Turlicha sho‘rlangan tuproqlarda yetishtirilgan g‘o‘za hosildorligiga azotli o‘g‘itlar ta’sirining fiziologik asoslari

Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Buxoro viloyati sharoitida turli darajada shoʻrlangan sugʻoriladigan oʻtloqi allyuvial tuproqlarda gʻoʻza oʻsimligini yetishtirishda azotli oʻgʻitlar me'yorlarining uning fotosintetik faolligi va hosildorligiga ta'sirining fiziologik asoslarini aniqlashga bag'ishlangan. Tadqiqotda tuproq sho'rlanishi va azotli o'g'itlar oʻsimlikning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligiga qanday ta'sir ko'rsatishi oʻrganilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, azotli oʻgʻitlar tuproq shoʻrlanishining salbiy ta'sirini kamaytirib, gʻoʻzaning hosildorligini oshirishga yordam beradi. Tadqiqotda keltirilgan tavsiyalar fermer xo'jaliklarida paxta hosildorligini oshirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Dunyo tuproqlarining sho'rlanishi ekotizimga tahdid soladigan asosiy omil hisoblanadi va bu qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, oziq-ovqat xavfsizligi va barqarorligi uchun muhim global muammolardan biridir. Shoʻrlanish insoniyat uchun eng xavfli tahdidlardan biridir va bu muammo barcha mamlakatlarga taalluqlidir. Shu sababli mavjud shoʻrlangan tuproqlar sharoitida asosiy qishloq xoʻjalik ekinlaridan biri boʻlgan gʻoʻza fiziologiyasini atroflicha oʻrganish asosida agrotexnologik tadbirlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Tadqiqotning Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasiga mosligi: Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son "Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasi” hamda 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi” farmonlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining V “Qishloq xoʻjaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ustuvor yo'nalishi doirasida bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Sho'rlangan tuproqlar sharoitida oʻsimliklarni yetishtirish, ularni fiziologik faolligini oʻrganish boʻyicha dunyoning juda ko'p yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlarida ilmiy ishlar olib borishga e'tibor qilinmoqda. Jumladan, FAO, ICAR-Markaziy Gʻoʻza tadqiqoti instituti, qishloq xoʻjaligi tadqiqotlar markazi (Misr), Eronning Isfahon universiteti va boshqa koʻplab xorijiy muassasalarda bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Gʻoʻzaning fiziologik koʻrsatkichlariga shoʻrlanish tipi va darajalari hamda azotli oʻgʻitlarning ta'sirini oʻrganish boʻyicha muhim tadqiqotlar olib borilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati sharoitida turli darajada sho'rlangan sug'oriladigan oʻtloqi allyuvial tuproqlarda azotli oʻgʻit me'yorlarining oʻsimlik fotosintetik faolligi va gʻoʻza hosildorligiga ta'sirining fiziologik asoslarini aniqlashdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: Sho'rlanish darajalari va azotli oʻgʻitlar me'yorining gʻoʻza barg yuzasi, bargdagi xlorofill miqdori, fotosintez jadalligi va sof mahsuldorligi ta'sirini oʻrganish; gʻoʻzaning transpiratsiya jadalligi, suvni saqlash darajasi, bargdagi suv shakllari nisbati va miqdori, katalaza fermenti faolligi va nafas olish jadalligiga ta'sirini aniqlash; azotli oʻgʻitlarning tuproqdagi suvda eruvchan tuzlar miqdori va gʻoʻza quruq modda to'plashi, oʻsishi hamda rivojlanishiga ta'sirini oʻrganish; sho'rlangan tuproqlar sharoitida azotli oʻgʻitlarning gʻoʻza hosildorligiga ta'sirini tahlil qilish.
  • Tadqiqotning ob'yekti va predmeti: Tadqiqot ob'yekti sifatida Buxoro viloyati Jondor tumanidagi turli darajada sho'rlangan sug'oriladigan oʻtloqi allyuvial tuproqlar, azotli oʻgʻitlar hamda gʻoʻzaning Buxoro-6 navi olingan. Tadqiqotning predmeti turli darajada shoʻrlangan oʻtloqi allyuvial tuproqlar sharoitida azotli oʻgʻitlarning gʻoʻzani hosildorlik darajasini ifodalovchi fiziologik xususiyatlariga ta'sirini oʻrganish tashkil etgan.
  • Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda fiziologik, biokimyoviy, kimyoviy, agrokimyoviy, dala tajribasi, fenologik, biometrik usullardan foydalanilgan hamda olingan ma'lumotlarning matematik-statistik tahlili B.A.Dospexov qo'llanmasi boʻyicha bajarilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Sug'oriladigan oʻtloqi allyuvial tuproqlar sharoitida sho'rlanish darajalari va azotli oʻgʻit me'yorlarining Buxoro-6 gʻoʻza navi barg yuzasiga, bargdagi xlorofill miqdori, fotosintez jadalligi va sof mahsuldorligi, quruq modda to'planishiga ta'sir qilish xususiyatlari isbotlangan; turli sho'rlanish darajalari va azotli oʻgʻit me'yorlarini gʻoʻzaning transpiratsiya jadalligi, suvni saqlash darajasi, bargdagi suv shakllari miqdori, katalaza fermenti faolligi va nafas olish jadalligiga ta'siri ilmiy asosda ochib berilgan; gʻoʻzaning mahsuldorlik salmogʻi tuproq shoʻrlanish darajasiga bevosita bog'liqligi, bu omil gʻoʻzaning morfofiziologik xususiyatlariga kuchli ta'sir ko'rsatib, oʻsishining sekinlashishi, barg sathlari kichrayishi, quruq modda to'planish jadalligini sekinlashtirishi va ayni paytda azotli o'g'itlarni me'yorida qo'llash orqali sho'rlanishning gʻoʻzani hosildorligini belgilovchi oʻsimlikdagi fiziologik jarayonlarga salbiy ta'sirini kamaytirishi ilmiy asoslangan; turli sho'rlanish darajasi sharoitida azotli oʻgʻit me'yorini oʻsimlik fiziologik koʻrsatkichlarini oʻzgartirish orqali Buxoro-6 gʻoʻza navi oʻsishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga ta'siri baholangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Sho'rlangan tuproqlar tuz va oziq rejimini shakllanish qonuniyatlari va unga azotli oʻgʻitlar ta'siri va bunda oʻsimlikda kechadigan fiziologik jarayonlar hamda hosil to'planishining oʻziga xosligi ochib berilgan; sho'rlanish darajalari hamda azotli o'g'itlarni gʻoʻzaning fiziologik xususiyatlariga ta'sir mexanizmlari - xlorofill a+b miqdori oʻzgarishi va azotli oziqlanish kuchayishi hisobiga gʻoʻza oʻsimligida fotosintez jadalligi va fotosintez sof mahsuldorligi faollashishi orqali aniqlangan; turlicha darajada sho'rlangan tuproqlar sharoitida azotli o'g'itlar ta'sirida oʻsimlik fiziologik holatini oʻzgarishi natijasida gʻoʻzani oʻsishi, rivojlanishi va hosil toʻplashining oʻziga xosligi ochib berilgan; turlicha sho'rlangan tuproqlar sharoitida gʻoʻza oʻsimligida fiziologik koʻrsatkichlarni optimallashtirib (fotosintez jadalligi, fotosintez sof mahsuldorligi, transpiratsiya jadalligi, barglardagi bog'langan suv miqdori) hosildorlikni oshirishda azotli oʻgʻitlarni samarali qoʻllash (P175K125+N250) yoʻllari aniqlangan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Olingan natijalarning ishonchliligi tadqiqotda fiziologik, dala va laboratoriya usullardan foydalanib natijalar olinganligi, ularni nazariy ma'lumotlarga muvofiq kelishi, matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanilganligi, olingan ilmiy natijalarni xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy nashrlarda chop etilganligi hamda xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida ma'ruza qilinganligi, olingan natijalarni amaliyotga joriy qilinishi va ular boʻyicha tegishli xulosalar olinishi bilan izohlangan.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati turlicha shoʻrlangan tuproqlar va shoʻrlanish darajalari, tuz rejimi, agrokimyoviy koʻrsatkichlarining dinamik oʻzgarishi, turlicha sho'rlangan tuproqlarda azotli oʻgʻitlar ta'sirining oʻziga xosligi, gʻoʻza oʻsimligini hosildorlik koʻrsatkichlari, undagi fiziologik jarayonlarning oʻzgarish xususiyatlari bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, turlicha sho'rlangan o'tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida gʻoʻzaning fiziologik koʻrsatkichlariga tuproqning sho'rlanish darajalari, tuz tarkibini ta'siri hamda azotli oʻgʻitlar hisobiga optimallashtirish boʻyicha olingan ilmiy ma'lumotlar gʻoʻza ekinini yetishtirish agrotexnologiyalari, hosildorligi va hosil sifatini yaxshilashga qaratilgan agrotexnologik tadbirlarni toʻgʻri belgilashda asos boʻlib xizmat qiladi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Turlicha shoʻrlangan tuproqlarda yetishtirilgan gʻoʻza hosildorligiga azotli oʻgʻitlar ta'sirining fiziologik mexanizmlari boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida Buxoro viloyati Jondor tumani fermer xoʻjaliklarida amaliyotga joriy etilgan. Natijada, fermer xo'jaliklari gʻoʻza ekilgan tuproqlarida ilmiy tavsiyalarga asoslangan agrotexnologik tadbirlarni olib borish, tuproq meliorativ holatini va azot rejimini yaxshilash imkonini bergan. Bu esa paxta hosilini 13-15 s/ga oshirish imkonini bergan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur tadqiqot natijalari jami 5 ta, jumladan, 3 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda ma'ruza qilingan hamda muhokamadan oʻtkazilgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinishi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 10 ta ilmiy ish chop etilgan, 1 tasi respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 3 ta maqola, jumladan, 2 tasi respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
  • Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi: Dissertatsiya tarkibi kirish, besh bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 118 betni tashkil etadi.
  • Asosiy xulosalar: 1. Tuproq sho'rlanishi tuproqdagi gumus va harakatchan oziq moddalar rejimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Sho'rlanish darajasi ortib borishi bilan tuproqda gumus va harakatchan oziq moddalar miqdori kamayib boradi. Azotli oʻgʻitlarni 100 kg/ga dan 350 kg/ga me'yorida qoʻllash tuproqda ammoniyli va nitratli azot miqdorini sezilarli oshiradi. 2. Azotli oʻgʻitlar oʻsimliklarda quruq modda to'planishi, barg yuzasi, ildiz quruq massasiga ishonarli ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Azotli oʻgʻitlar me'yorini ortib borishi bilan bu koʻrsatgichlar ham ortib boradi. 3. Tuproq shoʻrlanishi va uning darajasini ortishi bilan gʻoʻza bargida xlorofill “a” va “b” miqdori kamayib boradi, ya'ni shoʻrlanish xlorofill hosil boʻlishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Azotli o'g'itlarni qoʻllash gʻoʻza bargida xlorofill “a” va “b” miqdorini sezilarli oshiradi. 4. Sho'rlanish, ayniqsa oʻrtacha va kuchli sho'rlanish darajalari gʻoʻza oʻsimligi fotosintez jadalligiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatadi. 5. Чистая продуктивность фотосинтеза в растениях хлопчатника изменяется в зависимости от степени засоления почвы и нормы внесения азотных удобрений. 6. Процесс транспирации имеет высокий уровень в незасоленной почве. По мере повышения степени засоления интенсивность транспирации снижается. 7. На лугово-аллювиальных почвах при средней и сильной степени засоления потери воды растениями хлопчатника снижаются. 8. Засоление почвы приводит к снижению количества общей и свободной воды в растениях хлопчатника. 9. С повышением степени засоления почвы снижается интенсивность дыхания листьев растений хлопчатника. 10. Применение азотных удобрений существенно повышает урожайность хлопчатника во всех степениях засоления почвы.
  • Ishlab chiqarishga tavsiyalar: 1. Sho'rlangan, ayniqsa oʻrtacha va kuchli darajada shoʻrlangan oʻtloqi allyuvial tuproqlarni tuz rejimini yaxshilash natijasida ushbu sho'rlangan tuproqlarda gʻoʻza oʻsimligi oziqlanishi va oʻsimlikni fiziologik jarayonlarini optimallashishi hamda hosil to'planishini ortishini hisobga olib ushbu tuproqlarda shoʻrni kamaytirish tadbirlari tavsiya qilinadi. 2. Shoʻrlanmagan, kuchsiz, oʻrtacha va kuchli sho'rlangan oʻtloqi allyuvial tuproqlarda gʻoʻza oziqlanishini kuchaytirish va gʻoʻza oʻsimligidagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni jadallashtirish, oʻsimliklarda fotosintez sof mahsuldorligini oshirish uchun P175K125 fonida azotli oʻgʻitlarni 250 kg/ga me'yorda qo'llash maqsadga muvofiqdir. 3. Sho'rlangan tuproqlarda azot rejimini va u orqali gʻoʻza oʻsimligi fiziologik koʻrsatkichlarini azotli oʻgʻitlarni 250 kg/ga me'yorda qoʻllash hisobiga yaxshilash tavsiya qilinadi. 4. Barcha sho'rlanish darajasidagi o'tloqi allyuvial tuproqlarda gʻoʻza oʻsimligidagi fiziologik jarayonlarni jadallashtirish va uni hisobiga yuqori hosil olish uchun azotli oʻgʻitlarni fosforli kaliyli o'g'itlarning P175K125 fonida 250 kg/ga me'yorda oʻsimlikning 2-3 chinbarg, shonalash va gullash fazasining boshlanishida qoʻllash tavsiya etiladi.