Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini xalqaro sifat standartlari asosida oshirish
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Oʻzbekistonda toʻqimachilik tarmogʻidagi tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini xalqaro sifat standartlari asosida oshirishga qaratilgan boʻlib, jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar ishonchini qozonish va eksport geografiyasini kengaytirish kabi muhim masalalarni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotda xalqaro sifat standartlarining ahamiyati, ularning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tatbiqi mexanizmlari, shuningdek, Namangan viloyati misolida toʻqimachilik tarmogʻidagi eksport dinamikasi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida iqtisodiy-statistik tahlillar va ekonometrik modellashtirish asosida eksportni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati, maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti belgilab olingan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan, dissertatsiya mavzusi boʻyicha xorijiy tadqiqotlar sharhi keltirilgan, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati yaratib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, nashr qilingan ilmiy ishlar va dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishiga doir maʼlumotlar keltirib oʻtilgan.
- Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirishda xalqaro sifat standartlarini joriy etishning konseptual asoslari: Birinchi bobda xalqaro sifat standartlari va ularni joriy etishning zamonaviy nazariyalari oʻrganilgan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga xorijiy davlatlar talablari asosida xalqaro sifat standartlarini joriy etishning imkoniyatlari tadqiq etilib, ushbu standartlarining joriy etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishning uslubiy asoslari koʻrsatib berilgan.
- Tadbirkorlik subyektlarida xalqaro sifat standartlarini joriy etish holati va eksport koʻrsatkichlari tahlili: Ikkinchi bobda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga xalqaro sifat standartlarini joriy etish holati hamda tadbirkorlik subyektlarining eksport koʻrsatkichlari tahlil qilingan, Namangan viloyatidagi tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyati va unga ta'sir etuvchi omillar baholangan.
- Xalqaro sifat standartlari asosida tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish istiqbollari: Uchinchi bobda tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirishda “GSP+
- Xulosa: Tadqiqot natijalariga koʻra, xalqaro sifat standartlarini joriy etish tadbirkorlik subyektlariga muhim imkoniyatlar yaratadi, jumladan raqobatbardoshlikni oshirish, mijozlar ishonchini qozonish, xalqaro bozorga kirish kabi jihatlar koʻrsatib oʻtilgan. Tadqiqotda toʻqimachilik mahsulotlari eksportining 2023-yildagi holati tahlil qilinib, unga ta'sir etuvchi omillar aniqlangan. Namangan viloyati misolida tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish boʻyicha strategiyalar ishlab chiqilgan.