naltirish kabi gʻoyalari jamiyat taraqqiyotini belgilovchi mafkura ekanligi ilmiy dalillangan; Abdurauf Fitratning “Oila