MODERN APPROACHES TO THE DIAGNOSIS OF NEPHROPATHY IN POST-COVID SYNDROME DEVELOPING ON THE BACKGROUND OF HYPERTENSION AND OPTIMIZATION OF TREATMENT
Ushbu monograph post-COVID sindromida gipertenziya fonida rivojlanuvchi nefropatiyalarning etiopatogenezi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy usullari, shuningdek, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda buyrak faoliyatini baholashga bag'ishlangan. Unda SARS-CoV-2 virusining buyraklarga ta'siri, gipertenziya va COVID-19 kabi qo'shma kasalliklar oqibatida nefropatiyaning rivojlanishi, uning diagnostikasi va davolashning dolzarb masalalari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda mikrovaskulyar o'zgarishlar, yallig'lanish omillari va buyrak markerlarining roli o'rganilgan bo'lib, davolashning samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Post-COVID sindromida gipertenziya va nefropatiya: Post-COVID sindromida gipertenziya bilan birgalikda rivojlanuvchi nefropatiyalarning sabablari, mexanizmlari va diagnostikasi tahlil qilinadi. SARS-CoV-2 virusining ta'siri, yallig'lanish jarayonlari va buyrak markerlari, jumladan, mikrovaskulyar o'zgarishlarning roli ko'rib chiqiladi.
- COVID-19 va buyraklar zararlanishi: COVID-19 infeksiyasining buyraklar faoliyatiga ta'siri, jumladan, glomerulyar filtratsiya, sTGF-beta, уромодулин va boshqa markerlarning o'zgarishi o'rganiladi. Virusning buyraklarga bevosita ta'siri va uning oqibatlari tahlil qilinadi.
- Gipertoniya va nefropatiyani davolashning zamonaviy yondashuvlari: Gipertoniya va nefropatiyani davolashda qo'llaniladigan zamonaviy preparatlar va usullarning samaradorligi baholanadi. ACE-inhibitiorlar, ARB, mineralokortikoid reseptorlari blokatorlari kabi dorilarni qo'llashda ehtiyot choralari va ularning buyraklar uchun foydasi ko'rib chiqiladi.