ELEKTR MASHINALARI

Ushbu o’quv-uslubiy majmua “Elektr mashinalari” fani bo’yicha ma’ruza, tajriba, amaliy mashg’ulotlar asosida yaratilgan bo’lib, unda ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarni o’rganish bo’yicha 60710600 – Elektr energetikasi va 60711000 –Muqobil energiya manbalari ta’lim yo’nalishi uchun fanning o’quv dasturi, ma’ruzalar matni, tajriba va amaliy mashg’ulotlariga uslubiy ko’rsatmalar, ta’lim texnologiyasi, vizual va ko’rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Asosiy qismlar: Elektr mashinalarining umumiy tushunchalari va ularning asosiy qismlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Asinxron motor: Asinxron motorning tuzilishi, ishlash printsipi va rejimlari hamda EYuK va quvvat isroflarini hisoblash.
  • Sinxron generator: Sinxron generatorning tuzilishi, ishlash printsipi, parametri va tashqi xarakteristikalarini aniqlash.
  • O'zgarmas tok mashinalari: O'zgarmas tok mashinalarining tuzilishi, ishlash printsipi, EYuK, kuchlanish va moment tenglamalari va ularning asosiy parametrlari.
  • Transformatorlar: Transformatorlarning tuzilishi, ishlash printsipi, salt ishlash, yuklama bilan ishlash va qisqa tutashuv rejimlarida parametrlarini aniqlash.