Soliqlar va soliqqa tortish

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Soliqlar va soliqqa tortish" fanining nazariy va amaliy jihatlarini ochib berishga mo'ljallangan bo'lib, o'zbekistonlik talabalarga ushbu fan asoslarini chuqur o'zlashtirish, soliq tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini, soliq siyosatini, soliqqa tortish va to'lash tartiblarini, xorijiy mamlakatlar soliq tizimlarini, soliq tizimining nazariy jihatlarini o'rganish va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Kitobda soliqlar, yig'imlar, soliq to'lovchilar, soliq elementlari, soliq siyosati, soliqqa tortish tamoyillari, soliqlar funksiyalari va vazifalari, soliqlar tasnifi, O'zbekiston Respublikasi soliq tizimi, jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar, umumiy foydalaniladigan soliqlar, ijtimoiy soliq, mahalliy yig'imlar, aksiz solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, yer solig'i, mol-mulk solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa'ridan foydalanish uchun soliq, o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari va ularga soliq solish tartiblari, shuningdek soliq huquqbuzarliklari va jazolari kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Soliqlar va soliqqa tortish: Fanining zaruriyati, predmeti, maqsadi va vazifalari, soliqlar iqtisodiy mohiyati va zarurligi, soliq elementlari va funksiyalari, soliq siyosati, soliqqa tortish tamoyillari, soliqlar tasnifi, O'zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning rivojlanish bosqichlari, soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to'lovchilarning huquq va majburiyatlari, soliqni hisoblash va to'lash tartibi.
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i: Soliqning joriy etilishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, soliq to'lovchilari, soliq solish obyekti va bazasi, jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi, soliq imtiyozlari va stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to'lash tartibi, deklaratsiya asosida soliq solish tartibi.
  • Aksiz solig'i: Soliqning iqtisodiy mohiyati va soliq to'lovchilari, soliq obyekti va bazasi, soliq stavkalari, soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va soliq to'lash tartibi.
  • Qo'shilgan qiymat solig'i: Soliqning iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi, soliq to'lovchilari, soliq solish obyekti va bazasi, imtiyozlar va soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to'lash tartibi.
  • Mol-mulk solig'i: Soliqning joriy etilishi va iqtisodiy mohiyati, soliq to'lovchilari, soliq solish obyekti va bazasi, imtiyozlar va soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish va to'lash tartibi.
  • Yer solig'i: Soliqning iqtisodiy mohiyati va soliq to'lovchilari, soliq solish obyekti va bazasi, imtiyozlar va soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish va to'lash tartibi.
  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq: Soliq to'lovchilari, soliq solish obyekti va bazasi, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va soliq to'lash tartibi.
  • Yer qa'ridan foydalanish uchun soliq: Soliq solish zarurligi, soliq to'lovchilari, soliq solish obyekti va bazasi, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitob va to'lash tartibi, maxsus renta solig'i.
  • Ijtimoiy soliq va mahalliy yig'imlar: Soliqning joriy etilishi, soliq to'lovchilari, soliq solish obyekti va bazasi, soliq stavkalari, ularni hisoblab chiqarish hamda soliqni to'lash tartibi, ayrim toifalagi jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to'lashning o'ziga xos xususiyatlari, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig'im, avtotransport yig'imlari.
  • Elektron hisobot va uni jo'natish tartibi: Yuridik shaxslarning soliq hisobotlarini joʻnatish tartibi, interaktiv xizmat koʻrsatuvchi organlar va xizmat koʻrsatish joylari hamda huquqiy asoslari, foydalaniladigan soliq va moliyaviy hisobot shakllari, interaktiv xizmat koʻrsatishning ichki idoraviy harakatlari.