Avtomobil boshqarishning zamonaviy va istiqbolli tizimlari
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi hamda Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Kitobda "AVTOMOBIL BOSHQARISHNING ZAMONAVIY VA ISTIQBOLLI TIZIMLARI FAN DASTURI" asosida tayyorlangan bo‘lib, unda avtomobillarni boshqarishning zamonaviy tizimlari, ularning rivojlanish bosqichlari, texnik xususiyatlari va ekspluatatsiya jarayonlari, shuningdek, zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish sanoati, uning istiqbollari, avtomobillarning rivojlanish tarixi, shuningdek, ular texnik xavfsizligini ta'minlashga oid masalalar yoritilgan. Kitob talabalar uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi va avtomobilsozlik sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Avtotransport sanoatining rivojlanishi istiqbollari: Avtotransport sanoatining tuzilishi va asosiy tendensiyasi, asosiy rivojlanish bosqichlari. Avtotransport vositalariga qo‘yilgan sifatni baholash bo’yicha milliy va xalqaro normalar bazasi, iste’molchilar talabiga asosan xavfsizlik, ekspluatatsiya. Amaliy metodlarga bo‘lgan talabni tashkil etish.
- Zamonaviy avtomobil vositasining umumiy tuzilishi: Umumiy ma’lumotlar. Transport vositasining tarifi va vazifasi. Pasajir transport vositasi. Yuk trasport vositasi. Tirkama transport vositasi. Avtomobil konstruktsiyasining rivojlanish tarixi. Avtomobilning umumiy tuzilishi. Texnikaviy xarakteristikalari va belgilanishi (markirovkalanishi).
- Zamonaviy avtomobil dvigatellari: Avtomobil dvigatelining tasnifi, umumiy tushunchalar va asosiy parametrlari. Turli dvigatellarni ishlash prinsiplari, to‘rt takli dvigatellar, ikki takli dvigatellar, rotor porshenli dvigatellar, gaz trubinali dvigatellar. Dvigatelning konstruktsiyalari. Dvigatellarni mexanizm va tizimlari.
- Sovitish tizimi: Sovitish tizimining tarifi, vazifasi va tasnifi. Sovutish suyuqligi. Sovitish tizimining konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: radiator: jalyuzi: suyuqlik nasosi: ventilyator: gidromufta: termostat.
- Moylash tizimi: Moylash tizimining tarifi vazifasi va tasnifi. Moylash usullari. Moylash tizimini konstruktsiyasining tuzilishi va ishlash printsipi: Moy nasosi. Moy filtrlari. Moy osti tog‘orasi (paddon). Moy radiatori. Klapanlar. Karterni shamollatish.
- Benzinli dvigatellarning ta’minlash tizimi: Karbyuratorli dvigatellarning ta’minlash tizimining tarifi vazifasi va umumiy sxemasi. Yonuvchi aralashma va uni tayyorlash. Karburator qurilmalarining sxemalari va ularning ishlash printsipi. Ta’minlash tizimining aspoblarining tuzilishi va ishlash printsipi: filtirlar: yonilg‘i nasosi: kiritish va chiqarish quvirlari: yonilg‘i baki: so‘ndirgich. Yonilg‘i purkash tizimining karbyuratorli ta’minlash tizimiga nisbatan afzalliklari. Yonilg‘ini purkash tizimining sxemasi va ishlash printsipi. Purkash tizimi tarkibiy qisimlarining vazifasi va tuzilishi: elektr yonilg‘i nasosi: rampa: forsunka: bosim roslagich: drosel patrupkasi: drosel zaslonkasi xolati datchigi: salti ishlash roslagichi.
- Dizel dvigatellarining ta’minlash tizimi: Dizel dvigatelining yonilg‘i uzatish tizimi konsturuktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi yonilg‘i purkalishini ilgarilatish muftasi: barcha rejimda regulyator: yuqori bosim yonilg‘i nasosi: forsunka: yonilg‘i xaydash nasosi. Xavo bilan ta’minlash tizimi konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: xavo filtri: trubanadduv: trubina: kompressor. Ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimi konstruktsiyasi tuzilishi va ularning ishlash printsipi: so‘ndirgich: ejektor: pnevmotsilindr: motor tormozi. “Common-rail” tizimining vazifasi va umumiy sxemasi. “Common-rail” tizimi konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: past bosimli kontur (yonilg‘i baki, xaydash nasosi, yonilg‘i filtri) yuqori bosim konturi (yuqori bosim nasosi, rampa, forsunka): elektron boshqaruv bloki va datchiklar.
- Gaz balonli avtomobillar dvigatelining ta’minlash tizimi: Gaz balonli ta’minlash tizimining umumiy sxemasi va ishlash printsipi. Gazlarning asosiy xususiyatlari. Gazli dvigatellarning ta’minlash tizimida qo‘llaniladigan jixozlarning vazifalari va tuzilishi.
- Rul boshqarmasi: Rul boshqarmasini vazifasi va turlari. Rul boshqarmasini asosiy elementlari. Boshqariluvchi g‘ildiraklarni barqarorlashtirish. Rul mexanizmining vazifasi ishlashi va konstruktsiyasi. Rul yuritmasining vazifasi ishlashi va konstruktsiyasi. Rul kuchaytirgichining vazifasi ishlashi va konstruktsiyasi.
- Tormoz boshqarmasi: Tormoz boshqarmasi tizimlarining vazifasi va turlari. Tormoz mexanizimining vazifasi, turlari va konstruktsiyasi. Tormoz yuritmasining kuchaytirgichlarining vazifasi va ishlash printsipi. Prujina energoakumlyatorli tormoz kuamerasining ishlash printsipi. Antiblokirovkolovchitizimning vazifasi sxemasi va ishlash printsipi.
- Avtomobilning aktiv elektron tizimlar: Avtomobilning aktiv elektron tizimlar. Avtomobilning aktiv elektron tizimlar. Elektron boshqaruv blogi. Harakatning boshlanishini boshqaruv tizimi. Harakat paytida boshqatuv tizimi. Tormozlashni boshqaruv tizimi.
- Zamonaviy avtomobil dvigatellarini nazorat qilishning boshqarush tizimi: Avtomobilning zamonaviy nazorat tizimi. Nazorat qilish tizimining protsessor qismi va markaziy qism. Avtomobilning zamonaviy nazorat tizimining tuzilishi.
- Zamonaviy avtomobillarning passiv xavfsizlik tizimi: Xavfsizlik havo yostiqchalari (Airbag) tizimi tuzilishi, datchiglari. Aktiv bosh suyanchiqlar vazifasi. Xavfsizlik kamarlari tizimi, ishga tushish jarayoni va datchiglari.
- Avtoparking tizimi: Avtomobilning avtoparking tizimi evolyutsiyasi. Avtoparking turlari va usullari. Avtoparking tizimining bosqichlari. Ishlash prinspi, ma’lumotlarni uzatish va ma’lumotlarni qayta ishlash.
- Avtomobilning qo‘riqlash va ximoya tizimlari: Avtomobil signalizatsiyalari. Avtomobil signalizatsiyasida ishlatiladigan asosiy datchiglar. Boshqaruv qurulmalari. Sirena. Immobilayzer. GPS treyker.