“Tuproqshunoslik asoslari”
Ushbu kitob tuproqshunoslik asoslarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda tuproqning kelib chiqishi, tarkibi, xossalari, unumdorligi, klassifikatsiyasi va geografik tarqalishi kabi masalalar yoritilgan. Kitobda, shuningdek, tuproqni muhofaza qilish va unumdorligini oshirish tadbirlari ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Tuproqshunoslik asoslari: Tuproqshunoslik fanining kelib chiqishi, vazifalari, tuproqning tarkibi, xossalari, tuproqshunoslik fanining rivojlanish sharoiti va O'zbekistonda genetik tuproqshunoslik muammolari yoritilgan.
- Tuproqlarning hosil bo'lishi, taraqqiyoti, tarkibi va xossalari: Tuproq mineral qismining kelib chiqishi, tuproq paydo qiluvchi ona jinslar, yotqiziqlar va ularning paydo bo'lishi, tuproq tarkibidagi birlamchi va ikkilamchi minerallar, tuproqning ona jins va mexanik tarkibi urtasidagi bogʻliqligi masalalari.
- Tuproq hosil boʻlish jarayoni va uning biologik asoslari: Tuproq paydo qiluvchi ona jismlar, iqlim, tuproq yoshi, inson faoliyatining tuproq paydo bo'lishidagi roli, quyosh nuri, issiqlik va namlikning qayta taqsimlanishi, atmosfera tserkulyatsiyasi, tuproq paydo bo'lishida biologic va relyef omilning ta'siri va inson faoliyati.
- Tuproqning suv xossalari va suv rejimi: Tuproqdagi suvning asosiy manbalari, kategoriyalari, usimliklar uzlashtiradigan suv kategoriyasi, tuproqni suv ushlash xamda nam sigʻimi va ularning turlari, usimliklar uzlashiradigan tuproq namligi, suv balansi, tuproqdagi namning sarfi va tuproqning suv rejim iva uning tiplari.
- Tuproq organik qismi: Tuproqdagi organik moddalar manbai, organik va kimyoviy birikmalarning tuproqdagi parchalanishi, tuproq gumusining hosil boʻlishi haqidagi asosiy nazariyalar va tuproq paydo bo'lish sharoitining gumus hosil boʻlishiga ta'siri.
- Tuproqning singdirish qobiliyati va singdirish turlari: Tuproq kolloidlari, ularning xosil bulishi va tarkibi, tuproq kolloidlarining tuzilishi va xossalari.
- Tuproq unumdorligi: Tuproq unumdorligining omillari va turlari, tuproqlarni madaniylashtirish usullari va tuproq unumdorligini oshirishning asosiy tadbirlari.
- Tabiatda tuproqlarni tarqalishi: Tuproq zonalari, tuproq klassifikatsiyasi va Arktika va subarktika tundrasining tuproklari .