Immunologik biomarkerlari asosida nospetsifik interstitsial pnevmoniya diagnostikasi

Ushbu monografiyada nospetsifik interstitsial pnevmoniyaning (NIP) diagnostikasi va rivojlanishida yallig‘lanish biomarkerlarining o‘rni, kasallikning kechishi va prognozini baholashda yangi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Jumladan, neytrofil elastaza, sitokinlar (IL-1β, IL-17A) kabi biomarkerlarning ahamiyati, ularning klinik va laborator ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi, shuningdek, O‘pkaning tashqi nafas olish funksiyasi bilan korrelyatsiyasi tadqiq etiladi. Shuningdek, NIPning erta tashxislash uchun matematik model yaratish va uning klinik samaradorligini baholash masalalari yoritiladi. Kitobda NIP bilan kasallangan bemorlarning klinik-laborator xususiyatlari, radiologik ko‘rinishlari, immunologik ko‘rsatkichlari va davolash usullari haqida keng qamrovli ma’lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Nospetsifik interstitsial pnevmoniya (NIP)ning umumiy tavsifi va epidemiologiyasi: NIP ning tarqalishi, demografik xususiyatlari, kasallikning asosiy klinik ko‘rinishlari, differensial diagnostikasi va umumiy tavsifi.
  • Yallig‘lanish biomarkerlarining NIP rivojlanishidagi o‘rni: Neytrofil elastaza, sitokinlar (IL-1β, IL-17A) va boshqa yallig‘lanish markerlarining konsentratsiyasini solishtirish, ularning kasallik kechishiga va og‘irligiga ta’siri.
  • NIP diagnostikasida laborator va instrumental usullar: Umumiy qon tahlili, biokimyoviy ko‘rsatkichlar, immunologik tekshiruvlar (IFT), ko‘krak qafasi rentgenografiyasi, kompyuter tomografiyasi (YuAKT), spirometriya va pulsoksimetriya natijalarining tahlili.
  • NIP ning erta tashxislash va prognozlash uchun matematik model: NIP ning og‘irligini erta aniqlash va prognozlash uchun klinik, laborator va rentgenologik ko‘rsatkichlar asosida matematik model yaratish va uning klinik samaradorligini baholash.