METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH

Ushbu o‘quv-uslubiy majmua «Metrologiya va standartlashtirish» fani bo’yicha ma’ruza, tajriba, amaliy mashg’ulotlar asosida yaratilgan bo’lib, unda ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarni o’rganish bo’yicha 60710600 – Elektr energetikasi va 60711000 – Muqobil energiya manbalari ta’lim yo’nalishi uchun fanning o’quv dasturi, ma’ruzalar matni, tajriba va amaliy mashg’ulotlariga uslubiy ko’rsatmalar, ta’lim texnologiyasi, vizual va ko’rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu: Kirish. Metrologiya to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. MSS fanining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi va uning istiqbollari.: Ushbu fan kundalik hayotda va xalq xo’jaligi sohalarida metrologiya, standartlash va sertifikatlashtirishning o’rni, elektr o’lchash asboblarini turlari, tuzilishi va ishlash printsiplari, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalaridagi asosiy atamalar va tushunchalar, standartlashtirishning maqsad va vazifalari, sertifikatlashtirishning sxemalari, turlari va tizimlari, O’zbekiston Respublikasida metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalaridagi strategiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy – iqtisodiy islohatlar natijalari va xududiy muammolarining ushbu soha istiqboliga ta`siri masalalarini o’z ichiga oladi.
  • 2-mavzu. Metrologiyaning falsafiy mazmuni. Metrologiya to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonuni.: Metrologiya-o’lchashlar, ularning yagona birlikda bo’lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo’llari xaqidagi fandir. O’zbekiston Respublikasining «Metrologiya to’g’risida»gi 1993 yil 28 dekabr qonuniga binoan metrologiya bo’yicha milliy organ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi O’zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya «O’zstandart» metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishini amalga oshiradi.
  • 3-mavzu. Metrologik ta`minot va uning asoslari. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar.: O’lchash asboblarining ishonchliligi xalk xo’jaliganing barcha soxalarida katta axamiyatga egadir. Tayyor maxsulotning sifati unda ishlatilayotgan materiallar va komponentlari sifati bilan, detal va kismlarni yasashda texnologik rejimga rioya kilish darajasiga va yigish sifatiga bog’lik buladi. Ishlab chikarishda maxsulot sifatini boshqarish tizimining ajralmas kismi bulib metrologik ta’minot xisoblanadi. Metrologik ta’minot deganda etalonlar, o’lchovlar, attestatsiya-langan namunaviy o’lchash vositalari va qonunlashtirilgan tekshiruv usullari va o’lchashlar birligini ta’minlaydigan standartlar, uslubiy kursatmalar borligi tushiniladi.
  • 4-mavzu. Metrologiya xizmati va metrologiyaning xuquqiy asoslari.: Metrologiya nazorati uchta formada amalga oshiriladi: O’lchash vositalarini tekshirish, ularning kullashga yarokliligini aniklash uchun o’tkaziladi. Barcha o’lchov vositalari majburiy tarzda tekshiruvdan o’tkazilishi kerak. O’lchash vositalarining xatoliklari o’zgarish xususiyatlariga qarab muntazam va tasodifiy xatoliklarga ajratiladi. O’zgarmay qoladigan yoki ma’lum qonuniyat bilan o’zgarib turadigan xatoliklar (sistematik) doimiy xatoliklar deyiladi.
  • 5-mavzu. O‘lchash birliklari Birliklar tizimi.Xalqaro birliklar tizimi (SI). Asosiy va xosilaviy birliklar.: Har bir fizik kattalik uchun o’lchash birligi belgilanishi kerak. Sistemadagi boshqa kattaliklarga bog’lik bo’lmasdan birligi o’rnatilgan kattaliklar asosiy kattaliklar, ularning birliklari asosiy birliklar deyiladi. Barcha qolgan kattaliklar va birliklar asosiylari tomonidan aniqlanadi va xosilaviy deyiladi.
  • 6-mavzu. O‘lchash xatoliklari O‘lchash xatoliklari va ularning tasnifi (klassifikatsiyasi). Xatoliklarni kamaytirish usullari.: Fizik kattaliklarni qayta hosil qiluvchi o’lchovning nominal qiymatini o’lchov qayta hosil qilgan kattalikning chin qiymatidan og’ishiga o’lchash xatoligi deyiladi. O’lchash asbobining, o’zgartkichning va sistemaning xatoligi deganda ularning chiqish signalini kiruvchi signalning chin qiymatidan og’ishi tushiniladi.
  • 7-mavzu. Tasodifiy xatoliklar va ularni baholash. O‘lchash vositalarini tekshirish (poverka) va darajalash.: O’lchash xatoliklarini baholash to’g’risida gapirilganda, agarda o’lchash natijalaridan tajriba davomida muntazam xatoliklarni chiqarib tashlagan bo’lsak, u xolda qator kuzatishlar va o’lchashlar natijasi xatoligini ehtimolan baholash mumkin. Qator kuzatishlar natijalarining o’lchanayotgan kattalikning chin qiymatiga eng yaqini bo’lib kuzatishlarning o’rtacha arifmetigi hisoblanadi.
  • 8-mavzu. Etalonlar va ularning tabaqalanishi .Etalonlar va ularning tabaqalanishi. Namunaviy va ishchi o’lchash vositalari.: Birlik birlikni eng aniq darajada qayta xosil qilsa, bu etalon birlamchi etalon deyiladi. Asosiy birliklarning birlamchi etalonlari birliklarni ta’riflariga mos ravishda qayta xosil qilishadi. Agarda mavjud etalonlardan ayrim sharoitlarda birlik o’lchamini talab etilgan aniqlikda uzatishiga imkon bo’lmasa maxsus etalonlar yaratilib tasdiqlanadi.
  • 9-mavzu. O‘lchash birliklarini uzatish usullari.O‘lchash vositalarining tekshiruvi.: Fizik kattaliklarning o’lchamlarini birlamchi etlonlar ishchi o’lchash vositalariga uzatish, maxsus uzatish sxemasi bo’yicha tashkil qilinadi. 1-rasmda birliklar o’lchamini uzatish sxemasi keltirilgan.
  • 10-mavzu. O‘lchash vositalari O‘lchash vositalari to‘g‘risida umumiy tushunchalar. O‘lchash vositalarining tasnifi (klassifikatsiyasi).: O’lchanilayotgan uzluksiz kattalikni yoki bunga proporsional bo’lgan fizik kattalikni diskret shaklga avtomatik ravishda o’zgartirish, xuddi shunday raqamli kodlash va o’lchash natijasini sonlar ko’rinishida sanab olish tuzilmasiga berish raqamli o’lchash asbob (RO’A) lari yordamida amalga oshiriladi. Elektr miqdorlarini o’lchash uchun belgilangan asboblar elektr o’lchash asbob (EO’A) lari deb ataladi.
  • 11-mavzu. O‘lchash vositalarining tavsifi (xarakteristikasi).: O’lchash vositalarining ma’lum doirada ma’lum aniqlik bilan o’lchashlarini ishonch bilan baxolaydigan tavsiflar (xarakteristika) metrologik tavsiflar deyiladi.
  • 12-mavzu. O‘lchash vositalarining turlari Magnitoelektrik tizim asboblari. Elektromagnit tizim asboblari.: Bu tizimdagi asboblarning qo’zg’aluvchan qismi o’lchanadigan tok oqib o’tadigan berk zanjirning magnit maydoni bilan doimiy magnit maydonlarning o’zaro ta’siri natijasida xarakatga keladi. Elektromagnit tizim asboblarining qo’zg’aluvchan qismi g’altak chulg’amida o’lchanadigan I tok oqib o’tganda hosil bo’ladigan magnit maydoni bilan ferromagnit o’zagining o’zaro ta’siri natijasida harakatga keladi.
  • 13-mavzu. Elektrodinamik tizim asboblari. Induktsion tizim asboblari.: Elektrodinamik tizim asboblarida tokli o’tkazgichlarning o’zaro ta’siridan foydalaniladi. Ma’lumki, bir xil yo’nalishdagi tokli o’tkazgichlar bir-biridan itariladi. Induktsion tizimdagi asboblardan faqat o’zgaruvchan tok zanjirlarida foydalaniladi. Ular elektr energiya hisoblagichi sifatida keng tarqalgan.
  • 14-mavzu. O‘lchash ko’priklari va potentsiometrlar.O‘zi yozar o‘lchash asboblari. Raqamli o‘lchash asboblari.: O’lchash ko’priklari o’lchash texnikasida qarshiliklarni o’lchashda, o’zaro induktivlikni o’lchashda va chastotalarni o’lchashda keng ko’lamda ishlatiladi. O’zi yozar o’lchash asboblari uzoq vaqt davomida o’lchanayotgan kattalikni yozish va kuzatish uchun qo’llaniladi. Ular faqat sekin o’zgaradigan kattalikni yozish mumkin.
  • 15-mavzu. O‘zgarmas tok ko‘priklari.O‘lchash ko’priklari. Potentsiometrlar.: O’zgarmas tok ko’priklari ikki xil bo’ladi, ya’ni yakka va qo’sh o’lchash ko’priklari. O’lchash ko’priklarining xatoliklari ularning pasportida ko’rsatilgan bo’lib, o’lchash chegarasiga bog’lik bo’ladi. Potensiometrlar, ularning o’lchash chegarasidan katta bo’lgan kuchlanishlarni ham o’lchash mumkin, buning uchun noma’lum kuchlanishni kuchlanish taqsimlagichlari yordamida kamaytirib keyin o’lchanadi.