Temir-beton buyumlari ishlab chiqarish korxonalarini loyixalash
Ushbu o'quv-uslubiy majmua “Temir-beton buyumlari ishlab chiqarish korxonalarini loyixalash” fanidan tayyorlangan bo'lib, u 2024 yilda Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy-uslubiy kengashining 3.07.2024 yilda 579-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Majmua
Asosiy mavzular
- 1. Kirish. Fanning predmeti. Loyiha tashkilotlarining tarkibi. Normativ va xuquqiy baza.: “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlashda o’qitiladigan zarur fanlardan biri “Loyihalash asoslari” fanidir. Bu fan “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlanadigan bo’lajak quruvchilarga turli vazifalarga mo’ljallangan bino va inshootlarni va qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashning funktsional va fizik-texnik asoslarini o’rgatadi. Yaqin o’tmishda ham binolar va inshootlarni loyihalash va qurish masalasi bilan bir kishi, odatda me’mor (arxitektor) shug’ullanar edi. Fan va texnika rivojlanib, binolar o’lchamlari yiriklashib, undagi konstruktiv yechimlar va jihozlar murakkablashib borgan sari, binolarni loyihalash va qurish bilan bog’liq bo’lgan turli-tuman me’moriy va muxandislik masalalarini bir kishi hal etish mumkin bo’lmay qoldi. Hozir binolar va inshootlarni loyihalash va qurishda mutaxasislarning yirik jamoalari - arxitektorlar va turli ixtisosli muxandislar ishtirok etmoqdalar. Loyihalashtirish jarayonida arxitektor bo’lg’usi binoning planini, uning hajmiy fazoviy kompozitsiyasini tuzadi, inshootning me’moriy, badiiy, kerak bo’lsa, ijtimoiy siyosiy qiyofasini yaratadi. Zamonaviy quruvchi esa arxitektor tuzgan bino yoki inshooot hajmiy-plan yechimini qurilish materiallari va konstruktsiyalar yordamida ruyobga chiqaradi, konstruktsiyalarni mustahkamlikka, ustivorlikka va boshqa ekspluatatsion talablarga hisoblaydi. Loyihalash va qurilishda ishtirok etuvchi barcha mutaxasislar bir-birlarining ish faoliyati to’g’risida zarur hajmda ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Ayniqsa, arxitektor bilan quruvchi o’rtasidagi yaqin hamkorlik, hamfikrlik juda katta axamiyatga ega. Arxitektura, qurilish amaliyoti va qurilish texnikasining rivojlanishi bir-biriga bog’liq holda amalga oshadi. Yangi samarali qurilish materiallari va konstruktsiyalar, qurilish texnikalarining yaratilishi yangi tipdagi binolar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi yoki aksincha. Zamonaviy konstruktsiyalar va ularning taraqqiyot yo’nalishi materialning mustahkamlik xususiyatlaridan va konstruktsiya shakllaridan mumkin qadar har tomonlama va oqilona foydalanishga asoslangan. Bunga erishish uchun quruvchi, ayniqsa, quruvchi-pedagog yetarli bilimga va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. Binolarning funktsional jihatlari, insonning hordiq chiqarishi va mehnat qilishi uchun yaratilgan sun’iy muhitning sifati ularning konstruktiv yechimiga bog’liq. Bu muammoni hal qilishda ham arxitektor va quruvchilarning yaqin hamkorligi talab etiladi. SHuning uchun quruvchi-pedagog me’morchilik asoslarini bilishi, uning yo’nalishlarini tushunishi zarur. SHundagina qulay, ko’rkam va tejamli bino va inshootlar yaratishdek ijodiy masalalarni muvaffaqiyat bilan hal etish mumkin. Mamlakatimizning kelajagi qurilish va qurilish texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. SHuning uchun ham bu soha hamma vaqt hukumatning diqqat e’tiborida turadi. Oldingi davrda yakka tartibda quriladigan uy-joylardan tashqari barcha bino va inshootlarni loyihalash va qurish davlat loyiha va qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilar edi. Respublikamiz mustaqillikka erishib iqtisodiyatda bozor munosabatlari rivojlanishi bilan qurilish sohasida ham hissadorlik jamiyatlari, shirkatlar va xususiy qurilish tashkilotlari faoliyat ko’rsata boshladi. Lekin qurilish ishlarini mexanizatsiyalash asosida industrial usullarda bajarish, tiplashtirilgan va standartlashtirilgan qurilish konstruktsiyalari va buyumlardan foydalanish o’z ahamiyatini yo’qotmasligi ko’rinib turibdi. Hozirgi paytda respublikamizda katta quvvatli qurilish industriyasi mavjud. Deyarli har bir shaharda yig’ma temirbeton konstruktsiyalari ishlab chiqariladigan zavodlar, uysozlik va qurilish materiallari kombinatlari ishlab turibdi. Bu esa ommaviy qurilishda yirik o’lchamli konstruktsiyalardan foydalanish asosiy yo’nalish ekanligini ko’rsatadi. Qurilayotgan uyjoy binolarining deyarli 60 foizi yirik panelli uylarga to’g’ri keladi. Keyingi yillarda respublikamizda g’isht va yengil betonlardan mayda devor bloklari ishlab chiqarish bir muncha ko’paydi. Aholi tomonidan yakka-hol uy-joy qurilishida paxsa, xom g’isht, sinch va guvala qatorida bu materiallar keng qo’llanilmoqda. SHaxsiy uy-joylar qurilishida qavatlar sonining ko’payishi, uylarda yaratiladigan qulayliklar darajasining ortishi kuzatilmoqda. Jamoat binolarini qurilishi sohasida ham keskin o’zgarishlar yuz bermoqda. Avvallari quriladigan yirik jamoat binolari o’rniga uncha katta bo’lmagan savdo-tijorat, xususiy umumiy ovqatlanish muassasalari qurilishi ko’paymoqda. SHaharlarda va boshqa aholi punktlari ko’chalari va markazlari me’moriy kompozitsiyasining shakllanishida ularning roli ortib borishi kuzatilmoqda. O’quv muassasalarining yangi turlari paydo bo’lmoqda. Zamonaviy komp’yuterlar, o’qitishning texnik vositalari bilan jihozlangan gimnaziyalar, litseylar, kolledjlar qurilmoqda. Madaniy-oqartuv muassasalari bajaradigan funktsiyalar ko’lami kengaymoqda, tubdan o’zgarmoqda. Avvallari keng tarqalgan klublar o’rniga madaniyat markazlari, saroylari paydo bo’ldi. Kinoteatrlarga qo’shimcha videosalonlar safi kengaymoqda. Oldingi davrda o’zini oqlagan gigant sanoat korxonalari qurilishi hozirgi davrda o’zining ahamiyatini qisman yo’qotgan. SHu bilan birga tez fursatlarda ishga tushirilishi mumkin bo’lgan-kichik korxonalar, tsexlar qurilishini kengaytirish nazarda tutilmoqda. Ammo yurtimizda bozor munosabatlarining rivojlanib borishi davomida, taraqqiy etgan davlatlar tajribasi ko’rsatganidek, gigant sanoat korxonalari qayta rivojlanmoqda. Hozirgi chet el sarmoyalari bilan birga tuzilayotgan qo’shma korxonalar, masalan, Asaka shahrida qurilgan yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod, Qarovulbozorda qurilgan neftni qayta ishlash zavodi, avtobuslar va yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarayotgan Samarqanddagi avtomobil’ ishlab chiqarish korxonalari va shu kabilar bu fikrimizga dalildir. O’zbekistonlik quruvchilar oldida mavjud sanoat korxonalarini kengaytirish va rekonstruktsiya qilishdek muhim vazifalar turibdi. Rekonstruktsiyaning yangi qurilishga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaradorligi qurilish amaliyotida o’z isbotini topgan. Hozirgi davrda xorijiy mamlakatlardagi arxitektura va qurilish amaliyoti sohasida erishilgan tajribalar va yutuqlarni har tamonlama o’rganish, ulardan foydalilarini keng ko’lamda respublika-mizda qo’llashni yo’lga qo’yish juda muhim. O’zbekistonda qurilish bo’yicha ilmiy-tekshirish institutlari mavjud. Yangi tipdagi turar-joy va jamoat binolari yaratilmoqda. Bunda xalqimiz turmushidagi o’zgarishlar o’z aksini topmoqda. Qurilishning rivojlanishi bilan atrof muhitni muhofaza qilishni uzviy bog’liq holda hal etish muhim va dolzarb masaladir. Bunga e’tiborni kuchaytirish lozim. O’zbekiston xududi tog’lar va tekisliklar, cho’llardan iborat. Zilzila sodir bo’lish ehtimoli katta va gruntlari o’ta cho’kuvchanlik va boshqa alohida xususiyatlarga ega hududlar mavjud. Respublika xududi uchun iqlimiy, zilzila va boshqa turdagi xududlashtirish xaritalari ishlab chiqilgan. Loyihachi arxitektor va quruvchining vazifasi –loyihalanadigan binolar uchun barcha sharoitlarni har tomonlama o’rganish va ularning eng oqilona yechimlarini topishdir. O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ulardan foydalanish va investitsiya loyihalarini tanlab olishning qattiq va samarali tizimi yaratilgan, taraqqiyot strategiyasi belgilab olingan, kerakli qonunchilik, ma’muriy va soliq infratuzilmasi ta’minlangan. Buning evaziga O’zbekiston kreditlarni qaytarish bo’yicha majburiyatlarini doim o’z vaqtida bajarib kelmoqda. Ayniqsa energetika, transport, qurilish sektori va qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni tez sur’atda amalga oshirish uchun xalqaro hamjamiyat yordamida moliyalashtirilishi mumkin bo’lgan yirik davlat investitsiyalarini ham nazarda tutish kerak bo’ladi. Bunda investitsion takliflarning iqtisodiy, ekologik va texnik qimmatliklarini baholash tartiblarini hisobga olish va tadbiq etish kerak. Bu sanoat loyihalarini tayyorlash, baholash va loyihalashtirish uslublarini jahon andozalari darajasida o’zlashtirishning mamlakatimiz uchun qanchalik dolzarb ekanligini namoyon etadi. Odamzod loyiha bilan juda qadim zamonlardan beri ishlab kelgan. Inson faoliyatining boshlang’ich davrilaridanoq loyihalar yaratganlar. Eramizdan avvalgi davrdayoq o’tgan avlodlarimiz ovlash loyihalari yordami bilan jamiyatni go’shtga bo’lgan talabini qondirishda qisqa muddatli turidan foydalanganlar. Piramidalar, Ulug’ Xitoy devori, va Andrian ustuni kabi loyihalar, o’z davrida mashhurligi va yetukligi bilan atom bombasini yaratgan Manxetton loyihasi yoki inson zotini oyga olib chiqadigan Apollon loyihasi kabi juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ovga chiqish, piramida qurilishi, kranni ta’mirlash yoki biror bir bazmga tayyorgarlikda o’z hissasini qo’shish kabi o’zaro bir qator umumiy dalillar borki, ularni loyihaga aylantiradi: Ular maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Ular o’zaro bog’liq ta’sirni koordinat bajarilishini o’z ichiga oladi. Ular chegaralangan vaqtdagi muddatga ega, ya’ni boshlanishi va tugashi. Ular xammasi ma’lum darajada ulkan va qaytarilmaydigan (takrorsiz). Umuman olganda ana shu to’rtta dalillar yoki tavsifnomalar loyihalari boshqa tadbirlardan farqlanadi. Har bir nomlangan tavsifnoma ichki bir ma’noga ega. Maqsadga erishishga intilish. Loyihalar ma’lum maqsadda natijaga ega bo’lishiga qaratilgan. Mana shu maqsad loyihaning xarakatlanuvchi qismi xisoblanadi va hamma kuch ana shu maqsadning amalga oshirilishi va tadbiq etilishiga safarbar etiladi. Loyihalar maqsadga erishishga qaratilgan, ularni amalga oshirish uchun ichki kuchli ma’noga ega bo’lib, boshqarishga xizmat qiladi. Loyihani boshqarishdagi muxim chiziq bu aniqlik va maqsadni yo’naltirishdir, eng yuqori nuqtasidan boshlab eng oddiy buyumgacha e’tiborga olinadi. Loyihada sinchkovlik bilan tanlangan maqsadni birin-ketin ko’rish mumkin. Loyihaning mukammallashib borishi, maqsadning tabora amalga oshishiga yuqori saviyada yetib borishi va nixoyat maqsad cho’qqisiga yetib kelishdir. O’zaro bog’liq ta’sirning muvofiq xolda bajarilishi. Loyixalar o’z ma’nosiga mos murakkabdir. Ular ko’p sonli xarakatlarning bajarilishini o’z ichiga oladi, bu xarakatlar o’zaro bog’liq va o’ta nozikdir. Ba’zi bir oraliqdagi vazifalar parallel olib borilishi kerak. Agar har xil vazifalarning bajarilish sinxronizatsiyasi buzilsa, butun bir loyiha taqdiri xavf ostida qoladi. Agar shu xususda ya’ni loyiha tavsifnomasi haqida biroz fikr yuritilsa, shu aniq bo’ladiki, loyiha -bu bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan qismlar yig’indisi-yaxlit bir sistemadir. Loyihani boshqaruvchi mutaxassislar keyingi o’n yillikda (yangi) usul bilan loyihani boshqarishning bazasi asosida sistemali analizini ishlab chiqdilar. Sistemali analizning asasiy printsiplarini egallagan loyiha boshqaruvchisi loyihani tatbiq etishda o’z bilim doirasidan unumli foydalana bilishi kerak. Vaqtning chegaralangan muddati. Loyihalar belgilangan muddatning oxirgi davrigacha bajariladi. Ular vaqtinchalik xarakterga ega. Ularda aniq ko’rsatilgan boshlanish va tugatish davri bor. Loyiha oldidagi asosiy maqsadga erishgandagina tugallanadi. Loyiha bilan ishlaganda kuchning asosiy qismi ishni mo’ljallangan vaqtda tugatishga qaratilgan bo’ladi. Buning uchun grafik tayyorlanib, berilgan vazifaning boshlanish va tugatish vaqti ko’rsatiladi va bu loyiha grafigiga kiritiladi. Loyihaning noyobligi. Loyiha-bu ma’lum darajadagi bir marotabalik va qaytarilmas tadbirdir. SHu bilan birga noyoblik darajasi bilan bir-biridan juda katta farq qiladi. Gap namunaviy ob’ekt haqida ketadigan bo’lsa, agar loyiha, ellik marotaba qayta tiklansa, bunday loyihaning noyoblik darajasi yuqori bo’lmaydi. Bu inshootning asosiy elementlari qolgan 49 ta loyihaning elementlari kabi bir hilda takrorlanadi. Loyihalovchi tashkilotlarining tarkibi va tuzilishi. Loyihaviy xujjatlar maxsuslashtirilgan loyiha tashkilotlarida ishlab chiqiladi. Loyihalovchini tanlash tanlov asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq. O’zbekistonda qurilish materiallari va konstruktsiyalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarining loyihalari bilan UZNIIEP(asosiy), UzNIIstroyproekt va boshqalar faoliyat yuritadilar. Institut rahbariyati va bo’linmalarining majburiyatlari. Ishlab chiqaruvchi bo’limlar(ish turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan) institutning mustaqil bo’linmalari hisoblanib, direktor va bosh injenerga bo’ysunadi. Ishlab chiqaruvchi bo’limlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Tashkilotning loyihaviy-izlanish rejasi bo’yicha davlat byudjeti ishlarini zaruriy hajmda va nomenklaturada hamda belgilangan muddatlardagi ijrosi; Ishlab chiqilayotgan loyihalar va boshqa ishlarning iqtisodiy samaradorligini, yuqori texnik darajasini ta’minlash; Qurilish tannarxini har bir qismlari bo’yicha ko’rilayotgan loyihaviy yechimlarini tahlil qilib talab darajasidagi tejamkorlikni ta’minlaydigan qarorlarni qabul qilish; Vatanimizdagi va xorijning eng so’nggi texnika, texnologiya va ilm-fan yutuqlarini tatbiq etib mahsulotlarning yuqori sifatini saqlagan xolda, ularning tannarxini pasaytirish; Namunaviy (tipovoy)loyihalarni, unifikatsiyalashgan texnik yechimlarni, konstruktsiyalarni, tugunlar va detallarni keng qo’llash yo’li bilan, shuningdek, ishlab chiqarish bo’limlaridagi xizmatchi-xodimlarning mehnatini ijobiy tashkil etish orqali loyihaviy-izlanish ishlarining tannarxini pasaytirish va loyihalash hamda izlanishlar muddatlarini qisqartirish. Korxona loyihasini ishlab chiqishda loyihalash ishini tashkil etish uchun loyihalash, qurilish jarayonida, ishlab chiqarish tizimini va asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini xarakatga keltirishgacha bo’lgan to’liq davr davomida har bir alohida loyihaga loyihaning Bosh injeneri (LBI) LBIlari byurosidan tayinlanadi. Loyiha Bosh injenerining mas’uliyatidagi masalalar: Buyurtmachidan loyihalanayotgan korxonaning boshlang’ich berilgan qiymatlarini, eng maqbul maydonni tanlash uchun texnik-iqtisodiy baholashlarni qabul qilish va tegishli organlar bilan loyihalanayotgan yechimlarni kelishish. Loyiha ishlanmasi grafigini tuzish va loyihaviy-tadqiqot ishlari bosqichlarini aniqlash. Subpudrat tashkilotlari uchun binolarni tayyorlash va zaruriy boshlang’ich ma’lumotlar bilan ta’minlash hamda subpudratchilarni ishlashi jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o’z vaqtida yechish. Loyihaning loyihaviy smeta bo’limlarini belgilangan muddatlarda taqdim etilishi va loyiha tadqiqot ishlari uchun mablag’larni to’g’ri taqsimlanishini nazorat qilish. Loyihaga texnik rahbarlik. Me’yor va standartlarga qat’iy rioya qilish va QMQdan xar qanday chetlanishlarni tegishli tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish. Loyihani yuqori tashkilotlar va taftish organlarida himoya qilish. Qurilish jarayonida mualliflik va texnik nazoratiga rahbarlik qilish. Korxonani ishga tushirish va loyihaviy quvvatlarni o’zlashtirish jarayonidagi yuzaga keladigan muammolarni hal qilish. Loyihalash institutiga loyihalash va loyihani taqdim etishdan tashqari qurilish jarayonida tegishli loyihaviy yechimlarni tatbiq etishni nazorati ham yuklatiladi. SHu sababli institutda har bir loyiha uchun mualliflik nazorati hay’ati tuziladi. Mualliflik nazorati butun qurilish jarayoni davomida olib borilib quyidagilarni tekshiradi: Qurilishning loyiha yechimlariga va smeta hisoblariga mosligi; Qurilish montaj ishlarining sifatini nazorat qiladi; Jurnal tutilib unga qurilish jarayonida aniqlangan barcha QMQ va TU hamda loyihadan chetlanishlar kiritiladi; Buyurtmachi tomonidan mas’uliyatli konstruktsiyalarni qabul qilib olishda va bu haqida aktlar tuzishda ishtirok etadi; Standartlarga va boshqa texnik xujjatlarga mos kelmaydigan jixozlar va ashyolarni konstruktsiyalarda qo’llanilishini taqiqlash; Loyihaning Bosh injeneri, ishlab chiqarish bo’limi va mualliflik nazorati hay’atining faoliyati loyihalash tashkilotining bir butun bo’limi hisoblanadi. Bunday bo’limlar tashkilotda bir nechta bo’lishi mumkin va ularning har biri o’zining loyihalash yo’nalishi hamda qurilishning nazorat qilish faoliyatini yuritadi. Loyihalash ishini tegishli tartibda tashkil etish uchun institutda ilmiy va texnikaviy qo’llab quvvatlash bo’linmalari tuziladi. Texnika bo’limi. Uning faoliyati: fan va texnika taraqqiyotining ilg’or yutuqlarini loyihaga tatbiq etish, ishlayotgan korxonalarning ilg’or tajribalarini o’rganish, ishlab chiqarishning yangi yutuqlari xususidagi ma’lumotlarni to’plash, loyihalar bo’yicha ekspertizalarni tashkil etish. Institutning texnik kengashi ishini tashkil etish va ishlab chiqarish bo’limlari bilan birgalikda yangi texnika hamda rejalarni tatbiq etish mumkin bo’lgan ob’ektlarni aniqlash. Rejalashtirish va moliyalashtirish va bo’limi. Mazkur bo’lim institutning va uning bo’limlarini ishlab chiqarish hamda iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi. Institutning yillik mavzuviy rejalari loyihasini tayyorlaydi va ularni respublika Davarxitektqurilish qo’mitasida muvofiqlashtirilishida ishtirok etadi. Loyihaning Bosh injenerlari tomonidan berilgan talabnomalar bo’yicha texnik bo’limlarga loyihaviy-tadqiqot ishlarining buyurtmalarini taqdim etadi. Markaziy ishlab chiqarish va bo’limlar faoliyatining umumiy rejasini tuzadi. Amalga oshirish va daromad rejalarini, shuningdek ishlab chiqarish xodimlarining lavozim tarkibini (shtatnoe raspisanie) tuzadi. Bulardan tashqari institutda tashkiliy va maishiy qo’llab quvvatlash maqsadida ta’mirlash, transport, ta’minot va kadrlar bo’linmalari faoliyat yuritadi. Yuqorida sanab o’tilgan barcha ishlab chiqarish xodimlari ustidan institutning Bosh injeneri-direktorning birinchi o’rinbosari rahbarlikni amalga oshiradi va institut faoliyatini to’g’ri yuritilishi bo’yicha mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi hamda direktor bo’lmagan vaqtda uning zimmasidagi vazifalarni bajaradi. U institutning barcha bo’limlari, loyihaning Bosh injeneri va barcha sanoat-texnikaviy jixatdan yuritilayotgan faoliyat yuzasidan boshqaruvni amalga oshiradi. Kichik guruhlarda ishlash qoidalari: Xar kim o’z o’rtoqlarini tinglashi, xurmat bildirishi kerak. Xar kim faol, berilgan topshiriqga ma’suliyat bilan qaragan xolda ishlashi kerak. Xar kim zarur xolda yordam so’rashi lozim Xar kim undan yordam so’ralganda albatta yordam berishi kerak. Xar kim gurux ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart. Kichik guruxlar uchun topshiriqlar: 1-gurux uchun topshiriq Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish korxonasining bosh rejasini loyihalash. Ishchi chizmalar to’plamini rasmiylashtirish qoidalari mavzusini SWOT usulida taxlil qilib bering. 2-gurux uchun topshiriq Ishlab chiqariladigan maxsulot va foydalaniladigan xom ashyoning o’ziga xosligini xisobga olgan xolda ishlab chiqarish korxonasining bosh rejasini loyihalash. Ishchi chizmalar to’plamini rasmiylashtirish qoidalari mavzusida Klaster tuzing. 3-gurux uchun topshiriq Ishlab chiqariladigan maxsulot va foydalaniladigan xom ashyoning o’ziga xosligini xisobga olgan xolda ishlab chiqarish korxonasining bosh rejasini loyihalash. Ishchi chizmalar to’plamini rasmiylashtirish qoidalari mavzusini Venn diagrammasida izoxlab bering. Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar: Ishlab chiqariladigan maxsulot va foydalaniladigan xom ashyoning o’ziga xosligini xisobga olgan xolda ishlab chiqarish korxonasining bosh rejasini loyihalash. Ishchi chizmalar to’plamini rasmiylashtirish qoidalari Foydalanilgan adabiyotlar.
- 2. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari: V. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: № Mustaqil ta`lim mavzulari 8- semestr Dars soatlari xajmi 1. Temir beton ko’priklar uchun yiliga 40000 m3 balkalar ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash. Qurilish joyi: Mo’ynoq 2 2. Temir beton ko’priklar uchun yiliga 20000 m3 ustunlar ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash. Qurilish joyi: Nukus 1 3. Suv inshootlari qurilishi uchun yiliga 20000 m3 temir beton quvurlari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Farg’ona 2 4. Suv inshootlari qurilishi uchun yiliga 35000 m3 temir beton latoklar ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Andijon 1 5. Panelli binolar uchun yiliga 20000 m3 orayopma plitalarini ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Urganch 2 6. Panelli binolar uchun yiliga 50000 m3 devor panellarni ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Buxoro 1 7. Sanoat binolari uchun yiliga 50000 m3 kran osti to’sini ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: G’ijduvon 2 8. Qishloq xo’jaligi binolari uchun yiliga 55000 m3 qoburg’ali plita ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Jizzax 1 9. Ko’p qavatli binolar uchun yiliga 50000 m3 zina poya marshlari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Xiva 2 10. Ko’p qavatli binolar uchun yiliga 70000 m3 ko’p boshliqli plitalar ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Qarshi 1 11. Sanoat binolari uchun yiliga 70000 m3 segmentli ferma ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi:Muborak 2 12. Qishloq xo’jaligi binolari uchun yiliga 45000 m3 yaxlit to’sin ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Shahrisabz 1 13. Sanoat binolari uchun yiliga 50000 m3 ikki tarmoqli ustun ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Navoiy 2 14. Ko’p qavatli turar-joy binolari uchun yiliga 45000 m3 rigel ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Zarafshon 1 15. Sanoat binolari uchun yiliga 60000 m3 yaxlit to’sin ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Nurota 2 16. Turar-joy binolari uchun 35000 m3 zina poya maydonchasini ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Uchquduq 1 17. Qishloq xo’jaligi binolari uchun yiliga 45000 m3 yarim rama ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Namangan 2 18. Sanoat binolari uchun yiliga 45000 m3 qobirg’ali plitalarini ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Kosonsoy 1 19. Ko’p qavatli turar-joy binolar uchun yiliga 70000 m3 rigel va ustunlar ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Pop 2 20. Karkasli binolar uchun yiliga 65000 m3 devor panellari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Samarqand 1 21. Suv inshootlari qurilishi uchun yiliga 25000 m3 temir beton ko’prik balkalari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Denov 2 22. Yiliga 25000 m3 irrigatsiya latoklari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Termiz 1 23. Sanoat binolari uchun yiliga 70000 m3 parallel belbog’li fermalar ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi : Sirdaryo 2 24. Sanoat binolari uchun yiliga 45000 m3 poydevor bloklari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Yangiyer 1 25. Karkasli binolar uchun yiliga 55000 m3 tomyopma plitalari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Olmaliq 2 26. Yiliga 15000 m3 elektr uzatish liniyasi tayanchlari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Bekobod 1 27. Sanoat binolari uchun yiliga 45000 m3 panjarasimon to’sin va yaxlit ustunlarini ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Ohangaron 1 28. Ko’p qavatli turar-joy binolari uchun yiliga 45000 m3 ustunlar ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Toshkent 2 29. Qishloq xo’jaligi binolari uchun yiliga 35000 m3 ustunlarini ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Chorvoq 1 30. Karkasli binolar uchun yiliga 55000 m3 rigellar ishlab chiqarish korxonasini loyihalash. Qurilish joyi: Chirchiq 1 Jami: 44 Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.