14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish

Ushbu avtoreferat 14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, uslubiyatning samaradorligi va uni joriy etish bo'yicha batafsil ma'lumotlar berilgan. Tadqiqotda zamonaviy uslub va dasturlar asosida suzuvchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, dissertatsiya bajarilgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqotdan olingan natijalarning ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy etilishi, aprobatsiyasi va e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Suzuvchilarning jismoniy tayyorgarligini pedagogik nazorat qilishning ilmiy-uslubiy asoslari: Bobda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib, suzuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun nazorat mashqlaridan foydalanish xususiyatlari, suzuvchi sportchilarning jismoniy tayyorgarliklarini baholash muammosiga zamonaviy qarashlar, suzuvchi sportchilarning harakatchanlik qobiliyatlarini aniqlash uslublari, 14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning quruqlikda va suvda maxsus jismoniy tayyorgarligini tashkil qilish jarayonlari tahlili berilgan. Ushbu bob mazmunida suzuvchilarning jismoniy tayyorgarligi tuzilishi toʻgʻrisidagi mavjud ma'lumotlar tavsiflanadi.
  • Tadqiqotning uslublari va uning tashkil qilinishi: Bobda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, anketa so'rovnomasi, pedagogik kuzatuv, pedagogik-nazorat testlash, pedagogik tajriba va matematik-statistik tahlil qilish kabi usullardan foydalanganligi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, pedagogik tadqiqotning 3 ta bosqichda tashkil qilinganligi koʻrsatib oʻtilgan.
  • Erkin usulda qisqa masofaga suzuvchi 14-15 yoshli suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uslubiyati: Bobda 14-15 yoshli erkin usulda qisqa masofaga suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan maxsus mashqlar majmuasi ishlab chiqildi va pedagogik tajribada qo'llash ketma-ketligi boʻyicha uslubiyat amalda sinaldi. Suzish sportining hozirgi rivojlanish darajasi yuqori natijalarga erishishga yuqori talablarni qo'yadi, bu esa kuch va tezkorlik qobiliyatlarining rivojlanish darajasi bilan bevosita bog'liqdir.
  • Erkin usulda qisqa masofaga suzuvchi 14-15 yoshli suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati: Bobda jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish jarayonining komponentlari tayyorgarlik bosqichlariga muvofiqlashtirildi va bu jarayonda 5 bosqichli uslubiyat ishlab chiqilganligi ko'rsatilgan.
  • Erkin usulda qisqa masofaga suzuvchi 14-15 yoshli suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uslubiyati samaradorligini tajribada asoslash: Bobda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha 14-15 yoshli suzuvchilar jismoniy mashg'ulotlarini tashkil qilish jarayonlari koʻrsatib berilgan. Shuningdek, oʻtkazilgan pedagogik tajribalar yuzasidan 14-15 yoshli suzuvchilarning texnik tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik va rivojlanish koʻrsatkichlarini dinamikasi tahlili keltirib oʻtilgan.
  • XULOSALAR: Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, sport mutaxassislari va murabbiylari bilan suhbat natijalariga koʻra mamlakatimizda erkin usulda qisqa masofaga suzuvchi 14-15 yoshli suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun “Quruqlikda va suvda bajariladigan mashqlar majmuasi” ishlab chiqildi va amaldagi o'quv mashg'ulot dasturiga tuzatishlar kiritish asosida amaliyotda qoʻllanildi. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan mashqlar majmuasini erkin usulda qisqa masofaga suzuvchi 14-15 yoshli suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun quruqlikda va suvda bajariladigan tezkorlik mashqlaridan oʻzgaruvchan sharoitda oyoq va qoʻl mushak kuchini uzluksiz hamda interval mashq uslubida mashg'ulotga kiritish hisobiga jismoniy tayyorgarligini oshishi ilmiy isbotlandi.
  • AMALIY TAVSIYALAR: Erkin usulda qisqa masofaga suzuvchi 14-15 yoshli suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga yo'naltirilgan uslubiyatdan foydalanish orqali suzish texnikasini takomillashtirish tavsiya etiladi. Bunda anaerob rejimdagi mashqlar, aerobik rejimdagi mashqlar va aralash rejimda mashqlar nisbati oʻzaro muvofiqlashadi. Erkin usulda qisqa masofaga suzuvchi 14-15 yoshli suzuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun quruqlikda va suvda bajariladigan mashqlardan oʻzgaruvchan sharoitda foydalanish tavsiya qilinadi. Bunda quruqlikda oʻrta og'irlikdagi mashg'ulotlar, suvda-zarbaning ajralmas kinematik tuzilishini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu orqali jismoniy tayyorgarlikni oshirish imkoniyati koʻpayadi. Suzish texnikasini rivojlantirish uchun qisqa vaqt oralig'ida suzish takrorlashlari sonini maksimal oshirish orqali musobaqa sharoitiga yaqinlashtirish usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda tezkorlik, tezkor-kuch sifatlarini oshirish imkoniyati kengayadi. Mashg'ulot yuklamalarini musobaqa oldidan joriy va oraliq nazoratiga muvofiqlashtiruvchi “mashqlar majmuasidan o'quv-mashg'ulotlarida foydalanish tavsiya qilinadi. Bunda suzuvchilarning umumjismoniy tayyorgarligini baholash uslubiyati takomillashadi.