Shaxar elektr ta'minoti fanidan o'quv uslubiy majmua

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Shaxar elektr ta'minoti" fani bo'yicha ma'ruza, amaliy va tajriba mashg'ulotlari asosida yaratilgan bo'lib, unda ma'ruza, amaliy va tajriba mashg'ulotlarini o'rganish bo'yicha 5310200 – Elektr energetikasi yo'nalishi uchun fanning o'quv dasturi, ishchi o'quv dasturi, ma'ruzalar matni, amaliy va tajriba mashg'ulotlariga uslubiy ko'rsatmalar, ta'lim texnologiyasi, vizual va ko'rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur O'quv-uslubiy majmuadan professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu: Nazorat o'lchash asboblari haqida umumiy ma'lumotlar: Nazorat o'lchash asboblarining asosiy tushunchalari, ularning tasnifi va tavsifi, elektr o'lchash usullari, axborot-o'lchash tizimlari haqida ma'lumotlar.
  • 2-mavzu: Elektromexanik o’lchash asboblari: Magnitoelektrik, elektromagnit va elektrodinamik tizim asboblari, ularning ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari, lagometrlarning turlari va ishlash prinsipi.
  • 3-mavzu: O’lchash ko’priklari va kompensatorlar: O'zgarmas tok ko'priklari, o'zgarmas tok kompensatorlari, o'zgaruvchan tok ko'priklari va kompensatorlari haqida ma'lumotlar.
  • 4-mavzu: Raqamli o’lchash asboblari: Raqamli o'lchash asboblarining umumiy xossalari, ularning ishlash prinsipi, raqamli voltmetrlar, o'lchash o'zgartkichlari va ularning turlari.
  • 5-mavzu: Zamonaviy o’lchash asboblari va ulardan foydalanish: Multimetrlar, elektr energiyasi sifatini nazorat qilish qurilmalari, energotester, ko'p funksiyali elektron hisoblagichlar haqida ma'lumotlar.
  • 6-mavzu: Elektr zanjir parametrlari o’lchash: Tok va kuchlanishni o'lchash usullari, qarshiliklarni o'lchash usullari, sig'im va induktivlikni o'lchash usullari.
  • 7-mavzu: Quvvat va elektr energiyani o’lchash: Bir fazali va uch fazali o'zgaruvchan tok quvvatini va elektr energiyasini o'lchash usullari.
  • 8-mavzu: Uch fazali zanjir parametrlarini o’lchash: Uch fazali zanjirda aktiv va reaktiv quvvatni va energiya miqdorini o'lchash, fazalar siljishini o'lchash.
  • 9-mavzu: Noelektr kattaliklarni o’lchash: Noelektr kattaliklar va ularning o'lchash usullari, o'lchash o'zgartkichlarining tavsiflari va qo'llanilishi.
  • 10-mavzu: Avtomatlashtirish tizimlari va uning elementlari: Avtomatik rostlash tizimlari, rostlagichlar, ijrochi elementlar, relelar va ularning turlari.
  • 11-mavzu: Taqsimlash tarmoqlarida avtomatik rostlash qurilmalari: Transformatorlar ish rejimini avtomatik boshqarish, transformatorlar kuchlanishini avtomatik rostlash, reaktiv quvvatni avtomatik rostlash.
  • 12-mavzu: RC va RLZ zanjirlarida o'tkinchi jarayonlar: RC va RLZ zanjirlarida kondensator va g'altakning zaryadlanishi va razryadlanishi, o'tkinchi jarayonlar va ularning hisobi.
  • 13-mavzu: To'rt qutbliklar: To'rt qutbliklarning turlari, parametrlari, ekvivalent sxemalari va uzatuvchanlik funksiyalari.