Sinov laboratoriyalarining ISO/IEC 17025 xalqaro standart talablariga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti sinov laboratoriyalarining ISO/IEC 17025 xalqaro standart talablariga muvofiq faoliyat koʻrsatishini ta'minlash va takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda laboratoriya faoliyatini takomillashtirish, akkreditatsiya jarayonlari, sifat menejmenti tizimini joriy etish va takomillashtirish masalalari, oʻlchashlar noaniqligini baholash, xavflar va imkoniyatlarni boshqarish kabi muhim jihatlar chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida olingan xulosalar va tavsiyalar laboratoriyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'ekti, predmeti, ilmiy yangiligi, asosiy natijalari, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi hamda chop etilgan ishlari va dissertatsiya tuzilishi haqida ma'lumot beriladi.
- 1-bob. "Sinov laboratoriyalari faoliyati va ularga qo'yilgan talablar taxlili": Laboratoriyalar turlari, akkreditatsiya qilishdan oldingi dastlabki tadbirlar, sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish doirasini aniqlash tartibi, sifat menejmentining asosiy xususiyatlari, sifat tizimini joriy qilishdagi muammolar tahlili va vazifalar keng yoritilgan.
- 2-bob. "Sinov laboratoriyalarining ISO/IEC 17025 xalqaro standart talablariga muvofiq faoliyatini ta'minlash": Laboratoriyada sifat tizimini shakllantirish va joriy etish mexanizmini takomillashtirish, akkreditatsiya talab va mezonlarini tadbiq qilish, akkreditatsiyaga tayyorlash bilan bog'liq me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish masalalari chuqur bayon etilgan.
- 3-bob. "Sifat menejmenti tizimini takomillashtirish va samaradorligini baholash": Sinov laboratoriyalarida takrorlanayotgan nomuvofiqlikning tub sabablari, ISO/IEC 17025 talablari asosida xavflar va imkoniyatlarni boshqarish, xavfning yuzaga kelish extimolini baxolash mezonlari, laboratoriyalar faoliyatini ta'minlash va takomillashtirishning natijaviyligi va samaradorligi masalalari keltirilgan.
- Umumiy xulosalar va tavsiyalar: Tadqiqot natijalari asosida olingan xulosalar va tavsiyalar keltirilgan. Xususan, ISO/IEC 17025 talablariga muvofiq sifat tizimini shakllantirish va takomillashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan, akkreditatsiyaga tayyorlash va baholash mezonlari ishlab chiqilgan, hujjatlashtirilgan axborotlar tayyorlangan va foydalanishga joriy etilgan.