Global iqtisodiy rivojlanish
Ushbu kitobda «Global iqtisodiy rivojlanish» fani bo'yicha talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo'yicha uslubiy ko'rsatma va test savollari jamlangan. Unda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o'zlashtirish, dunyoqarashni kengaytirish, iqtisodiy tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar, ko'rsatmalar va nazariy materiallar keltirilgan. Shuningdek, global iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari, uning muammolari, jahon savdosining dinamikasi va qanday o'zgarishlar xususiyatlari, moliyaviy-iqtisodiy tizimlar, global iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, transmilliy korporatsiyalar, iqtisodiy xavfsizlik va milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish kabi mavzular qamrab olingan.
Asosiy mavzular
- Global iqtisodiy rivojlanish fanining predmeti va vazifalari: Bu mavzu global iqtisodiy rivojlanish tushunchasini, uning predmeti va vazifalarini, jahon iqtisodiyotining hozirgi holatini, o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlardagi iqtisodiy holatlarni va dunyo taraqqiyotidagi ijobiy o'zgarishlarni o'rganadi.
- Jahon iqtisodiyoti global-lashuvining konsepsiyalarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va yo'nalishlari: Mavzu jahon iqtisodiyotining global-lashuv tushunchasini, uning tamoyillarini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini, global-lashuv jarayonining natijalarini o'rganadi.
- Jahon iqtisodiyoti global-lashuvining harakatlantiruvchi kuchlari va omillari: Mavzu global iqtisodiyotning shakllanishida xalqaro savdoning rolini, global bozorlarning shakllanishi va xususiyatlarini, global-lashuv sharoitida tashqi savdoni tartibga solish usullari va xalqaro savdo dinamikasi va o’zgarishlarining xususiyatlarini o’rganadi.
- Jahon iqtisodiyoti global-lashuvi, mintaqaviy va milliy moliyaviy bozorlari: Mavzu global moliya bozorlarining shakllanishini, xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro moliya munosabatlaridagi o’rni, global-lashuv sharoitida o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat moliya siyosati va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida xalqaro moliya munosabatlarining o’rnini o’rganadi.
- Jahon iqtisodiyoti global-lashuv muammolari va ularning guruhlanishi: Mavzu jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bo’lishi, global o’zaro bog’liqlik jarayonining ziddiyatlari, global energetik muammo va uni hal etish yo’llari, moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarni o’rganadi.
- Global-lashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya muammolari: Mavzu jahon ishchi kuchi bozorining mohiyati va nazariy asoslarini, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining asosiy yo’nalishlari va migranlarni o’ziga jalb qiluvchi markazlar, jahon iqtisodiyoti xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining dinamikasi va jahon moliyaviy inqirozining ishchi kuchi bozoriga ta’sirini o’rganadi.
- Global-lashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar: Mavzu transmilliy korporatsiyalarning mohiyatini, ularning jahon iqtisodiyotida rolini, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyatini va O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida TMKlar tutgan o’rnini o’rganadi.
- Jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot xavfsizlik va uning samaradorligi: Mavzu iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mohiyatini va turlarini, global-lashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning rolini va tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlarni o’rganadi.