Malakali bokschilarning ixtisoslashtirilgan tayyorgarligini individual darsda takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy kengashda himoya qilingan. Dissertatsiyada malakali bokschilarni individual darslarda tayyorlash jarayonini takomillashtirishning ilmiy-amaliy masalalariga bag'ishlangan. Unda sportchilarning ishchanlik qobiliyatini oshirish, texnik-taktik mahoratini rivojlantirish va shu kabi muhim jihatlar chuqur o'rganilgan. Ilmiy ishda zamonaviy o'quv-mashg'ulot jarayonlarida qo'llanilayotgan metodlar tahlil qilingan va ularning samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, dissertatsiyada individual darslarning yangi klassifikatsiyasi taklif etilgan va ushbu modelni amaliyotga joriy qilish bo'yicha ilmiy-amaliy ishlar bajarilgan. Muallif tadqiqotlari natijasida bokschilarning mashg'ulot yuklamalarini optimal tashkil etish, ularning jismoniy va psixologik holatini yaxshilash bo'yicha muhim ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu ishda keltirilgan uslublar va tavsiyalar sportchi yoshlarning jismoniy va intellektual salohiyatini rivojlantirishda, shuningdek, O'zbekiston boksining jahon arenasidagi o'rnini yanada mustahkamlashga hissa qo'shadi.
Asosiy mavzular
- Maqolaning dolzarbligi va zaruriyati: Dunyo boks amaliyotida individual dars jarayonida malakali bokschilarning maxsus chidamlilik qobiliyatini oshirish hamda ularning iroda mustahkamligi boks mutaxassislarining asosiy diqqat markazida boʻlish talabini qoʻymoqda. Rivojlangan xorijiy davlatlarda boks boʻyicha oʻquv-mashg'ulotlari, jumladan, individual mashg'ulot yuklamasini me'yorlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro miqyosida malakali bokchilarni tayyorlash amaliyotida texnik-taktik tayyorgarlik bilan birga yassi qoʻlqoplarda murabbiy bilan ishlash hamda raqibni modellashtirish vositalarini individual darslarda foydalanish yuqori darajada oshganligini koʻrsatadi. Shu bilan birga, bokschilarga individual mashg'ulotlarni yassi qo'lqoplar bilan tashkil etishda mashg'ulot vosita va usullarni ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
- Ilmiy yangilik va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati "yassi qo'lqoplar'da individual darslarda bokschining maxsus ishchanlik qobiliyatini oshirishning ishlab chiqilgan metodikasidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslab berilganligidan iborat, tadqiqot davomida olingan ma'lumotlar boks nazariyasi va metodikasi sohasida mavjud bo'lgan axborotlar tanqisligini to'ldiradi va sport mashg'ulotlari nazariyasini yuqori malakali bokschilarning mashg'ulot yuklamasini nazorat qilishning zamonaviy vositalari, shuningdek, sportchilar tayyorgarligining turli tomonlarining model tavsiflari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar bilan boyitadi, oʻtkazilgan tadqiqot natijalari ko'p yillik tayyorgarlikning barcha bosqichlarida sportchilar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun qiziqish uyg'otishi mumkin. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki tadqiqotlar jarayonida "yassi qo'lqoplar'da individual darslarda bokschilarning maxsus ishchanlik qobiliyatini oshirishning aniq metodikasi ishlab chiqilgan, sinovdan oʻtkazilagan va taqdim etilgan, shuningdek, sportchi organizmining bajarilayotgan ishga reaksiyasi to'g'risidagi tezkor axborot metodlari ishlab chiqilgan, ushbu metodika amalda qo'llanilib, viloyatlar terma jamoalari va mamlakat terma jamoalari ishida muvaffaqiyat bilan oʻzini ko'rsatgan, tadqiqot davomida olingan ilmiy ma'lumotlardan “Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodikasi”, "Tanlangan sport turi (boks) nazariyasi va metodikasi" va boshqa sohaga tegishli fanlarni o'qitishda foydalanish mumkin.
- Xulosalar: 1. Amaliyot tajribani umumlashtirish shuni kshrsatdiki, mashg'ulot yuklamasi hajmi va shiddatini ob'ektiv mezonlari mavjud bo'lmaganda bu individual darslarda bokschilarning yuqori ishchanlik qobiliyatini ta'minlash masalasini hal etishni qiyinlashtiradi. Mashg'ulot jarayoni sportchi organizimini bajarilayotgan yuklamalarga nisbatan javob reaksiyasini hisobga olmagan holda kechadi, bu dars va umuman sport tayyorgarligini samaradaorligini pasytiradi. 2. Individual darslarni oʻtkazish jarayonida musobaqa yuklamalarining haligacha yetarlicha modellashtirilmasligi mavjud, xususan, tadqiqotlar ma'lumotlariga koʻra, musobaqa janglari jarayonida bokschining mutlaq yurak urish sur'ati daqiqasiga 190-195 zarbaga yetadi, individual dars jarayonida esa u ancha kam. Ayni paytda bunday modellashtirish juda zarur, chunki u sportchini oldinda turgan musobaqalarga yuqori funksional tayyorgarligini ta'minlaydi. 3. Olib boilgan tadqiqot natijasida individual darsda bokschining mashg'ulot yuklamasi hajmi va shiddatini hisobga olish metodi taklif qilindi va amaliyotda sinovdan o'tkazildi. Xususan, quyidagi tavsiflardan foydalanish taklif qilinadi: yuklama hajmini baholash uchun beriladigan zarbalar soni va faoliyat jarayonida bosib o'tilagn metrlardagi masofa. Bunda darsdagi uzlyuksiz ish me'yorlari, dam olish tanaffuslari va kichik tanaffuslar soni hamda davomiyligi inobatga olinishi kerak; yuklama shiddatini hisobga olish uchun – yuklama hajmi uzlyuksiz ish vaqti boʻlishi; jismoniy va psixik zo'riqish toʻgʻrisida mulohaza yuritish uchun (yuklamaning kompleks ta'siri – yurak qisqarishi sur'ati koʻrsatkichi). 4. Bokschi yuklamasi kattaligini kundalik nazorat qilish uchun ko'rsatkich sifatida yurak qisqarish sur'atini aniqlash tavsiya qilinadi, u mashg'ulot jarayonida sportchi organizmi faoliyatining turli xil ko'rinishlarini aks ettiradi (harakat faoliyati shiddati, axborotni qayta ishlash jarayonlarining kuchayishi, emotsionallik darajasi va h.k.). 5. Ustuvor texnik-taktik yoʻnalishda oʻtkaziladigan individual darslar taktik jangovor yoʻnalishdagi darslarga nisbatan ishning yuqori zichligi (78,47% gacha) va harakat faoliyatining kam shiddati bilan ifodalanadi: mos ravishda 1 daqiqa ichida 36 zarba va 1 daqiqada bosib o'tilgan 9 m. yoʻl hamda 64,19%, daqiqasiga 39,8 zarba va daqiqasiga 21 m.