Tafakkurning dissipativ struktura sifatidagi sinergetik tahlili

Ushbu avtoreferat Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengash tomonidan tayyorlangan va unda Muminova Zarifa Odilovnaning

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahonda roʻy berayotgan geoiqtisodiy, geomafkuraviy, demografik, texnokratik, informatsion, gumanitar jarayonlar dinamikasi inson tafakkur tarzining dialektik va sinergetik tabiatga egaligi, ya'ni oʻzgaruvchan, rivojlanuvchi, murakkab, nochiziqli hamda xaotikligi bilan izohlanmoqda. Bu esa, bir tomondan inson tafakkuridagi sinergetik fluktuatsiyani (inson ehtiyojlari va manfaatlari, qadriyatlar tizimining rang-barang hamda universalligi bilan bog'liq hodisalar) anglatsa, ikkinchi tomondan inson bilish faoliyatining murakkab va polifunksional mohiyatga egaligi tufayli roʻy bermoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda jahonda sodir bo'layotgan yuqori suratdagi global oʻzgarishlarning inson va butun borliq kelajagiga ta'sirini nazoratda saqlashning yagona yoʻli hamda insonni boshqaruvchi asosiy mexanizmi hisoblanuvchi tafakkur hodisasining mohiyatiga chuqurroq kirib borishni taqozo etmoqda. Bundan kelib chiqib, inson tafakkur tarziga tizimli yondashish va ushbu jarayonga sinergetik metodologiya tamoyillari (nochiziqlik, oʻz-oʻzini tashkillashtirish, barqarorlik va beqarorlik, xaos va tartibot)dan samarali foydalanishning psixofiziologik mexanizmlarini aniqlash ehtiyojini kuchaytirmoqda.
  • Tadqiqotning maqsadi: Inson tafakkurini murakkab fenomen va dissipativ struktura sifatida sinergetik mohiyatini ochib berishdan iboratdir.
  • Tadqiqotning vazifalari: 1. Tafakkurning murakkab dissipativ struktura va ijtimoiy dinamik hodisa sifatidagi falsafiy definitsiyasini epistemologik tahlilini amalga oshirish; 2. Tafakkurning murakkab psixofiziologik jihatlarini tadqiq qilish orqali uning ijtimoiy relevantlikning asosi ekanligini sinergetik jihatdan ochib berish; 3. Tafakkur va ong tushunchalarining qiyosiy tahlilini amalga oshirish orqali tafakkurning inson mavjudligining atributiv xossasi ekanligini asoslab berish; 4. Sharq va g'arb faylasuflarining ontologik, gnoseologik, ijtimoiy psixologik qarashlarida sinergetik mazmun va murakkab tizimli yondashuv elementlarini tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari orqali yoritib berish; 5. Tafakkur jarayonida erkinlik va kreativlikning oʻzaro aloqadorligi va sog'lom tafakkur tarzini shakllantirishning zamonaviy muammolarini sinergetik nuqtai nazardan ochib berish.
  • Tadqiqotning obyekti: Inson tafakkurining dissipativ tuzilishi tanlab olingan.
  • Tadqiqotning predmeti: Inson tafakkuri tizimini sinergetik metodologiyaning asosiy tushuncha va tamoyillari asosida oʻrganish tashkil etadi.
  • Tadqiqotning usullari: Dissertatsiyada ilmiy bilishning analiz va sintez, analogiya, umumlashtirish, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, induksiya, deduksiya kabi usullaridan foydalanilgan.
  • Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi: 1. Ongli va ongsiz faoliyatning sintezi sifatida ijodkorlikning tafakkurda beqarorlik, oʻz-oʻzini tashkillashtirish va nochiziqli kreativ faoliyat uyg'unligi korrelyatsiyasi ekanligi asoslab berilgan; 2. Tafakkur va miyaning oʻzaro munosabati, harakat impulsi va strukturasi bilan bog'liq yechimlar sinergetikaning fluktuatsiya va attraktor tamoyillari asosida isbotlangan; 3. Tafakkurning moddiy asosi miyaning perietal va sensorik funksiyalarining psixofiziologik hodisa sifatida bilish jarayonini yuzaga keltirishdagi evristik ahamiyati ochib berilgan; 4. Tafakkur ijtimoiy relevantlikning asosi va kishilarning jamiyatdagi ijtimoiy ma'naviy moʻljallarini toʻgʻri shakllantirishining, kishilardagi deviativ jarayonlarni koordinatsiyalash, delikventlikdan himoyalanish vazifasini bajarishi mantiqiy dalillangan; 5. Tafakkur jarayonidagi erkinlikning kreativ tafakkurga zamin yaratish bilan bir qatorda, jamiyat mafkuraviy tizimiga konstruktiv va destruktiv ta'sir etishi sinergetikaning bifurkatsiya va fluktuatsiya tamoyillari asosida ilmiy asoslangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijasi: 1. Tafakkurga dissipativ struktura sifatida tizimli yondashuvni shakllantirish, ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning saviyasini yanada boyitishga xizmat qilgan; 2. Inson tafakkuriga murakkab psixofiziologik hodisa sifatida tizimli yondashishning afzalliklari ilmiy nazariy asoslab berilgan xulosalardan mamlakatimizda kreativ, ijodkor, yuksak intellektual salohiyatga ega boʻlgan yosh avlodni shakllantirish sohasida metodologik qoʻllanma sifatida foydalanilgan; 3. Globallashuv jarayonlarining jadallashuvi va informatsion jamiyatning shakllanib borishi inson tafakkur tarziga tashqi ta'sirlarning kuchayishi sharoitida jamiyatda sog'lom tafakkur tarzini shakllantirishga ta'sir etuvchi institutlarning uzviy hamkorligini ta'minlashda mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan tavsiyalardan foydalanilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot jarayonida qo'llanilgan nazariy qarashlar, tadqiqot usullari va yondashuvlar rasmiy manbalardan olinganligi, nashr etilgan monografiya va ilmiy maqolalar, respublika va xalqaro konferensiyalardagi chiqishlari, tadqiqot ishi yuzasidan berilgan xulosalar, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ulardan sinergetik tafakkur tarzi, nochiziqli kreativ tafakkur tarzini shakllantirish muammolarini tizimli oʻrganishda foydalanish imkoniyati, bilish faoliyatida falsafiy refleksiyadan foydalangan holda murakkab dissipativ strukturalarni chuqurroq bilish va nazariy-fundamental tadqiqotlar hamda uslubiy yondashuvlar vositalarini takomillashtirish bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va g'oyalardan oliy o'quv yurtlarida falsafa yoʻnalishining bakalavriyat va magistratura bosqichlarida oʻtiladigan
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tafakkurga dissipativ struktura sifatida sinergetik yondashuv asosida ishlab chiqilgan takliflari asosida: ongli va ongsiz faoliyatning sintezi sifatida ijodkorlikning tafakkurda beqarorlik, o'z-o'zini tashkillashtirish va nochiziqli kreativ faoliyat uyg'unligi korrelyatsiyasi ekanligi asoslab berilganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan Oʻzbekiston respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan Mirzo Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida 2020-2022 yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829-sonli "Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko'nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining 2023-yil 13-iyundagi 04/11-3652-son dalolatnomasi). Natijada inson tafakkuriga sinergetik yondashuv uning mohiyatini anglash jarayoniga tizimli va nochiziqli yondashuv asosida mamlakatimizda kreativ, ijodkor, yuksak intellektual salohiyatga ega boʻlgan yosh avlodni shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilgan; tafakkur va miyaning oʻzaro munosabati, harakat impulsi va strukturasi bilan bog'liq muammolar sinergetikaning fluktuatsiya va attraktor tamoillari asosida isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar va amaliy tahlillardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda hamda Markaz tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “O'rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi