Qorin jarohatlari

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Tibbiy ta'limni rivojlantirish markazi Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan yozilgan bo'lib, qorin jarohatlari va ularning diagnostikasi hamda davolash taktikasiga bag'ishlangan monografiyadir. Kitobda qorin jarohatlarining umumiy xususiyatlari, tasnifi, klinik manzarasi, diagnostika usullari, birinchi yordam ko'rsatish taktikalari, jarrohlik davolash usullari va turli asoratlarning oldini olish hamda davolash yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Qorin bo'shlig'ining jarohatlari sonining ko'payishi va o'lim darajasining yuqoriligi, yurak-qon tomir kasalliklaridan keyin ikkinchi o'rinda turishi, yoshlar orasida yo'l-transport hodisalarining jarohatlarining xavfliligi haqida ma'lumot beradi. Qorin bo'shlig'i shikastlanishiga tashxis qo'yishdagi qiyinchiliklar, davolashning qiyin kechishi va asoratlarining ko'pligi qorin jarohatlarini shoshilinch jarrohlik amaliyotida dolzarb masala sifatida tasniflash imkonini beradi. Gospitalgacha va gospital bosqichlarida diagnostika xatolarining ko'pligi diagnostika usullarini doimiy takomillashtirish zarurligini taqozo etadi.
  • Qorinning yopiq jarohatlarining umumiy klinik manzarasi: Qorinning yopiq jarohati bilan diagnoz qo'yishda anamnez muhim ahamiyatga ega. Shikastlanish mexanizmini aniqlash qorin bo'shlig'i a'zolarining shikastlanishini oldindan belgilaydi. Ko'pincha bemorlarning yarmi kasalxonaga behush yoki ong to'liq bo'lmagan holatda yotqiziladi. Bemorning qarindoshlari, guvohlar va tibbiyot xodimlaridan olingan ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Qorin bo'shlig'idagi og'riqning lokalizatsiyasi har doim ham shikastlangan organlarning topografiyasiga to'g'ri kelmaydi. Teri rangparligi, siyanoz, lablar va barmoq uchlari, shilliq pardalarda aniqlanishi, nafas olishning kuchayishi, tilning quruqligi, taxikardiya va qon bosimining pasayishi e'tiborga olinishi kerak.
  • Qorin bo'shlig'i a'zolarining shikastlanishi: Qorin bo'shlig'i a'zolarining shikastlanishi ko'p sonli xarakterga ega. Ichi bo'sh a'zolarning shikastlanishlari-ularning latlanishlari, bosilib ezilishi, to'la va qisman yorilishi guruhlariga bo'linadilar. Parenximatoz a'zolarning shikastlanishi kapsulasining yaxlitligini buzmasdan (subkapsulyar va markaziy gematomalar) va uning yaxlitligini buzgan holda (yoriqlar, yorilishlar va majag’lanishlar) sodir bo'ladi. Ko'p sonli jarohatlar bilan turli a'zolarning suyuqligi har xil nisbatlarda aralashishi mumkin. Qorin bo'shlig'i a'zolarining shikastlanishining ko'plab simptomlarini ikki guruhga bo'lish mumkin: 1. Qorin pardasining shikastlanishining dastlabki belgilari, 2. Rivojlanayotgan peritonitga xos kechki simptomlari.
  • Qorin bo'shlig'i jarohatlaridan keyingi asoratlar va ularning diagnostikasi va davolash: Qorin bo'shlig'i a'zolarining jarohatlari bilan operatsiyadan keyingi asoratlar ko'p uchraydi. Operatsiyadan keying bunday asoratlarni kompleks davolashda adekvat holatda qorin bo'shlig'ini sanatsiya qilish, qorin bo'shlig'ini drenajlash, aspiratsion va yuvish usulini qo'llash, intensiv infuzion terapiya, erta enteral oziqlantirishni qo'llash, va ingichka ichakni dekompressiya qilish kerak. Peritonitlar diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari qorin pardaning fiziologik xususiyatlariga asoslanadi. O'tkir peritonitlarni zamonaviy davolashda operatsiyadan oldingi tayyorgarlik muhim ahamiyatga ega.
  • Qorin jarohatlarining umumiy o'limining tahlillari va xirurgik yordamni takomillash yo'llari: Qorin jarohatlarining yiringli jarohatlardan keyingi asoratlarini tahlil qilish natijasida o'limning yuqori ekanligi aniqlangan. O'lim sabablari orasida yurak-buyrak yetishmovchiligi, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, nafas yetishmovchiligi, DVS sindromi va jami ko'rsatkichlari keltirilgan. O'lim tafsilotining bunday yuqori bo'lishida qorin bo'shlig'i a'zolarining qo'shma va katta hamda qorin parta orti bo'shlig'i a'zolarining travmalari bilan bog'liq bo'lishi ta'kidlanadi. Alohida shuni ta'kidlash zarurki qorin bo'shlig'i jarohatlarida og'ir bo'lishi, katta qon tomirlarining jarohati bilan bog'liq bo'lib zudlik bilan angografik yordamga muhtoj bo'ladilar.