Pastki nafas yo‘llari kasalliklarida antibakterial preparatlarning farmakoepidemiologiyasi

Ushbu monografiya pastki nafas yo'llari kasalliklari (ShTP va O'SOK qo'zg'alish davri)da qo'llanilgan antibakterial preparatlardan foydalanish intensivligini, samaradorligini va xavfsizligini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Bemorlarning klinik tavsiflari, mikrobiologik tekshiruv natijalari, antibakterial preparatlarning qo'llanilishi, ABC/VEN tahlili va boshqa farmakoepidemiologik usullarning qo'llanilishi bo'yicha keng tahlillar keltirilgan. Kitobda antibakterial terapiyaning ratsionalligini baholash va optimal ABPlarni tanlash mezonlari hamda tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Pastki nafas yo'llari kasalliklari, ratsional antibakterial terapiya va farmakoepidemiologiya: Nafas yo'llari kasalliklarining dolzarbligi, etiologiyasi, rivojlanishida patogen mikrofloraning o'rni, ratsional antimikrob terapiya va farmakoepidemiologiyaning mohiyati yoritilgan.
  • Farmakoepidemiologik tadqiqot usullari: Farmakoepidemiologik tadqiqotlarning turlari, jumladan tasviriy va tahliliy tadqiqotlar, shuningdek, ABC/VEN tahlili kabi usullar va ularning qo'llanilishi tushuntirilgan.
  • Antibakterial preparatlarning farmakoepidemiologik tahlili: O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida bemorlarning klinik tavsiflari, antibakterial preparatlardan foydalanish tahlili, ularning standartlarga mosligi, mikroblarning sezgirligi va ABC/VEN tahlili bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.