Ilk oʻrta asrlar Sugʻd va Ustrushonaning ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy aloqalari

Ushbu dissertatsiya Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 raqamli Ilmiy Kengashda himoya qilingan. Unda Xoʻjanov Nuriddin Ziyadullayevichning «Ilk oʻrta asrlar Sugʻd va Ustrushonaning ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy aloqalari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (PhD) tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi ilk oʻrta asrlar Sugʻd va Ustrushona ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy aloqalarining mohiyatini ochib berishdan iborat. Dissertatsiyada ushbu davrdagi ikki mintaqa oʻrtasidagi aloqalarning tarixiy, ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jihatlari yoritilgan. Xususan, ilmiy ishda Sugʻd va Ustrushona oʻrtasidagi aloqalarni ochib berishda ishlatilgan manbalar, arxeologik topilmalar, shuningdek, numizmatik materiallar, til va yozuv tizimidagi oʻxshashliklar, diniy va madaniy aloqalar atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan sohasidagi qarorlari va konsepsiyalariga mos kelishi, shuningdek, Oʻzbekistonning yanada rivojlantirish strategiyasiga hissa qoʻshishi ta’kidlangan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahonda har bir xalqning madaniy jihatdan taraqqiy etishida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalari muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, mulkiy munosabatlar jadal oʻzgarishlarga uchragan ilk oʻrta asrlar davrida jahon xalqlari qatorida bugungi Oʻzbekiston hududida istiqomat qilgan etnoslarning ham chuqur aloqalarga kirishganliklari koʻzga yaqqol tashlanmoqda. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil topgan davlat va siyosiy uyushmalarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti hamda uning tashqi aloqalarini oʻrganishga qiziqish ortib bormoqda. Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar xalqimiz tarixi va boy merosini qayta tiklashga katta ahamiyat beradi. Shu nuqtai nazardan, yurtimiz hududida xalqaro aloqalarning shakllanishini, ayniqsa, keyingi davrdagi jamiyat taraqqiyoti uchun asos boʻlgan Sugʻdning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va etnomadaniy aloqalarini tarixiy jihatdan tadqiq qilish zarurati yuzaga kelmoqda.
  • Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Dissertatsiya Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari” ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Ilk oʻrta asrlar Sugʻd va Usturshona aloqalariga bagʻishlangan maxsus tadqiqot ishi yaratilmagan boʻlib, tadqiqotning ushbu muammoga bagʻishlangan tarixshunoslik qismida bu boradagi masalalar tadqiq etilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi: Ilk oʻrta asrlar Sugʻd va Ustrushona ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy aloqalarining mohiyatini ochib berishdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: Sug'd va Ustrushonaning ilk oʻrta asrlar davriga oid aloqalari tarixiga doir manbalarni tavsiflash; ilk oʻrta asr Sug'd va Ustrushona aloqalariga doir ilmiy adabiyotlar tahlilini amalga oshirish; Sug'd va Ustrushonaning Arab xalifaligi bosqini arafasidagi siyosiy jarayonlardagi aloqalarini koʻrsatish; ilk oʻrta asrlarda Sug'd va Ustrushona aloqalarining numizmatik materiallarda aks etganligini aniqlash; Sug'd va Ustrushona aloqalarining moddiy madaniyat va ma'naviy-mafkurafiy hayotda aks etganligini koʻrsatish; Sug'd va Ustrushona etnomadaniy aloqalarining toponimlar va onomastikada aks etishi tahlil qilish.
  • Tadqiqotning obyekti: Sug'd va Ustrushona davlat uyushmalarining ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy aloqalari masalasi belgilangan.
  • Tadqiqotning predmeti: Sug'd va Ustrushona davlat uyushmalarining ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tahlili tashkil etadi.
  • Tadqiqotning usullari: Dissertatsiyada tarixiy taqqoslash, xronologik izchillik, sabab, jarayon va natija bogʻliqligi, tarixiy bilishning xolislik, tarixiylik hamda tizimlilik usullaridan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Sug'd va Ustrushona oʻrtasidagi aloqalarning ikkala mintaqa aholisining yagona tilda so'zlashganligi (sug'diy) va etnik mansubligi (sug'diy va turkiy), hukmdorlar oʻrtasidagi sulolaviy yaqinliklar, davlat boshqaruvining mahkamachiligi, boshqaruv va unvonlar tizimidagi o'xshashliklarda oʻz aksini topganligi asoslab berilgan; Arablar bosqini arafasi va bosqin jarayonlarida Sug'd va Ustrushona davlat uyushmalarining ittifoqchi boʻlganliklari, umumiy dushmanga qarshi birgalikda harakat olib borganliklari hamda ushbu ittifoqchilikning Turk xoqonligi himoyasi ostida xalifalikda sulola almashgan davrga qadar davom etishiga turtki boʻlganligi dalillangan; Ilk o'rta asrlar Sug'd va Ustrushona oʻrtasidagi aloqalarining moddiy madaniyat va ma'-naviy-mafkurafiy hayotda, toponimlar va onomastikada aks etganligi aniqlangan; Ustrushona mulklarining Sug'd savdo va hunarmandchilik markazlari bilan hamkorlikda "Sug'd savdo ittifoqi”ni tashkil etgani holda Xitoy bilan savdo aloqalarini olib borganligi, Ustrushonaning Xitoy bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalari Sug'd, Farg'ona va Chochga nisbatan birmuncha sust ekanligi asoslangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: ilk oʻrta asrlarda Sug'd va Ustrushona oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar orqali Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiylik jihatdan umumiyligini asoslovchi tavsiyalar berilgan; Sug'd va Ustrushona mintaqalarida yashovchi sug'diy va turkiyning ilk oʻrta asrlar davrida chuqur etnomadaniy aloqalarga kirishganligi, ushbu aloqalarning numizmatik materiallar, moddiy madaniyat, toponim hamda onomastik ma'lumotlarda aks etganligi mintaqalar oʻrtasidagi aloqalarning qadim davrlarga oidligiga oid fikrlarni mustahkamlaydi; Sug'd va Ustrushona aloqalarida yagona tilga mansublik ikki mintaqa xalqlarining umumiy madaniyatga ega ekanligini asoslovchi omil ekanligi o'sib kelayotgan yosh avlodning tarxiy tafakkurini boyitishga xizmat qiladi.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Ilk oʻrta asrlar Sug'd va Ustrushona aloqalarini tadqiq etishda birlamchi manbalar hisoblangan sug'diy manbalarning qiyosiy tahlili bilan asoslanadi. Bundan tashqari, dissertatsiya natijalari muammoni yoritishda foydalanilgan xitoy, arab, fors tillaridagi manbalar, numizmatik materiallarning ilmiy talqini asosida baholangan hamda olingan natijalarning amaliyotga joriy etilgani vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ilk oʻrta asrlarda Sug'd va Ustrushona aloqalarining Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotidagi oʻrniga yozma manbalar va arxeologik materiallar asosida tahlil qilingan boʻlib, bu ilk oʻrta asrlar Sug'd va Ustrushona tarixini davriy izchillikda, muammoviy yondashuv asosida oʻrganish imkonini beradi; Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati keltirilgan materiallar va xulosalar ilk oʻrta asrlarda Sug'd va Ustrushonaga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishda, oliy va oʻrta maxsus ta'lim tizimidagi siyosiy va diplomatiyaga oid fanlar boʻyicha maxsus kurslar tashkil etishda hamda ushbu o'quv kurslaridan oʻquv qoʻllanma va darsliklar yaratishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sug'd va Ustrushona oʻrtasidagi aloqalarning ikkala mintaqa aholisining yagona tilda so'zlashganligi (sug'diy) va etnik mansubligi (sug'diy va turkiy), hukmdorlar oʻrtasidagi sulolaviy yaqinliklar, davlat boshqaruvining mahkamachiligi, boshqaruv va unvonlar tizimidagi o'xshashliklarda oʻz aksini topganligi bilan bog'liq ma'lumotlar Samarqand davlat universiteti tarix yoʻnalishi talabalari uchun "Samarqand tamadduni tarixi" oʻquv qoʻllanmasining 1-2 mavzularida aks etgan. Mazkur ilmiy natijalar Sug'd va Ustrushona oʻrtasidagi tarixiy aloqalarning mintaqa xalqlari madaniyatiga ta'sirini koʻrsatishga hamda talabalarning ilk oʻrta asrlar davriga oid ilmiy bilimlarini oshirishga ham imkon bergan. Arablar bosqini arafasi va bosqin jarayonlarida Sug'd va Ustrushona davlat uyushmalarining ittifoqchi boʻlganliklari, umumiy dushmanga qarshi birgalikda harakat olib borganliklari hamda ushbu ittifoqchilikning Turk xoqonligi himoyasi ostida xalifalikda sulola almashgan davrga qadar davom etishiga turtki boʻlganligi dalillangan. Mazkur ilmiy natijalar Arablar bosqini arafasi va bosqin jarayonlarida Sug'd va Ustrushona davlat uyushmalarining ittifoqchi boʻlganliklari, umumiy dushmanga qarshi birgalikda harakat olib borganliklari ko'rsatishga hamda talabalarning ilk oʻrta asrlar davriga oid ilmiy bilimlarini oshirishga ham imkon bergan. Ilk o'rta asrlar Sug'd va Ustrushona oʻrtasidagi aloqalarining moddiy madaniyat va ma'naviy-mafkurafiy hayotda, toponimlar va onomastikada aks etganligi aniqlangan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta Respublika va 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan oʻtkazilgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusida jami 11 ta ish e'lon qilingan. Jumladan, tadqiqotning asosiy mazmuni, xulosa va natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy natijalarini chop etish uchun tavsiya qilingan, davriy nashrlarda 6 ta, respublika miqyosidagi jurnallarda 4 ta, xalqaro nashrlarda 2 ta ilmiy maqolalarda aks etgan. Shuningdek, Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda toʻplamlarida 4 ta tezis va maqolalar chop etilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya kirish, 3 bob va xulosa, foydalangan manba va adabiyotlar ro'yxati, shartli qisqartmalar va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning tadqiqot qismi 121 betni tashkil etadi.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanib, tadqiqotning maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti belgilab olingan; tadqiqotning fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlariga mosligi koʻrsatilib, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan; olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan holda nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan; tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi va aprobatsiyasi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Ilk oʻrta asrlar Sugʻd va Ustrushona aloqalarining tarixshunosligi va manbashunosligi” deb nomlanib, uning birinchi paragrafida "Ilk oʻrta asrlarda Sug'd va Ustrushona aloqalari tarixiga doir manbalar tavsifi" keltirilgan. Ilk oʻrta asrlar Sug'd va Ustrushona toʻgʻrisida turli tillarda yozilgan o'nlab turkum manbalar boʻlishiga qaramasdan, ushbu ikki mintaqa oʻrtasida bevosita aloqalar mavjudligi to'g'risidagi manbalar sanoqli hisoblanadi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, Sug'd va Ustrushonaning bevosita aloqalariga doir ma'lumotlar at-Tabariy, Balazuriy, Al-Yoqubiy kabi arabiy, Xitoy yilnomalari, Mugʻ arxivi va Chilhujra kabi sug'diy manbalarda uchraydi. Jumladan, Tabariy “Tarix” asarining 721-722 yillar voqyealari bayoni sug'diylarning Xoʻjandga koʻchish voqealariga bag'ishlangan. Ayniqsa, Ishtixon qoʻzgʻolonchilari rahnamosi Karzanch va uning jiyani Chalanjning Fargʻona hukmdori bilan aloqalari, ularning Xoʻjandda qarorgoh qurganliklari va birgalikda xalifalikka qarshi kurashlari keng berilgan. Sug'd va Ustrushona aloqalari Arab xalifaligining Sug'd ixshidi bilan 712 yilda tuzilgan “Samarqand shartnomasi
  • Ustrushona mulklarining Sug'd savdo va hunarmandchilik markazlari bilan hamkorligi: Ustrushona mulklari (Ustravshan, Shavkat, Buttaman, Pargʻar) Sug'd savdo va hunarmandchilik markazlari (Maymurg', Panjikent, Kabudon, Fay, Ishtixon, Kushoniya) bilan hamkorlikda "Sug'd savdo ittifoqi"ni tashkil etgani holda Xitoy bilan savdo aloqalarini olib borgan. Ustrushonaning Xitoy bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalari Sug'd, Farg'ona va Chochga nisbatan birmuncha sust ekanligi ham ko'rsatib o'tilgan.
  • Xulosa: 1. Ilk oʻrta asrlarda Sug'd va Ustrushona aloqalarining tarixshunosligi va manbashunosligi oʻrganildi. 2. Turk xoqonligi hukmronligi davrida Sugʻd va Ustrushonaning etnomadaniy aloqalari, jumladan, tildagi, yozuvdagi, shuningdek, hunarmandchilik va me'morchilikdagi oʻxshashliklar tahlil qilindi. 3. Soʻgʻd va Ustrushona oʻrtasidagi siyosiy va ijtimoiy aloqalar, jumladan, harbiy ittifoqlar, diplomatik aloqalar va sulolaviy rishtalar oʻrganildi. 4. Tadqiqot natijalari asosida Sugʻd va Ustrushonaning ilk oʻrta asrlardagi aloqalarining umumiy xulosalari chiqarildi va ularning Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta'siri koʻrsatildi.