Аlishеr Nаvоiy shе’riyatidа Lаyli vа Mаjnun timsоllаri tаlqini
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Alisher Navoiy she'riyatida Layli va Majnun timsollarining badiiy-estetik talqiniga bag'ishlangan. Tadqiqotda Alisher Navoiyning "Badoyi' ul-Bidaya”, “Navodir un-nihoya”, “Xazoyin ul-Maoni
Asosiy mavzular
- Layli va Majnun timsollarining Sharq mumtoz adabiyotida shakllanishi va Alisher Navoiy she'riyatidagi o'ziga xos talqinlar: Bobda Layli va Majnun obrazlarining genezisi, qissaning dostonlar turkumidagi rivoji, Alisher Navoiyning bebaho ijodiy merosida tutgan o'rni va lirikadagi badiiy talqinlari yoritilgan.
- Alisher Navoiy she'riyatida Layli va Majnun timsollarining ifodalanish xususiyatlari va muvoziy tasvir masalasi: Ushbu bobda Layli va Majnun timsollarining turli janrlardagi ifodasi ilmiy tadqiq qilinadi. Layli va Majnun timsollari asosan g'azallarda ko'zga tashlanadi va shoirning badiiy-estetik kashfiyotini yuzaga chiqaradi.
- Alisher Navoiy she'riyatida Layli va Majnun obrazlarida badiiy detal va majoz ifodasi: Bobda "Alisher Navoiy she'riyatida ishq maskani majoziy tasvirlari" tadqiqiga bag'ishlanadi. Shoir oʻz g'azallarida "Layli va Majnun" syujetida Majnunning vahshiy hayvonlar bilan yura digan epizodini lirik ifodalarga koʻchirishi muhim sanaladi.
- XULOSA: Sharq adabiyotida 'Layli va Majnun' mavzusi ma'lum adabiy-estetik omillar tufayli oʻziga xos epik hamda lirik an'analarni yuzaga keltirgan. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida, shuningdek, boshqa asarlari tarkibida, mumtoz lirikasida oʻzgacha ruhda talqin etilib, ulug' shoir badiiy tafakkur sathlarida betakror ravishda boyitiladi.