Shahar elektr ta’minoti

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Shaxar elektr ta'minoti" fani bo'yicha ma'ruza, amaliy va tajriba mashg'ulotlari asosida yaratilgan bo'lib, unda ma'ruza, amaliy va tajriba mashg'ulotlarini o'rganish bo'yicha 5310200 – Elektr energetikasi yo'nalishi uchun fanning o'quv dasturi, ishchi o'quv dasturi, ma'ruzalar matni, amaliy va tajriba mashg'ulotlariga uslubiy ko'rsatmalar, ta'lim texnologiyasi, vizual va ko'rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur O'quv-uslubiy majmuadan professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • 1-Mavzu: Nazorat o’lchash asboblari haqida umumiy ma’lumotlar: Kirish. Nazorat o‟lchash asboblari haqida asosiy tushunchalar. O‟lchash vositalarining tasnifi. O‟lchash vositalarining tavsifi. Elektr o‟lchash usullari. Axborot-o‟lchash tizimlari haqida ma‟lumotlar.
  • 2-Mavzu: Elektromexanik o’lchash asboblari: Magnitoelektrik tizim asboblari. Elektromagnit tizim asboblari. Elektrodinamik tizim asboblari. Induktsion tizim asboblari.
  • 3-Mavzu: O’lchash ko’priklari va kompensatorlar.: O‟zgarmas tok ko‟priklari. O‟zgarmas tok kompensatorlari. O‟zgaruvchan tok ko‟priklari va kompensatorlari.
  • 4-Mavzu: Raqamli o’lchash asboblari.: Asosiy ta‟riflar, raqamli o‟lchash asboblarining umumiy xossalari. Raqamli voltmetrlar, ishlash printsipi va namunalar. Raqamli o‟lchash asboblarini ishlatish.
  • 5-Mavzu: Zamonaviy o’lchash asboblari va ulardan foydalanish.: Multimetrlar. Elektr energiyasi sifatini nazorat qilish qurilmasi. Energotester. Ko‟p funksiyali elektron hisoblagichlar.
  • 6-Mavzu: Elektr zanjir parametrlarni o’lchash: Tok va kuchlanishni o‟lchash. Qarshiliklarni o‟lchash usullari. Sig‟im va induktivlikni o‟lchash.
  • 7-Mavzu: Quvvat va elektr energiyani o’lchash.: Bir fazali o‟zgaruvchan tok quvvatini o‟lchash. O‟zgaruvchan tok zanjirlarida energiyani o‟lchash. Reaktiv quvvatni va energiyani o‟lchash.
  • 8-Mavzu: Uch fazali zanjir parametrlarni o’lchash: Uch fazali zanjirda aktiv va reaktiv quvvatni o‟lchash. Uch fazali zanjirda aktiv va reaktiv energiya miqdorini o‟lchash. Fazalar siljishini o‟lchash. Chastotani o‟lchash.
  • 9-Mavzu: Noelektr kattaliklarni o’lchash: Noelektr kattaliklarni o‟lchash haqida ma‟lumotlar. Noelektr kattaliklar o‟lchash o‟zgartkichlarining tavsiflari. Noelektr kattaliklar o‟lchash o‟zgartkichlarining qo‟llanilishi.
  • 10-Mavzu: Avtomatlashtirish tizimlari va uning elementlari: Avtomatik rostlash tizimlari. Rostlagichlar va rostlash qonunlari. Ijrochi elementlar va rostlovchi organlar. Relelarning asosiy turlari. Tok va kuchlanish relelari. Oraliq relelari. Avtomatik rostlash tizimlari.
  • 11-Mavzu: Taqsimlash tarmoqlarida avtomatik rostlash qurilmalari: Transformatorlar ish rejimini avtomatik boshqarish. Transformatorlar kuchlanishini avtomatik rostlash. Reaktiv quvvatni avtomatik rostlash.
  • 12-Mavzu: RC va RLZ zanjirlarida o’tkinchi jarayonlarni o’rganish: Zaryadlanish va razryadlanish jarayonlarida zanjirdagi i(t) tok va kondensatordagi uc(t) kuchlanishning qiymatlarini hisoblash. Grafiklarni qurish.
  • 13-Mavzu: Passiv tO‘rtqutublikni O‘rganish: Passiv tO„rtqutblik parametrlarini va uzatuvchanlik funktsiyasini hisoblash. Passiv tO„rtqutblikni «T» va «P» shaklli ekvivalent sxemalarini tuzish.
  • 14-Mavzu: Rezonans hodisalarini o'rganish: Toklar va kuchlanishlar rezonansining turlari va ularning sabablari. Rezonans chastotasini aniqlash. Rezonans holatida zanjir parametrlari va ish rejimini o'rganish.