Nanostrukturali silikat shishalarni olish va ularning fizik xususiyatlarini o‘rganish

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2020.2.PhD/FM469 raqam bilan roʻyxatga olingan nanostrukturali silikat shishalarni olish va ularning fizik xususiyatlarini oʻrganish mavzusida bajarilgan. Tadqiqot Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida amalga oshirilgan. Ishda silikat shishalarni legirlash va ularning termoelastik xususiyatlari, elektron tuzilishi, emissiya samaradorligi, tarkibi va strukturasi oʻrganilgan. Nanokristallarning hosil boʻlishi va ularning elektr oʻtkazuvchanlikka taʼsiri tadqiq etilgan. Ion implantatsiyasi usuli bilan silikat shishalar va yuqori haroratli oʻtkazgichlar (YHOʻOʻ) yuzasida nanotizimlarning shakllanish qonuniyatlari va ularning fizik xususiyatlarining oʻzgarish mexanizmlari aniqlangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, ilmiy-tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishi ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, ishning maqsadi va vazifalari, olingan natijalarning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, ish natijasining joriy qilinganligi va aprobatsiyasi, shuningdek dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi haqida maʼlumot berilgan.
  • Adabiyotlar sharhi: Ishning qisqacha adabiyotlar tahliliga bagʻishlangan. Unda silikatlar sintezi va legirlash, termoelektr hodisalar fizikasi, yuqori haroratli oʻta oʻtkazgichning parametrlariga turli omillarning taʼsiri, ion bombardimonining oʻta oʻtkazgichlarning tarkibi va xususiyatlariga taʼsiri oʻrganilgan.
  • Eksperimentlar metodologiyasi: Tadqiqot ob'ektlari va ularni tayyorlash, materiallarning fizik xususiyatlarini oʻrganish uchun eksperimental qurilmalarni o'rnatishga bagʻishlangan. Unda elektron va ion toʻplari qurilmalari, shuningdek, Oge va elastik qaytgan elektronlar, EXEYS va fotoelektronlar spektroskopiyasi, fotoelektronlarning kvant chiqishi va ikkilamchi elektronlar emissiya koeffisiyentlarini energiyaga bogʻliqligini qayd etish usullari haqida maʼlumotlar berilgan.
  • Legirlangan silikat shishalarning morfologiyasi, tarkibi, strukturasi va fizik xossalari: Silikat shishalarni olish, ularning morfologiyasi, issiqlik oʻtkazuvchanligini aniqlash orqali elektrofizik xossasini oʻrganishga, psevdotirqish va nanokristallarni shakllanishini legirlangan silikat shishaning elektr oʻtkazuvchanligiga taʼsirini tadqiq etishga bagʻishlangan.
  • Ion implantatsiya usuli bilan YHOʻOʻ materiallar sirtida nanostrukturalar olish va ularning elektron tuzilishi va emission xususiyatlarini oʻrganish: Ion implantatsiyasining YHOʻOʻ CuOY2O3BaO plyonkalari sirtining elektron strukturaga ta'siri va YHOʻOʻ nano oʻlchamdagi birikmalar hosil boʻlishini, hamda Bat ionlarining implantatsiyasini silikat shishalarning tarkibi va elektron tuzilishiga taʼsiri oʻrganilgan.
  • Xulosa: Nanostrukturalash issiqlik oʻtkazuvchanlikni keskin kamayishiga olib kelishi va uning harorat bogʻliqligini oʻzgartirishi koʻrsatilgan. Nanokristallar shishada eritish jarayonida hosil boʻlishi, yuqori haroratlarda strukturaviy oʻzgarishlarga uchrashi va zaryad tashuvchining lokalizatsiya markazlari vazifasini bajarishi koʻrsatilgan. LSS hatto qalin plyonkali koʻrinishda ham hajmiy material boʻlishi koʻrsatilgan. Birinchi bor YHOʻOʻ va silikat shishaning tarkibiga, valent elektronlarning holatlar zichligiga, energetik zonalar parametrlariga, energiya bir qismli oʻzgarishlar va plazmon tebranishlariga Ba⁺ ionlari implantatsiyasining ta'siri oʻrganildi.