O’qish kitobi darsliklari uning uzviylashtirilgan davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi talablariga mosligi
Kitob 2-sinflar uchun mo'ljallangan bo'lib, "O'qish va nutq o'stirish" kursini o'z ichiga oladi. Unda 136 soatlik darslar rejalashtirilgan va ona yurtga muhabbat, oila, do'stlik, mehnat, tabiat va axloq-odob kabi mavzularga bag'ishlangan turli janrdagi asarlar (she'rlar, hikoyalar, ertaklar) mavjud. Kitob o'quvchilarning nutqini o'stirish, tafakkurini kengaytirish, badiiy asarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Ona yurtim – oltin beshigim: O'quvchilarga O'zbekiston Respublikasi, uning poytaxti Toshkent va boshqa viloyatlari haqida ma'lumot beriladi. Ona yurtni sevish, uning tinchligi va go'zalligi uchun harakat qilishga undash, O'zbekistonning tarixiy shaharlari va ularning ahamiyati haqida tushunchalar berish.
- Maktabim – qutlug' makonim, kitobim- oftobim: Maktabning muqaddasligi, kitobning bilim manbai ekanligi, o'qituvchining murabbiy sifatidagi roli haqida tushunchalar berish. Kitobga muhabbat, uni asrash va ardoqlashga o'rgatish.
- Mehnat – baxt keltirar: Mehnatsevarlik, hunar o'rganishga intilish, mehnatning qadri, kattalarga yordam berish, oilada tejamkorlik va orastalik kabi tushunchalar orqali tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish.
- Oltin kuz - hosiling yuz: Kuz fasli, kuzgi tabiat, insonlarning kuzdagi mehnati, hosil bayrami, kuzgi mahsulotlarga hurmat kabi tushunchalarni shakllantirish.
- Otalar soʻzi – aqlning koʻzi: Odob-axloq qoidalarini o'rgatish, kattalarga hurmat, kichiklarga g'amxo'rlik, andishali bo'lish, ota-bobolarimizning ibratli so'zlarini yod olishga undash.
- Kumush qish – misoli oqqush: Qish fasli, qish manzaralari, qishki o'yin-kulgi, qishda tabiatga sayr, Qorbobo va Qorqiz obrazi orqali bolalarga qishni sevdira olish
- Zumrad bahor – bahri diling ochar: Bahor fasli, tabiatning uyg'onishi, gullar, o'simliklar hayoti, bahorda insonlarning mehnati, 8-mart onalar kuni, bahorda sayr va sayohatlarga undash.
- Qushlar, hayvonlar - bizning doʻstimiz: Qushlar va hayvonlarga mehr-shafqat ko'rsatish, ularni asrash, ular haqida ma'lumotlar berish, tabiatni muhofaza qilishga undash.
- Ertaklar – yaxshilikka yetaklar: Ertaklar olami orqali yaxshilik va yomonlikni farqlashga o'rgatish, ertak qahramonlarining xatti-harakatlariga baho berish, yaxshi fazilatlarni o'zlashtirishga undash.
- Yoz – oʻtadi soz: Yoz faslining go'zalligi, yozgi ta'til, yozgi mehnat va dam olish haqida tushunchalar berish, yozgi ta'tilni rejalashtirishga o'rgatish.
- Tabiatni asrang, avaylang: Tabiatni asrash, avaylash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishga o'rgatish, ekologik madaniyatni shakllantirish.