Ma’naviyatning ilmiy metodologiyasi

Ushbu o'quv-uslubiy majmua

Asosiy mavzular

  • Ma'naviyat - umuminsoniy tushuncha: Ma’naviyat tushunchasining umumiy ta’riflari va mazmun mohiyatiga qisqacha ta’rif berish, shaxs va jamiyat hayotida bajaradigan vazifalari (funksiyalari) hamda uning mohiyatini ochib berish.
  • Ma'naviyatning asosiy guruhga bo'linishi: Ma'naviyatning asosiy guruhga bo'linishi, umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishi.
  • Milliy ma'naviyat: Milliy ma'naviyat - har bir millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o'tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyati majmuini muayyan bir tizim sifatida anglanishi. Milliy ma’naviyatimiz ham tarixiy hodisa, ham zamonaviy voqelik bo‘lib, millatning o‘tmishi, buguni, hamda kelajagini o‘zida mujassam etadi.
  • Xalq ijodi – Borliq haqiqatini anglab yetish va anglatishning mustaqil yo‘li: Xalq ijodi – Borliq haqiqatini anglab yetish va anglatishning mustaqil yo‘li bo‘lib, ikki yo‘nalishda namoyon bo‘ladi: 1) xalq badiiy ijodi, mumtoz san’at namunalaridan muayyan jihatlariga ko‘ra farq qiladi, masalan, xalq ijodi namunalarida an’anaviylik, ijod va ijro yaxlitligi, so‘z, harakat va musiqa uyg‘unligi yorqin namoyon bo‘ladi, bir asar ustozdan shogirdga o‘tgan sari sayqal topib boradi, ya’ni ijodiy jarayon davomiylik kasb etib, mualliflik yakka bir shaxs doirasidan tashqari chiqadi; 2) xalq amaliy san’ati, xalq ijodining bu turida yaratilgan ashyolar bir paytning o‘zida ikki yo‘nalishda – ham amaliy (utilitar), ham estetik vazifa bajarishi bilan sof san’at asarlaridan farqlanadi.
  • Ma’naviyatning milliy rivojlanish qonunlari: Ma’naviyat rivojlanishi, ko‘rinib turibdiki, moddiy-tamadduniy taraqqiyotdan tashqari, odamlarning dunyoqarashi kengayishi, ilmiy-falsafiy va diniy e’tiqodi, bilimlari o‘sishi, ongi xurofotlarga, bid’atga, turli irim-sirimlarga qaram bo‘lib qolmasligiga, ilmiy, badiiy tafakkuri, huquqiy va axloqiy ong o‘sishiga ham bog‘liq.