Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining psixologik jihatlari

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining psixologik jihatlarini ilmiy-nazariy tadqiq qilish va ularni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha amaliy tavsiyalarni takomillashtirishga bagʻishlangan. Tadqiqotda tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining shaxsiy differensial-semantik tahlili asosida kasbiy-shaxsiy ahamiyatli jihatlari, kasbiy motivatsiya profili va kasbiy-shaxsiy talabchanlik jihatlari oʻrganilgan. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashda tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining psixologik jihatlarini oʻzida jamlagan mutaxassislik professiogrammasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, tezkor-qidiruv faoliyati xodimlari uchun muhim boʻlgan shaxslilik jihatlari oʻrganilgan va ularning kasbiy faoliyatini optimallashtirish uchun muhim kasbiy-shaxsiy, individual sifatlarini aniqlovchi va rivojlantiruvchi omillar aniqlangan. Shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyati xodimlari bilan ishonchli psixologik aloqa oʻrnatishda ularning rejalari, maqsadlari, qadriyatlari, ehtiyojlari, ustanovka va motivatsiyalarini aniqlashning ekstren usullariga tayanish tezkor-qidiruv faoliyati vazifalarining muvaffaqiyatli bajarilishini ta'minlashi va jinoyatlarning oldini olish imkoniyatlarini kuchaytirishi aniqlangan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning maqsadi: Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining psixologik jihatlarini ilmiy-nazariy tadqiq qilish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha amaliy tavsiyalarni takomillashtirishdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: Tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarini shaxsiy differensial-semantik tahlil asosida kasbiy-shaxsiy ahamiyatli jihatlarini tavsiflovchi yetakchi omillarni aniqlash; ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining kasbiy motivatsiya profili va kasbiy-shaxsiy talabchanlik jihatlarini aniqlash; tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarining kasbiy tajribalari dinamikasida kasbiy faoliyatdagi nizolar va xavotirlanishlarni bartaraf etish usullaridan foydalanishni sub'ektiv nazoratining ustuvor jabhalarini empirik isbotlash; tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarining kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishi orqali tayyorlanayotgan va niqoblangan jinoyatlarning oldini olish imkoniyatlarini kuchaytiruvchi psixologik jihatlarni aniqlash; ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati xodimlarining kasbiy-shaxsiy kamolotini ta'minlovchi jinoyatchilikka qarshi kurashda tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining psixologik jihatlarini oʻzida jamlagan mutaxassislik professiogrammasini ishlab chiqish.
  • Tadqiqotning obyekti: Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining psixologik jihatlarini aniqlash jarayoni boʻlib, tadqiqotga Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyat ichki ishlar bosh boshqarmalarida xizmat olib borayotgan 120 nafar tezkor-qidiruv faoliyati xodimlari hamda jinoyatchilikka qarshi kurashda ichki ishlar organlariga rasmiy ravishda hamkorlik qilish istagini bildirgan shaxs (jabrlanuvchi va guvoh)lar va ular yordamidan foydalanayotgan 104 nafar tezkor boʻlinmalar ekspert xodimlardan iborat, jami 224 nafar respondentlar jalb etilgan.
  • Tadqiqotning predmeti: Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining psixologik jihatlari tashkil etadi.
  • Tadqiqotning usullari: Tadqiqot jarayonida suhbat, hujjatlarni o'rganish, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma (IPS) metodlari, J.Teylorning «Xavotirlanish darajasini aniqlash» metodikasi, Ch.Osgudning «Shaxsiy semantik differensial» metodikasi, V.V.Golovachning «Shaxsiy differensiallikni oʻrganish metodikasi, G.Ayzenkning EPI so'rovnomasi (E.G'.G'oziyev, R.Toshimov modifikatsiyasi), Sh.Richi, P.Martinlarning «Shaxsning motivatsion profilini oʻrganish» metodikasi, B.A.Yasko, Y.V.Xaritonovalarning «Shaxsning kasbiy talabchanlik» metodikasi, K.N.Tomasning «Shaxs soʻrovnomasi» (K.V.Grishina modifikatsiyasi), Dj.Rotterning <<Subyektiv nazorat darajasini oʻrganish metodikalaridan foydalanildi. Olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi matematik statistika metodlaridan: Mann-Uitnining U-mezoni, Kraskal-Uollisning N-mezoni, Ch.Spirmenning r-korrelyatsiya koeffitsiyenti orqali tasdiqlandi.