Ilmiy tadqiqod metodologiyasi

Ushbu hujjat "Ilmiy tadqiqot metodologiyasi" fanining oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Fanni oʻqitishdan maqsad -magistrantlarni ilmiy tadqiqot usullari tizimi bilan qurollantirish, ilmiy tadqiqot faoliyatiga qiziqtirish va ijtimoiy-iqtisodiy soxalarda ilmiy tadqiqot olib borish qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Fanni vazifalari -magistrantlarni ilmiy tadqiqot olib borish tartibi, qoidalari bilan tanishtirish, ilmiy izlanishlar olib borish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ilmiy tadqiqotni amalga oshirish uslubiyatiga ega boʻlishga imkoniyat yaratish, magistrantlarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil etishni oʻziga xos usullariga ega boʻlishini ta'minlash, ularning ilmiy tadqiqot texnologiyasini egallashga imkoniyat yaratishdan iborat. Kitobda fanning asosiy nazariy qismi (ma'ruza mashg'ulotlari) va amaliy mashg'ulotlari uchun koʻrsatmalar va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, fanni oʻzlashtirish natijasida shakllanadigan kompetensiyalar, ta'lim texnologiyalari va metodlari, hamda fan bo'yicha adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Fan va uning jamiyatdagi oʻrni: Fan tushunchasi va fan tarakkiyotining boskichlari. Texnogen, mikrokonteksti va makrokonteksti, madaniy-texnologik funksiyasining, Fanning «neytralligi» va «ijtimoiy buyurtma, Fan etosi, haqiqiy bilimni yaratish funksiyasi, ijtimoiy tartibga solish omili, tavsiflash, tushuntirish, prognoz, oldindustrial, industrial va postindustrial, dogmatizm, murosasizlik, falsifikatsiyalanmaslik
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish: Progressizm yoki notriviallik, ishonchlilik, krititsizm, kogerentlik, pragmatik, ob'ektiv haqiqat, ob'ekti, sub'ekt, polifundamentallik va evristiklikka, reduksiya, umumiylik va zarurat, soddalik va aniqlik, mantiqan ziddiyatsizlik, umumiy ahamiyatga moliklik, Soddalik tamoyili. Tasniflash. Fanlar tasnifi. Bekon taklif qilgan fanlar tasnifi. Gyote davri (XVIII asr oxiri) tabiatshunosligi. Tabiat tuzilishining sifat jihatidan har xil bosqichlari. Anri de Sen-Simon (1760-1825) ta'limoti fanlar tasnifi. Fanlarni tasniflash muammosi. ruh haqidagi fanlar va tabiat haqidagi fanlarning ajratilishi. Vilgelm Vindelband (1848-1915) fanlarni predmeti haqida. Nomotetik va ideografik metodlar. F.Engelsning fanlarni tasniflash prinsiplari. Materiya harakatining xususiy shakllari. Materiya va harakatning kompleks shakllari.
  • Ilmiy ishlar va ilmiy ishni yozish: Bilish faoliyatida ratsionallik va irratsionallik. Ob'ektiv borliqni biz yaratmaganmiz, shu sababli biz borliqdan va uning ob'ektiv qonunlaridan kelib chiqib, oʻzimizning oʻsib borayotgan moddiy va ma'naviy ehtiyojlarimizni qondirishga qodir boʻlgan oʻz «insoniylashtirilgan» tabiatimizni yaratamiz. Shu ma'noda biz dunyoga oʻz sezgilarimiz va aql-idrokimizni kiritamiz, lekin bunday kiritishni biz tabiat va amaliy harakatni aniq maqsadga muvofiq boʻlgan, oʻzlashtirilgan bilimlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatini beradigan tarzda amalga oshiramiz. Bilish bilimsizlikdan bilimlilikka, bir bilimdan yanada chuqurroq boʻlgan boshqa bilimga oʻtish sifatida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir-biri bilan bog'langan koʻp sonli holatlar va jihatlardan tarkib topadi. Sezgilar va bilimning oʻzaro nisbati haqidagi masala xususida falsafa tarixida ikki nuqtai nazar sensualizm va ratsionalizm mavjud boʻlgan.
  • Ilmiy tadqiqotning yo'nalishlarini tanlash va mavzusini asoslash: Innovatsiya «Innovatsiya» soʻzi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, oʻzgartirish, yangilik kiritish degan ma'noni bildiradi. Innovatsiya fenomeni oʻzining evristik asosiga koʻra, birinchidan, yangilikka yoʻnalgan, ya'ni madaniyat yangiliklarini ochishga qaratiladi, ikkinchidan, u ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning bugungi kunini ham aks ettiradi. Innovatsiya sub'ektning kreativ-nazariy va predmetli amaliy faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin etiladi. I.T.Balabanov ta'kidlashicha, “Innovatsiya – yangi texnika yoki texnologiya, mehnat ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqaruv, shuningdek, nazorat, hisob-kitob, rejalashtirish uslublari, tahlil va boshqalarni tashkil etishning yangi shakllariga mablag' kiritish orqali erishilgan moddiylashgan natijadir” 73 . Zamonaviy adabiyotlarda innovatsiya jarayonining uch komponenti mavjud. Bulardan birinchisi, sub'ektli, kreativ (ijod), amaliy (mehnat) komponentlar alohida oʻrganiladi. Jumladan, ma'lum boʻladiki, hozirgi kunda ijod madaniyatida mehnatning ahamiyati ortib, u kreativ xarakter kasb etmoqda, yangilikni ob'ektivlashning ijtimoiy madaniy modeli sifatida innovatsiya namoyon boʻlmoqda.