Фалсафа фанидан

Ushbu kitob falsafa fanining mohiyati, muammolari, vazifalari hamda falsafiy fikrlarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini yoritadi. Unda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafaga qo'shgan hissasi, jahon falsafasining yirik namoyandalari va ularning g'oyalari tahlil qilingan. Kitob falsafiy bilimlarni o'rganuvchilar, talabalar, va shu soha bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Falsafa fanining mavzui, muammolari va vazifalari: Falsafaning mohiyati, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, dunyoqarash bilan bog'liqligi, falsafaning dolzarb muammolari (ontologiya, gnoseologiya, aksiologiya) va vazifalari (nazariy, metodologik, amaliy) ko'rib chiqiladi. Mustaqillik davrida falsafaning ahamiyati va yangi falsafani shakllantirish masalalari o'rganiladi.
  • Qadimgi davr falsafasi: Qadimgi dunyo falsafasining shakllanish jarayoni, qadimgi Xindiston va Xitoy falsafasi, qadimgi Yunoniston va Rim mutafakkirlarining falsafiy g'oyalari, xususan Suqrot, Aflotun, Arastu kabi faylasuflarning ta'limotlari tahlil etiladi.
  • Markaziy Osiyoda falsafiy fikrlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi: Markaziy Osiyoda falsafiy fikrlarning shakllanishi va taraqqiyoti, zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik ta'limotlari, islom falsafasi, ilk islomdagi bahslar, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyodagi falsafaning taraqqiyoti, Amir Temur va temuriylar davrida Markaziy Osiyoda ijtimoiy falsafiy fikrlar, XVI asr va XIX asrning birinchi yarmigacha Markaziy Osiyoda. ma'rifatparvarlik va ijtimoiy – falsafiy fikr rivoji, XIX asr va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ma'rifatparvarlik va ijtimoiy siёsiy tafakkur taraqqiёti.
  • O'rta asrlar va yangi davr G'arb falsafasi: O'rta asrlar va uyg'onish davri G'arb falsafasi, yangi davr falsafasining boshlanishi va shakllanishi (F.Bеkon, R.Dеkart va boshqalar), yangi davr falsafasining rivojlanishi (I.Kant, F.Gеgеl va boshqalar).
  • Hozirgi davr G'arb falsafasi: Hozirgi zamon G'arb falsafasining asosiy xususiyatlari va undagi yonalishlar (Niopozitivizm, tеxnokratiк nazariya va pragmatizm g'oyalari, Ekzistеntsializm va gеrminеftiкa falsafasi, diniy falsafa, nеotomizm).
  • Borliq falsafasi: Borliq tushunchasi, borliqning asosiy shakllari va atributlari, harakat, o'zgarish, rivojlanish, fazo va vaqt tushunchalari, tabiat to'g'risida falsafiy qarashlar.
  • Dunyoni anglash va bilish. Inson mohiyati: Ong, ruhiyat, ongsizlik, ijtimoiy ong, uning shakllari va darajalari, bilish falsafasi, bilishning bosqichlari va shakllari, Inson va jamiyat falsafasi.
  • Falsafaning qonunlari, kategoriya va metodlari: Qonun tushunchasi, falsafiy qonunlar, kategoriya tushunchasi, falsafiy kategoriyalarning o'ziga xos xususiyatlari, metod tushunchasi, falsafaning asosiy metodlari.