Konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Navoiy KMK misolida)
Ushbu dissertatsiya Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) misolida konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda innovatsiya tushunchalari, konchilik sanoatidagi innovatsion jarayonlar, ularning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, innovatsion faoliyatni baholash usullari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yashil iqtisodiyot tamoyillarini qo'llash kabi masalalar atroflicha o'rganilgan. "Navoiy KMK" korxonasining innovatsion faoliyatini tahlil qilish natijasida korxonaning innovatsion rivojlanishining joriy va prognoz ko'rsatkichlari aniqlangan. Tadqiqot ishida keltirilgan tavsiyalar korxona innovatsion faoliyatini yanada takomillashtirishga, uning iqtisodiy samaradorligini oshirishga va raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, uning zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek, ob'ekt va predmeti shakllantirilgan. Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi yoritilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi va uning amaliy natijalari keltirilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, tadqiqot ishi doirasida muallif tomonidan nashr etilgan ishlar, shuningdek, Dissertatsiya tuzilishi boʻyicha batafsil ketma-ket ma'lumotlar berilgan.
- Konchilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatning ilmiy-nazariy asoslari: Birinchi bobda konchilik sanoatida innovatsion faoliyat mexanizmlarining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning innovatsion faoliyat mexanizmlarini shakllantirish hamda ularni faollashtirish yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar, yondashuvlar hamda mulohazalar tadqiq etilgan. Shuningdek, konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini baholash usullarini tadqiq etishda konchilik sanoatida innovatsion faoliyat tasnifi, imperativ kategoriyalari izchil oʻrganilib, konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatga ta'sir etuvchi omillar, indeksial hamda nazariy baholash modellari asosida innovatsion faoliyat indikatorlari tizimlashtirilgan.
- Mamlakatda raqamli texnologiyalar asosida taraqqiy ettirish sharoitida konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyati holati va uni rivojlantirish mexanizmlarini baholash: Ikkinchi bobda mamlakatda konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyati izchil tadqiq etilgan. "Navoiy KMK” va “Olmaliq KMK" AJlarning ishlab chiqarish hajmi yil sayin oshib bormoqda. "Navoiy KMK” AJ da mazkur natijaviylik 2018-yilda 19,4 trln.so'mni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda u 2 barobar koʻproq mablag'ga baholangan. "Olmaliq KMK” AJ hamda “Navoiy KMK” AJda buning asosiy sababi korxonalarni modernizatsiyalash, ularni raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar qilingan boʻlib, texnologik investitsiyalar innovatsion faoliyatni rivojlantirish turtki boʻlgan.
- Konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi va uning istiqbollari: Uchinchi bobda “Navoiy KMK