Umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohasidagi kompression sinishlarini individual differensiallashgan jarrohlik usuli bilan davolash

Ushbu kitobda umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi kompression sinishlarni individual differensiallashgan jarrohlik usuli bilan davolash va yuzaga kelgan asoratlarni tahlil qilishga bag'ishlangan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar keng ko‘lamli olib borilmoqda. Umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohasidagi kompression sinishlar yuzaga kelgan katta va keksa yoshli bemorlarga klinik tashxis qo‘yish va qo‘yilgan klinik tashxisga asoslanib individual tarzda davolashning jarrohlik usulini tanlash va bemorlarda o‘tkazilgan tashrihlardan keyin yuzaga kelgan asoratlarning sabablarini o‘rganish hozirgi zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
  • I BOB. KATTA VA KEKSALARDA UMURTQA POG‘ONASI KO‘KRAK VA BEL SOHALARINING KOMPRESSION SINISHLARIGA ZAMONAVIY QARASHLAR (Adabiyotlar sharhi): Bu bobda katta va keksa yoshlarda ko‘krak va bel umurtqalarining sinish mexanizmlari va epidemiologiyasi, sinishlarni klassifikatsiyasi, diagnostikasi va davolashning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqilgan.
  • II BOB. KLINIK MATERIALNING TAVSIFI VA TEKSHIRUV USULLARI: Bu bobda tadqiqotda ishtirok etgan bemorlarning yoshi, jinsi, kasallikning kelib chiqish sabablari, hamrox kasalliklari va ular ustidan o‘tkazilgan tekshiruv usullari haqida ma'lumot berilgan.
  • III BOB. KO‘KRAK VA BEL UMURTQALARI SOHASIDAGI KOMPRESSION SINISHLARNI SHKALALAR YORDAMIDA ANIQLASH VA DIAGNOSTIK ALGORITM ISHLAB CHIQISH: Ushbu bobda bemorlarda VASH, Frankel shkalalari va Osvestri indeksi asosida klinik – nevrologik belgilarning o‘ziga xosligini o‘rganish, instrumental tekshiruv usullari bilan diagnostikasi va og‘irlik darajasini baholashning diagnostik va prognostik me’zonlar algoritmini ishlab chiqish yoritilgan.
  • IV-BOB. KO‘KRAK–BEL UMURTQALARI SOHASIDAGI KOMPRESSION SINISHLARINI JARROHLIK USULI BILAN DAVOLASH VA YUZAGA KELGAN ASORATLAR TAHLILI: Bu bobda kompression sinishlarni jarrohlik usullari bilan davolash, jumladan, perkutan vertebroplastika, transpedikulyar fiksatsiya, kombinatsiyalashgan usul va dekompressiv laminektomiya kabi usullar, ularning natijalari hamda yuzaga kelgan asoratlar tahlil qilingan.
  • XOTIMA: Bu bobda tadqiqot natijalari umumlashtirilib, eng muhim xulosalar va tavsiyalar berilgan.