Davrlar almashinuvida o‘zbek identikligi tranformasiyalashuvining diskurs tahlili

Ushbu avtoreferat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasi va Oʻzbekiston Milliy Universitetida bajarilgan dissertatsiyaning qisqacha mazmunini oʻz ichiga oladi. Dissertatsiya davrlar almashinuvi jarayonida oʻzbek identikligining transformatsiyalashuvini diskurs tahlili orqali oʻrganadi. Tadqiqotda milliy identiklikning ijtimoiy mohiyati, unga ta’sir etuvchi omillar, axborotlashgan jamiyatning ta’siri, shuningdek, zamonaviy global identiklikning milliy identiklikka ta’siri ham tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, mavzu boʻyicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhlangan, muammoning oʻrganilganlik darajasi tahlil qilingan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yoʻnalishlariga bogʻliqligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning obyekti va predmeti, tadqiqot usullari aniqlangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi koʻrsatilgan, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi va aprobatsiyasi, tadqiqot natijalarining eʼlon qilinishi, shuningdek, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi haqida maʼlumotlar berilgan.
  • Sotsiologiyada davrlar almashinuvi jarayonlari ijtimoiy bilimlar tizimining konseptual asosi sifatida: Ushbu bobda davrlar almashinuvi va yosh kategoriyasining ilmiy konsepsiyasi, zamonaviy ijtimoiy-gumanitar bilimlarda identiklikning diskurs tahlili tadqiq qilingan. Jamiyatda boʻlayotgan oʻzgarishlarni namoyon qilish, oʻrganish usuli sifatida ommaviy kommunikasiyaga bevosita davr, yosh kategoriyasiga aloqador boʻlagan maʼlumotlar baʼzasini diskursiv tahlil qilish tamoyillarini shakllantirish asosida ommaviy kommunikasiya nazariyalarining onto-gnoseologik asoslari subyekt-obyekt chegaralarini tahlil qilishga bagʻishlangan.
  • Milliy munosabatlarda identiklik tushunchasi va uning sotsiologik omillari: Ikkinchi bobda milliy munosabatlarning identiklikka taʼsiri, identiklik transformatsiyasiga taʼsir etuvchi ijtimoiy omillar tadqiq qilingan. Har qanday etnosning oʻzlikni anglash muammosi jamiyat va davr ehtiyojlari asosida paydo boʻladi. Taniqli tadqiqotchi U.Saidov oʻzlikni anglash jarayonlarini tadqiq etar ekan, moslanuvchanlik gʻoyasini ilgari surib, "identiklik” mavzusiga toʻxtalib oʻtadi.
  • Oʻzbek jamiyatida identiklikning transformatsion bosqichlari tahlili: Uchinchi bobda davrlar almashinuvi jarayonlarining ijtimoiy ahamiyati va uning identiklikka taʼsir ettiruvchi sotsiologik omillari, oʻzbek identikligi transformatsiyalashuvining diskurs tahlili tadqiq qilingan. Jamiyat shaxsning sotsializasiya jarayoniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan asosiy omillardan biri boʻlib, shaxs, oʻz navbatida, boshqa odamlarni kuzatish orqali bolaligidanoq dunyo haqidagi oʻz rasmini shakllantirishga qodir boʻlib, u oxir-oqibat oʻz dunyoqarashi sotsial identiklikiga ega boʻladi.
  • Xulosa: Dissertatsiya natijalari asosida davrlar almashinuvida oʻzbek identikligi transformatsiyalashuvining diskurs tahlili boʻyicha quyidagi xulosalarga kelingan: 'Davrlar almashinuvi' tushunchasining nazariy-konseptual asoslari, oʻzbek identikligi va unda kechadigan 'ijtimoiy mansublik', 'psixologik aynanlik', 'fuqarolik monandligi' kabi tushunchalar, Yangi Oʻzbekistonda jamiyatning innovasiyalashuvi jarayonida transformatsiyalashuv omillarining taʼsiri bilan vujudga kelayotgan zamonaviy global identiklikning milliy identiklikka taʼsiri koʻrsatkichlari, avlod vakillarining turmush tarzi va dunyoqarashida ustuvorlik qiladigan maqsadli, moslashuvchanlik yoki davriylik tabiatini ifodalovchi ijtimoiylashuvda dindorlik va dunyoviylik omillariga taʼsir etuvchi hodisalar qiyosiy tahlil etilgan. Zamonaviy jamiyatda oʻzbek identikligidagi vorisiylik va davrlarga moslashuvchanlik xususiyatlarining transformasiyalashuv jarayonlari diskurs tahlil asosida yoritib berilgan. Oʻzbek xalqi identikligining shakllanib borish dinamikasini falsafiy, psixologik va sotsiologik tadqiqotlarda oʻrganilishi, davrlar almashinuvi natijasida mavjud milliy qonunchilik, xalqaro huquq normalari va ijtimoiy tarmoqlarda oʻz aksini berayotgan fikr-mulohazalar, milliy identiklik, fuqarolik identikligi, professional identiklik triadasining tahlili, davrlar silsilasida oʻzbek identikligidagi intellektual qobiliyatning transformatsiyalashuvi, globallashuv va diniy identiklik oʻrtasidagi qarama-qarshiliklar oʻrganilgan.