Raqamli iqtisodiyot

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Raqamli iqtisodiyot" fanini o'qitish jarayonida talabalarga raqamli iqtisodiyotning nazariy va amaliy asoslarini, biznes va ijtimoiy sohadagi o'rni va ahamiyatini, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, biznes modellari, elektron tijorat, blokcheyn texnologiyalarini qo'llash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan. Majmua fanni o'qitishning zamonaviy usullari va elektron resurslar bilan boyitilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-modul. Raqamli iqtisodiyot transformatsiyasining umumiy asoslari: Ushbu modulda "Raqamli iqtisodiyot" faniga kirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari, raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning xususiyatlari, innovatsion g'oyalar, yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o'sish kabi mavzular qamrab olingan.
  • 2-mavzu. Raqamli iqtisodiyot: elektron biznesni boshqarish asoslari: Elektron biznesning mohiyati va rivojlanish xususiyatlari, innovatsion texnologiyalarning raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi o'rni, internet tarmog'ida biznesning yaratilish xususiyatlari va O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlari va huquqiy asoslari yoritilgan.
  • 3-mavzu. Elektron savdo (internet savdo) ning rivojlanish xususiyatlari: Elektron biznes modellari, elektron tijorat (e-commerce) va elektron savdo (e-tade)ning o'ziga xos xususiyatlari, mobil tijorat (m-commerce) va uning biznesga ta'siri, axborotlashgan bozor ishtirokchilariga raqamli iqtisodiyotning ta'siri kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
  • 4-mavzu. Iqtisodiyotni raqamlashtirish ko'rsatkichlari: Raqamli iqtisodiyot indikatorlari, ularning xususiyatlari, Digital Economy and Society Index (DESI), World Digital Competitiveness (MDC), Networked Readiness Index (NRI) va Digital Evolution Index (DEI) ko'rsatkichlari xususiyatlari.
  • 5-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda biznesni boshqarishning xususiyatlari: Raqamli iqtisodiyot texnika va texnologiyalarining xususiyatlari, kelajak texnologiyalari, raqamlashtirish oqibatlari, katta ma'lumotlar (Big data) va analitika, ma'lumotlar bazasini tashkil qilish mexanizmi va raqamli kompaniya strategiyalari.
  • 6-mavzu. Mobil texnologiyalar: Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalarning o'rni va rivojlanish tarixi, mobil qurilmalar bozori tahlili, O'zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelish va rivojlanish bosqichlari, korporativ tarmoqqa mobil texnologiyalarning kirib kelish xususiyatlari, mobil texnologiyalarni joriy qilish modellari hamda biznesning raqamli transformatsiyasi.
  • 7-mavzu. Neyrotexnologiyalar va sun'iy intellekt: Sun'iy intellektning rivojlanish tarixi, sun'iy intellekt bilan smart-media vositalari o'rtasidagi bog'liqlik, intellektual tizimning strukturasi, neyrotarmoqning xususiyatlari, sun'iy intellekt - iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish omili sifatida va intellektual resurslardan samarali foydalanish mexanizmlari.
  • 8-mavzu. Biznesda fikrlash dizayni: Biznes jarayonlarini boshqarishda fikrlash - dizaynining xususiyatlari, foydalanuvchiga yo'naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar, dizayn bosqichlari, empatiya va biznes jarayonida fokuslashtirish, g'oyalar ishlab chiqish, prototiplash, test o'tkazish.
  • 9-mavzu. Virtual va to'ldirilgan reallik texnologiyalari: Virtual va to'ldirilgan reallik texnologiyalarining mohiyati, to'ldirilgan reallik (AR), VR (virtual reality, VR, sun'iy reallik) texnik vositalar, AR/VR texnologiyalarini rivojlantirish muammolari va jahon bozori xususiyatlari.
  • 10-mavzu. Innovatsion biznesda robot texnikalaridan samarali foydalanish: Biznesda robot texnikalaridan samarali foydalanishning tarixi, robototexnika turlari, ilm-fan va texnika yutuqlari asosida yaratilayotgan zamonaviy robotlar, Xalqaro Robototexnika Federatsiyasi (IFR) va uning vazifalari, mamlakatlar sanoatidagi robotlashganlik darajasining tahlili va jahon robototexnika bozori tahlili, robototexnikaning asosiy trendlari.
  • 11-mavzu. Elektron biznes modellari: Tovarlar va xizmatlar bozorining globallashuvi, avlodlar nazariyasi, birgalikda iste'mol (Sharing economy), kelajak avlodlari (Generation NEXT) xususiyatlari va amalga oshirish imkoniyatlari, elektron biznes va elektron tijoratni boshqarishning tashkiliy strukturasi, elektron tijoratda buy-side hamda sell-side tizimi, CRM - texnologiyalarini qo'llanishi va xususiyatlari, elektron tranzaktsiyalarni amalga oshirishda etkazib berish zanjirlarini boshqarish, tashkilotni boshqarishda funksional-madqsadli model, internet tarmog'ida biznes bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar klassifikatsiyasi, elektron biznesda narx strategiyalari va kraudfanding (crowdfunding).
  • 12-mavzu. Biznesda kraudsorsing va kraudfanding yangi imkoniyatlari: Biznesda kraudsorsing va kraudfanding nazariy-uslubiy asoslari, zamonaviy kompaniyalar biznes modelida kraudsorsing va kraudfanding texnologiyalarining xususiyati, kraudsorsing asosida internet xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlari, Kouz nazariyasi, kraudsorsing asosida innovatsion marketing elementlaridan samarali foydalanish va kraudsorsing tovar/xizmatiga qo'shimcha talabni shakllantirish.
  • 13-mavzu. Zamonaviy elektron tijorat bozori xususiyatlari: Elektron tijoratning rivojlanish tarixi, texnologiyalarning elektron tijorat rivojiga ta'siri, mamlakatlar YAIMda elektron tijoratning ulushi, yangi bozorlarning shakllanishida elektron tijorat texnologiyalarining ta'siri, xalqaro elektron tijorat ishtirokchilari, elektron xizmatlar va raqamli mahsulotlar bozorining xususiyatlari, Xerfindal – Xirshman indeksi, internet-magazin, elektron to'lovlar, internet banking, kriptovalyuta, elektron reklamaning samaradorligini baholash va O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish xususiyatlari.
  • 14-mavzu. Elektron tijorat modellari: Biznes modellashtirishga bo'lgan turli yondashuvlar mohiyati, biznes-modelni tuzish va ularning klassifikatsiyasi, E-tijorat modelini tuzish xususiyatlari, elektron tijoratni rivojlantirish omillari, elektron tijoratda risklar, ijtimoiy tarmoqlarda biznes modellar va O'zbekistonda elektron tijorat modellarini rivojlanish yo'nalishlari.
  • 15-mavzu. Elektron hukumat va xizmatlar sohasini raqamlashtirish xususiyatlari: Elektron hukumat to'g'risidagi qonun mazmun mohiyati, O'zbekiston 2030 yilgacha BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi va Butunjahon bankining Tadbirkorlikni yuritish indeksida 30 ta eng rivojlangan mamlakatlar safiga kirishi borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, elektron hukumatning asosiy vazifalari va uning dolzarbligi, O'zbekiston Respublikasining yagona axborot maydonini yaratish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish, ularning muvofiqligi va o'zaro hamkorligini ta'minlash, davlat organlari faoliyati samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta'minlashda elektron hukumatning o'rni, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o'zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o'zaro hamkorligi va ularning ma'lumotlar bazalari o'rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruv tizimida «bir darcha» tamoyilini joriy etish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP), BMTning AKTdan foydalanish samaradorligini baholaydigan indeksi (E-Participation Index) va O'zbekistonda ochiq ma'lumotlar portali.
  • 16-mavzu. Elektron ta’lim plotformalarini rivojlantirish: Elektron ta’lim bozorining rivojlanishi va ta’lim plotformalarining turlari, O‘zbekistonda elektron ta’limni rivojlantirish yo‘nalishlari, raqamli ta’lim muassasasi konsepsiyasi, ta’lim xizmatlari eksportini tashkil etish, vebinar va video konferensiyalar tashkil etish va masofaviy ta’limni rivojlantirish yo‘llari.
  • 17-mavzu. Sanoatda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish. “Sanoat-4.0” konsepsiyasi: “Sanoat-4.0” konsepsiyasining mohiyati va rivojlanishi, sanoatda raqamli texnologiyalarni qo‘llash xususiyatlari, sharing economy – hamkorlikda iste’molning yangi modeli, blokcheyn texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, korxona xodimlarini boshqarishni raqamlashtirish, xarajatlarni boshqarishni raqamlashtirish, sotishni va mijozlar bilan aloqalarni boshqarishni raqamlashtirish, korxonada loyihalarni boshqarishni raqamlashtirish, korxonaning debitorlik qarzlarini boshqarish tizimini raqamlashtirish, tovarining hayot davrini boshqarish jarayonini raqamlashtirish, sanoat sohasini raqamlashtirishning muammolari va ularni hal qilish yo’llari.
  • 18-mavzu. Raqamli marketing: Raqamli marketing asoslari va 4R konsepsiyasi, raqamli marketingning an’anaviy marketingdan ustunlik tomonlari, iste’molchi va biznes sektorlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari, marketing media vositalari, samarali veb-tarmoqlarni yaratishdan va ulardan samarali foydalanish, raqamli marketingda bozorni segmentlash, elektron reklama transformatsiyasi, reklamaga qilinadigan xarajatlar va daromadlar, elektron reklamani joylashtirishning narx modellari, raqamli marketing samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari, internet tarmog‘ida marketing tadqiqotlari, internet tarmog‘ida iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi (SRM texnologiyalar) va raqamli marketing strategiyalari.
  • 19-mavzu. E-brending: Brending - mohiyati va asosiy xususiyatlari, e-brendingning asosiy xususiyatlari, brending texnologiyasi doimiy mijozlarning tovar yoki xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan, qidiruv tizimlari, kontent reklamalar, internet – PR, onlayn–video, e-mail-marketing, audio reklama va boshqalar, e-brending strategiyalari, brendni mustahkamlash, qayta pozitsiyalash, mavjud brendni qimmatlashtirish strategiyalari.
  • 20-mavzu. Iqtisodiyotning ayrim tarmoq va sohalarida elektron biznesni amalga oshirish: Ishlab chiqarish sohasini raqamlashtirishning asosiy ustunliklari, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishda raqamli biznesni amalga oshirish imkoniyatlari, agrar sohani raqamlashtirishning xususiyatlari, xizmatlar ko‘rsatishni raqamlashtirish, e-bank tizimini rivojlantirish, raqamli moliya tizimi, moliyaviy aktivlar, e-logistikaning xususiyatlari, turizm xizmatlari sohasini raqamlashtirishning dolzarb masalalari va O‘zbekistonda “Aqlli shahar konsepsiyasi”ning rivojlanishi.
  • 21-mavzu. Elektron biznes va elektron tijoratni boshqarish muammolari: Axborot xavfsizligini ta’minlashning muammolari, raqamli xavfsizlik masalalari va uni ta’minlash yo‘llari, internet tarmog‘idagi firibgarlik turlari va ularni aniqlash yo‘llari, elektron pochtalar orqali firibgarlik, spamlar, axborotlarni o‘g‘irlash, kiber-hujumlar, g‘irrom raqobat, raqobat razvedkasi xususiyatlari, sanoat josusligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish tizimi va internet tarmog‘idagi firibgarlik muammolarini hal qilish yo‘llari.
  • 22-mavzu. Elektron xizmatlar sifatini boshqarish: Elektron biznes bozorining rivojlanish trendlari, rivojlangan mamlakatlarda elektron biznesning holati tahlili, raqamli xizmatlar xususiyati, korxona va tashkilotlarda elektron xizmatlar ko‘rsatishning afzalligi va kamchiliklari, elektron xizmatlar va ularning sifati o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik, elektron xizmatlar klassifikatsiyasi, elektron xizmatlarning sifat darajasini ta’minlash muammolari, elektron xizmatlar sifatini o‘lchash va baholash usullari, raqamli xizmatlar sifatini boshqarishda tizimli tahlildan foydalanish, raqamli xizmatlar sifatini ta’minlashda xalqaro standart talablari (E-SQI) va O‘zbekistonda elektron xizmatlar sifatini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari.
  • 23-mavzu. SHaxsiy elektron biznesni yaratish: Shaxsiy elektron biznesni yaratish bosqichlari, shaxsiy biznesni boshlash yo‘lidagi faoliyat ketma-ketligi, yangi mahsulot yoki xizmatlar uchun g‘oyalarni izlash va ularni tanlash imkoniyatlari, startap loyihalari, bozorga pozitsiyalash asoslari, risklarni boshqarish, investitsiya va moliyalashtirish manbalarini tanlash, venchur investitsiyalarning xususiyatlari.