Yuqori kullangan Angren koni qo‘ng‘ir ko‘mirini boyitish texnologiyasini ishlab chiqish

Ushbu dissertatsiya Angren koni yuqori kullangan qo'ng'ir ko'mirini boyitish texnologiyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan bo'lib, unda ko'mirni qayta ishlashning samarali va ekologik toza usullarini ishlab chiqish masalalariga bag'ishlangan. Tadqiqotda yuqori kullangan ko'mirni boyitishning turli usullari (gravitatsiya, flotatsiya, va kombinatsiyalashgan usullar) o'rganilgan va eng samarali usullar aniqlangan. Ishlab chiqilgan texnologiya sanoat miqyosida joriy etishga tavsiya etilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, shuningdek, tadqiqotning Oʻzbekiston Respublikasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi haqida ma'lumot berilgan.
  • Ko'mir sanoatida ko'mirni boyitishning istiqbollari va hozirgi holati: Oʻzbekiston koʻmir sanoatining xomashyo bazasi va istiqbollari tahlil qilingan, jahon amaliyotida yuqori kullangan koʻmirni boyitish va qayta ishlashning zamonaviy holati va rivojlanish darajasi oʻrganilgan.
  • Qoʻngʻir koʻmir tarkibli mahsulotlarni tadqiq qilish obyekti va usullari: Tadqiqot obyekti – Angren koʻmir koni “2 BR ВОМСШ” markali qoʻngʻir koʻmirini moddiy takibini oʻrganishga shuningdek, tadqiqotni olib borish usullari va olib borilgan tajriba ishlarini tavsiflashga bagʻishlangan.
  • Angren koni yuqori kullangan koʻmirini boyitishning tavsiya etilgan texnologik sxemasini ishlab chiqish va asoslash: Yuqori kullangan koʻmirni boyitishning kombinatsiyalashgan (flotatsiya-gravitatsiya) usulida boyitish texnologiyasi ishlab chiqilgan va kengaytirilgan tajriba sinovlar natijalari taqdim etilgan.
  • Xulosa: Dissertatsiya davomida olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan holda, nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan xulosalar taqdim etilgan. Jumladan, tadqiqot natijasida yuqori kullangan koʻmirni boyitishning samarali texnologik sxemasi ishlab chiqilganligi va uning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.