O‘simliklarni himoya qilish
Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan muhandislik-qurilish institutining 2024 yil “30” avgustdagi 1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O’simliklarni himoya qilish” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Majmua "O'simliklarni himoya qilish" fanining nazariy va amaliy qismlarini qamrab oladi. Unda o'simlikshunoslik fanining asosiy yo'nalishlari, zararkunandalar va kasalliklar, ularga qarshi kurash choralari, kimyoviy va biologik vositalar, zararkunandalarni aniqlash hamda ularning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, kitobda so'rovchi va kemiruvchi zararkunandalar, moyli ekinlar zararkunandalari, sabzavot, poliz va bog' ekinlarining zararkunandalari hamda ularga qarshi kurash choralari batafsil bayon etilgan. Mavzu oxirida qo'yilgan savollar va topshiriqlar talabalar tomonidan o'z bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Nazariy mashg'ulotlar mazmuni: Nazariy mashg'ulotlar o'simliklarni himoya qilish fanining maqsad vazifalari, rivojlanish tarixi, hasharotlarning morfologiyasi va anatomiyasi, biologiyasi, ekologiyasi va sistematikasi, zararkunandalarga qarshi kurash usullari, biologik kurash usuli, kimyoviy himoya usullari, O'zbekistonda zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurash choralari, omborxona zararkunandalari hamda ularga qarshi kurash choralari kabilar qamrab olingan.
- Laboratoriya mashg'ulotlari mazmuni: Laboratoriya mashg'ulotlari hasharotlarning morfologiyasi va anatomiyasi, biologiyasi va sistematikasi, zararkunandalarga qarshi kurash usullari, biologik laboratolya bilan tanishuv, sitotroga va mumkuya ko'paytirish texnologiyasi, entomofaglarni ko'paytirish texnologiyasi, pestitsidlar bilan ishlashni tashkil etish va texnika xavfsizligi, Bordo suyuqligini tayyorlash va uning quvvatini aniqlash, Oltingugurtning oxakli qaynatmasini tayyorlash va quvvatini aniqlash, Fosfororganik insektoakaritsidlar va maxsus akaritsidlar xossalari bilan tanishuv, Piretroidlar va yangi pestitssidlar guruxlari bilan tanishuv, Fungitsidlar. Urug'larni dorilashda qo'llaniladigan preparatlar. Gerbitsidlarni tasniflash va qo'llash kabi mavzularni qamrab oladi.
- Mustaqil ish mavzulari: Mustaqil ish mavzulari sifatida zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi, Biologik kurash usuli, rivojlanishi, Biotsenozdagi organizmlarni o’zaro munosabatlari, Mikroorganizmlarni qo’llash usullari, Pestitsidlar bilan ishlashni tashkil etish va texnika xavfsizligi, Pestitsid preparatlarining qo’llash formalari bilan tanishish, Bordo suyuqligini tayyorlash va sifatini aniqlash, Oltingugurtning oxakli qaynatmasini tayyorlash va uning quvvatini aniqlash mavzulari berilgan.
- Glossariy: O'simliklarni himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan asosiy terminlar va ularning izohlari keltirilgan.
- Ilova: O'simliklarni himoya qilishda foydalaniladigan turli vositalar, kimyoviy moddalar va ularning tasnifi haqida ma'lumotlar keltirilgan.