Covid–19 bilan kasallangan bemorlarda pereferik qon ko‘rsatgichlarining o‘zgarish xususiyatlari
Ushbu monografiya COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda pereferik qon koʻrsatgichlarining oʻzgarish xususiyatlarini, oʻzgarishlarini yoritib beradi. COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda periferik qon parametrlarini aniqlashning diagnostik ahamiyatini o'rganish va uning asoratlarni reabilitatsiya qilishda prognostik ahamiyatini baholashga yordam beradi. Periferik qon sitogrammasi va hujayra morfometriyasini qiyosiy oʻrganish asosida COVID–19 bilan kasallangan bemorlarda kliniko-laborator tahlillarning diagnostik ahamiyatini takomillashtirish imkonini bergan. Erta tashxisot maqsadida an'anaviy tekshirish usullari va zamonaviy laborator markerlar oʻzaro solishtirilib, oʻrtasidagi korrelyatsion bog'liqliklar oʻrganilgan. Ushbu monografiyada yoritilgan tadqiqot natijalari tibbiyot instituti talabalari, amaliyotdagi shifokor terapevtlar uchun dolzarb muammolarni yechimini topishga xizmat ko'rsatadi.
Asosiy mavzular
- KIRISH: COVID-19 – bu SARS-CoV-2 yangi koronavirusi keltirib chiqaradigan kasallik. COVID–19 bilan kasallangan bemorlarning aksariyatida yuqori nafas yo`llarida infeksiya belgilari rivojlanadi, ularning ba'zilari odatda isitma, o'tkir respirator distress sindromi (O`RDS), ko'p a'zolar yetishmovchiligi, shok va boshqalar bilan tavsiflangan yanada og'irroq tizimli kasalliklarga olib keladi[1]. Og'ir COVID-19 bilan kasallanganlarda kuzatiladigan asosiy belgilardan biri bu vena va arteriya qon tomirlarida yoki tizimlarda tromboembolik jarayonlar natijasining asoratlari namoyon bo`lishiga moyillikning yuqori bo`lishidir [4]. Xususan, trombotik asoratlarga e'tibor yuqori bo`ldi va nazorat qilindi.
- 1-Adabiyotlar sharhi: Zamonaviy dunyoda gemopoezning virusli jaroxatlanishi muammosi va virusli infeksiyalarning yuqori nafas yo'llarining o'tkir yuqumli infeksiyalari, uning rivojlanish mexanizmlari va oqibatlari tahlil qilingan. Jumladan, turli xil viruslar va ularning patogenligini tasvirlab beruvchi tadqiqotlar ko'rib chiqilgan.
- 2.1 SARS-CoV–2 o`tkazgan bemorlarda kasallikning kechish darajasiga ko`ra kuzatilgan laborator o`zgarishlar.: Ushbu bo'limda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar 3 ta guruhga ajratilib, ularning klinik kechishi darajasiga ko'ra laborator ko'rsatkichlaridagi o'zgarishlar, jumladan, qon parametrlari, o'pka va boshqa organlarning holati tahlil qilingan. Xususan, bemorlarning yoshi, jinsi, tana vazni indeksi va tana harorati kabi ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlik ko'rib chiqilgan. Ma'lumotlar statistik tahlil qilingan.
- 2.2 COVID-19 yengil darajasi va assimptomatik kechishida kuzatilgan klinik belgilar va laborator o`zgarishlarning o`zaro korrelyatsiyasi.: Ushbu bo'limda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kuzatilgan klinik belgilar va laborator ko'rsatkichlarining o'zaro bog'liqligi, ya'ni ular o'rtasidagi korrelyatsiyasi tahlil qilingan. Xususan, bemorlarda leykopeniya, limfopeniya, trombotsitopeniya va boshqa ko'rsatkichlarning o'zgarishi va ular bilan bog'liq klinik belgilar ko'rib chiqilgan.
- XOTIMA: Qilinadigan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, SARS-CoV-2 bemorlari juda og'ir kechishi guruhlari bilan o'rta og'ir va yengil kechishiga nisbatan asosiy klinik ko'rinishilari quruq yo'tal va mushaklarda og'riq kechish og'irligiga bog'liq ravishda kuchayishi aniqlangan. COVID–19 bilan kasallangan bemorlarda yengil kechgan guruhda asosan arterial gipertenziya, ogʻir va juda og'ir kechishi bilan bemorlar guruhida qandli diabet, YuIK kabi hamroh kasalliklar yuqori darajada qayd etilgan. Yuqori darajadagi CD14-159CC genotipining mavjudligi SARS-CoV-2 bilan zararlangan bemorlarda yuqori darajada ko'payish va o'limga sabab bo'lishi mumkin.