Oʻtmas jismlar taʼsirida ichki aʼzolar jarohatlanishlarini yetkazilish muddatlarini sud-tibbiy baholash
Ushbu dissertatsiya oʻtmas jismlar taʼsirida ichki aʼzolar jarohatlanishlarini etkazilish muddatlarini sud-tibbiy baholashga bagʻishlangan. Tadqiqotda oʻtmas jismlardan ichki a'zolarning jarohatlanishlari natijasida oʻlim muddatini va kelib chiqish mexanizmini ichki a'zolarning morfostrukturaviy oʻzgarishlari asosida oʻrganish algoritmi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida buyrak, oʻpka, jigar, taloq kabi a'zolarni oʻtmas jismlar ta'sirida shikastlanishidan oʻlim koʻrsatkichi yuqori boʻlganligi va bu holatlarning koʻpchiligi 25-55 yosh oraligʻidagi shaxslarda kuzatilganligi aniqlangan. Shuningdek, oʻtmas jismlar taʼsirida ichki aʼzolarning jarohatlanishi natijasida oʻlim turini aniqlash uchun mikroskopik va morfometrik malumotlarni patomorfologik oʻzgarishlari (dissirkulyatsion oʻzgarishlar, qon tomirlarining spazmi, venoz toʻlaqonlik, distrofik va nekrotik oʻzgarishlar) asosida qoʻshimcha sud-tibbiy mezonlar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqot ishining Oʻzbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi koʻrsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
- DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqot ishining Oʻzbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi koʻrsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Birinchi bobda dissertatsiya mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi keltirilgan. Mahalliy va xorijiy olimlarning eng zamonaviy ilmiy yutuqlari tahlil qilingan. Ikkinchi bobda tadqiqotda qoʻllangan material va usullar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
- XULOSALAR: Respublika sud tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining Andijon viloyat filialida 2019-2021-yillarda retrospektiv arxiv maʼlumotlari asosida o'tmas jismlar ta'sirida jarohatlanishidan vafot etganlarning 39 ta holati oʻrganilganda, jigar, oʻpka, taloq va buyrakda ma'lum vaqtdan keyin sodir bo'lgan morfologik oʻzgarishlar oʻlim genezisida ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. O'tmas jismlar taʼsirida ichki a'zolarning shikastlanishidan vafot etgan 145 murdaning yosh koʻrsatkichlarida ekanligi aniqlandi: 19 yoshgacha boʻlganlar 5%, 20-25 yosh 15%, 25-34 yosh 25%, 35-40 yosh 23%, 45-50 yosh 8%, 55-60 yosh 6% va 65 yoshdan katta 18%. Shu bilan birga, 25 yoshdan 55 yoshgacha bo'lganlarda o'pka, jigar, taloq va buyraklar kabi a'zolarni o'tmas jismlar ta'sirida shikastlanishidan oʻlim koʻrsatkichi 56 foizdan yuqori boʻlgan. Ichki a'zolarning o'tmas jismlar ta'sirida shikastlanishi natijasida: birinchi navbatda buyraklarda 2-4 soat, oʻpkada 4-12 soat, jigarda 12-17 soat, taloqda 18-20 soat dan so'ng birinchi navbatda dissirkulyatsion oʻzgarishlarning rivojlanishi aniqlandi, natijada arterial spazm venoz to'laqonlilik, shuningdek, ishemik qon aylanishining buzilishi tufayli diapedez qon ketishi ko'rinishidagi distrofik va nekrotik oʻzgarishlarning kelib chiqishi aniqlandi. O'tmas jismlar ta'sirida ichki a'zolarning jarohatlanishi natijasida oʻlim turini aniqlash uchun mikroskopik va morfometrik malumotlarni patomorfologik oʻzgarishlari (dissirkulyatsion oʻzgarishlarning rivojlanishi, arteriya va arteriolalarning spazmi, venoz to'laqonlilik, shuningdek distrofik va nekrotik oʻzgarishlar) tanlab olindi. Ushbu aniqlangan ko'rsatkichlar sud-tibbiy tekshiruvlarida qoʻshimcha mezon sifatida xizmat qiladi.