HOMILADORLIK ANEMIYASINI PATOGENETIK DAVOLASHDA TASHXISOTNING ZAMONAVIY USULLARI AHAMIYATI
Ushbu monografiya homiladorlik davrida uchraydigan kamqonlikning patogenetik davolashdagi erta diagnostikasining zamonaviy usullari ahamiyati haqida yoritib beradi. Erta tashxisot maqsadida an'anaviy tekshirish usullari va zamonaviy laborator tahlillar o'zaro solishtirilib, o'rtasidagi korrelyatsion bog'liqliklar o'rganilgan. Tadqiqot uchun olingan homiladorlarda homiladorlik kamqonligi tashxisi qo'yilgach, patogenetik davoning samaradorligi, ushbu maqsadda homiladorlik kamqonligining etiologik sababiga ko'ra, davoga qanday qo'shimchalar qilish kerakligi, kamqonlik darajasining pasayishida an'anaviy va zamonaviy laborator tekshiruvlarning roli o'rganilgan. Ushbu monografiyada yoritilgan tadqiqot natijalari tibbiyot instituti talabalari, amaliyotdagi shifokor gemotologlar uchun dolzarb muammolar yechimini topishga xizmat ko'rsatadi.
Asosiy mavzular
- Homiladorlik davrida temir tanqisligi anemiyasi va uning patogenetik davolashdagi zamonaviy usullari: Ushbu bob homiladorlik davrida temir tanqisligi anemiyasining tarqalishi, sabablari, diagnostikasi va zamonaviy davolash usullarini ko'rib chiqadi. Erta tashxis qo'yish va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqish muhimligi ta'kidlanadi.
- Gepsidin va eritropoetinning roli: Gepsidin va eritropoetinning homiladorlik davridagi kamqonlikni aniqlash va davolashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu biomarkerlarning diagnostik va terapevtik qiymati ko'rib chiqiladi.
- Vena ichiga yuboriladigan temir preparatlari va rekombinant eritropoetin bilan birgalikda davolashning samaradorligi: Ushbu bob vena ichiga yuboriladigan temir preparatlari va rekombinant eritropoetin bilan birgalikda davolashning samaradorligini baholaydi. Ushbu terapiyaning kamqonlikni davolashdagi samarasi va natijalari ko'rsatiladi.