Uran yemirilish zanjiri radionuklidlari orasidagi radioaktiv muvozanat buzilishini baholash
Ushbu dissertatsiya Yadro fizikasida tadqiqot qilingan radioaktiv muvozanat, aniqrog'i, uran yemirilish zanjiridagi radionuklidlar orasidagi muvozanatning buzilishini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot natijasida uran konlarining yoshi aniqlash va radiatsion xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha yangi metodikalar taklif etilgan.
Asosiy mavzular
- Uran yemirilish zanjiri radionuklidlarini aniqlash usullarining zamonaviy holati: Birinchi bobda turli namunalarda uran yemirilish zanjiridagi radionuklidlarni aniqlashning zamonaviy usullari, ularning yadro fizik xususiyatlari, aniqlash usullarining tasnifi, tabiati, tarkibida uran bo'lgan namunalardagi radionuklidlar miqdorini aniqlashdagi xatolar turlari, usullarning metrologik xususiyatlari, yadro fizik analitik oʻlchovlarining toʻgʻriligiga qoʻyiladigan talablar, radioaktiv muvozanat koeffitsiyentining-Krm va mahalliy hududlar radiatsion holatga ta'sir qiluvchi omillari batafsil oʻrganilgan.
- Radionuklidlarning miqdorini va solishtirma aktivligini aniqlashning yadro - fizik usullari: Ikkinchi bobda uran tarkibli namunalarida 238U miqdorini aniqlashning rentgenoflyuorissent usuli va oʻrganilayotgan namunalarda 226Ra ning solishtirma aktivligini aniqlashning gamma-spektrometrik usulini qoʻllash bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Olingan natijalar asosida 226Ra/238U radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanat koeffitsiyentining Krm qiymati aniqlangan.
- Uran yemirilish zanjiri radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanat parametriga koʻra uran rudalari va namunalarining yoshini aniqlash metodikasi: Uchinchi bobda uran yemirilish zanjiri radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanatning buzilish koeffitsiyentiga ta'sir qiluvchi omillar keltirilgan. Uran parchalanish zanjiridagi radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanatning buzilishi koeffitsiyentiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biri bu ularning tepki energiyasidir. Nazariy hisoblashlar natijasida radionuklidlarning tepki energiyasi radioaktiv muvozanat koeffitsiyentiga oz miqdorda bo'lsa ham ta'sir koʻrsatishi aniqlangan.
- Uran yemirilish zanjiri radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanat koeffitsiyenti – Krm ni aniqlash va ulardan texnogen obyektlarning radioekologik monitoringi uchun foydalanish: To'rtinchi bobda 226Ra va 238U radionuklidlari orasidagi radioaktiv muvozanat koeffitsiyentini Krm aniqlash boʻyicha eksperimental ravishda olingan natijalar keltirilgan. Olingan natijalar asosida 226Ra va 238U radionuklidlari orasidagi radioaktiv muvozanat koeffitsiyentlari hisoblangan.