Ma’lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Ma'lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari" fanini o'qitish bo'yicha ta'lim texnologiyalari, ularni o'quv jarayoniga qo'llash bo'yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini o'tish texnologiyalarini ishlab chiqishning usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta'limni texnologiya qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. O'quv-uslubiy majmua texnika oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari va talabalari hamda "Ma'lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari" fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo'llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Majmua "Ma'lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari" fanidan amaliy ishlarni bajarish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berilgan. Unda ma'lumotlar bazasi turlari va vazifalari, MS Accessda ishlash, jadval yaratish, so'rov yaratish, forma yaratish, SQL tili haqida tushuncha; Ma'lumotlar bazasi arxitekturasi, SQl tili, MS Sql Server, oracle haqida umumiy ma'lumotlar haqida tasavvurga ega bo'lishi; Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari, tarmoq texnologiyalari, komputer texnikasi va texnologiyalari hamda ular uchun ishlab chiqilgan amaliy dasturlarni bilishi va ulardan foydalana olishi; Axborot texnologiyalari bilan bog'liq texnika va texnologiyalardan, dasturlardan foydalanib turli amaliy masalalrni hal qila olish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.

Asosiy mavzular

  • MA'RUZA MASHG'ULOTI MAVZULARI: 1. Fanga kirish. Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish. 2. Ma’lumotlar bazasi arxitekturasi. 3. Relyatsion ma’lumotlar bazasiga kirish. 4. Qiymat va o’zgaruvchilarni ifodalash. 5. SQL tiliga kirish. 6. Relyatsion algebraning taxlili. 7. Sintaksis. Semantika. 8. Relyatsion hisob. 9. SQL tili imkoniyatlari. 10. Ma’lumotlarning butunligi. 11. Ichki va tashqi predikatlarni taqqoslash. 12. Ma’lumotlar bazasini loyixalash. 13. Funktsional bog’liqlik. 14. Normallashtirish ko’rinishlari. 15. Boys-Kodd normal formasi.
  • AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI: Ushbu kitobda SQL tilida ma’lumotlar bazasini yaratish bo’yicha amaliy mashg'ulotlar, jumladan, jadval yaratish, so'rovlar tuzish, forma va hisobotlar yaratish kabi mavzular yoritilgan. Shuningdek, ma'lumotlar bazasini loyihalash va boshqarish usullari, SQL tilining asosiy operatorlari, turlari va qo'llanilishi haqida ham ma'lumot berilgan.
  • ADABIYOTLAR RO’YXATI: Kitobda foydalanilgan asosiy darsliklar, o’quv qo’llanmalar hamda qo’shimcha adabiyotlar keltirilgan. Shuningdek, Internet materiallari ham berilgan.
  • MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI: Talabalarning mustaqil ishlashlarini tashkil etish bo'yicha vazifalar, ularni amalga oshirish tartiblari va baholash mezonlari berilgan. Talabalar mustaqil ishlashlari uchun qo'shimcha adabiyotlar va axborot manbalari ham tavsiya etilgan.
  • GLOSSARIY: Ma'lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari bilan bog'liq asosiy terminlar va ularning izohlari keltirilgan. Bu glossariy o'quvchilarning fanni yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi.
  • ILOVALAR: Fan dasturi, Ishchi fan dasturi, Tarqatma materiallar, Testlar va Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlari keltirilgan.