O‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish metodikasi (ona tili va o‘qish savodxonligi fani misolida)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, joriy etilishi, tadqiqotning tuzilishi va hajmi, asosiy mazmuni, xulosalari hamda tavsiyalar atroflicha yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Mavzuning dolzarbligi va zarurati, muammoning o'rganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarining amaliyotga joriy etilishi, e'lon qilinganligi, ishning tuzilishi bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
- I bob "Oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari": Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish mazmuni, metodologik asoslari, maqsad va vazifalari, xalqaro baholash dasturlari mezonlari, ilmiy-metodik muammoning pedagogik-psixologik xususiyatlari tahlilga tortilgan.
- II bob "Zamonaviy pedagogik-metodik yondashuvlar asosida oʻquvchilarning kommunikativ ko'nikmalarini shakllantirish mexanizmlari": Ta'limdagi zamonaviy pedagogik-metodik yondashuvlarning metodik imkoniyatlari, oʻquvchilarning kommunikativ ko'nikmalarini shakllantirishga ta'sir etuvchi omillar tahlili, zamonaviy pedagogik-metodik yondashuvlar asosida oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini shakllantirish bosqichlari tahlil etilgan.
- III bob "Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini shakllantirish metodikasi": Zamonaviy yondashuvlar asosida ona tili va o'qish savodxonligi darslarini tashkil etish metodikasi, oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish usullari tadqiqiga bag'ishlangan.
- IV bob "Effektiv vositalar": Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va natijalari tahlil etilgan. Har bir komponentning oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini shakllantirishdagi oʻrni yoritilgan.
- Umumiy xulosalar va tavsiyalar: Tadqiqot davomida olib borilgan ilmiy izlanishlar, taqdim etilgan metodik ishlanmalar, ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot va tavsiyalarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalar va tavsiyalar berilgan.