HOMILADOR AYOLLAR ANEMIYASINI DAVOLASHDA GEPSIDIN VA ERITROPOETIN DARAJASINI KLINIK BAHOLASH

Ushbu monografiyada homiladorlik davrida yuzaga keladigan anemiyaning etiologiyasi, uni kelib chiqishida temir tanqisligining o`rni, anemiya rivojlanishida organizmdagi yallig`lanish jarayonining ta`siri, fiziologik o`ziga xos funksional holatlarning eritropoezga ta`siri, temir so`rilishining fiziologik regulyatorlari gepsidin va eritropoetinning homiladorlik davrida o`zgarishlari haqida to`liq ma'lumot keltirilgan. Homiladorlik anemiyasini bartaraf etishda davolash maqsadida standart asosida temir preparatlari hamda recombinant eritropoetin preparatlarini kombinatsiyada qo`llash orqali davo samaradorligi baholangan.

Asosiy mavzular

  • Homiladorlikda kamqonlikning zamonaviy muammolari: Homiladorlikning dolzarbligi, kamqonlikning epidemiologiyasi, patogenezi, diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari.
  • Fiziologik homiladorlikda gepsidin miqdorining o'zgarishlari: Fiziologik homiladorlik davrida ayollarning qon zardobida gepsidin konsentratsiyasi va uning anemiyada o'zgarishlari.
  • Kamqon homilador ayollarda gepsidin va eritropoetin miqdori: Anemiya bilan og'rigan homilador ayollarda gepsidin va eritropoetin konsentratsiyasining o'zgarishi.
  • Homiladorlikdagi anemiyaga qarshi vena ichiga ferroterapiyasining qiyosiy samaradorligi: Vena ichiga rekombinant eritropoetin va ferroterapiyaning birgalikda qo'llash samaradorligini solishtirish.