Avtоtranspоrt tarmоg’i kоrxоnalarini lоyihalash asoslari

Mazkur o'quv-uslubiy majmua "Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash asoslari" fanidan tayyorlangan bo'lib, ushbu fan talabalarga nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda, ularda avtotransport korxonalarini loyihalash, ularning texnik-iqtisodiy asoslarini hisoblash va loyihalash jarayonlarini mustaqil ravishda bajarish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Unda avtotransport korxonalarining turlari, ularning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, texnologik jarayonlari, jihozlarni tanlash, joylashtirish, ishchi o'rinlarini va binolami rejalashtirish kabi muhim masalalar atroflicha yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda, amaliy mashg'ulotlar va muammoli masalalar ham berilgan bo'lib, bu talabalarning fanni chuqur o'zlashtirishiga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu: Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash asoslari fanining predmeti, vazifalari, mutaxassis tayorlashdagi ahamiyati: Ushbu mavzu avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash fanning predmeti, vazifalari, mutaxassis tayyorlashdagi ahamiyati, O'zbekiston Respublikasida avtomobil sanoatini, transport majmuini yangi iqtisodiy sharoitlarda rivojlantirish haqidagi hukumat qarorlari, ATTK larni texnologik loyihalashning ahamiyati va uni bakalavrlar tayyorlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma'lumot beradi.
  • 2-mavzu: Avtotransport tarmog'i korxonalarining ishlab chiqarish texnik bazasi va ularni loyihalash: Mavzu avtotransport korxonalari tasnifini, ishlab chiqarish texnik bazasini va ularni loyihalash tartibini tushuntiradi. Unda avtoekspluatatsiya korxonalari, xizmat ko'rsatish korxonalari, avtota'mirlash korxonalari, yordamchi korxonalarning turlari va vazifalari hamda ularni loyihalashning asosiy talablari hamda jihozlarni tanlash masalalari yoritilgan.
  • 3-mavzu: Avtotransport korxonalarining texnologik loyihalash: Mavzu avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash dasturini hisoblash, ish hajmimini hamda ishchi sonini hisoblash, texnologik jihozlarni tanlash va ularning mexanizatsiyalash darajasini aniqlash kabi masalalarni qamrab oladi.
  • 4-mavzu: Ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalarni texnologik rejalashtirish: Mavzu ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalarining aloqalarini, ularni rejalashtirishni, texnologik jihozlarni tanlash va ishchi o'rinlar sonini aniqlashni o'z ichiga oladi.
  • 5-mavzu: Ishlab chiqarish binolarini rejalashtirish: Mavzu ishlab chiqarish binolarini rejalashtirishga qo'yiladigan talablar, TXK va JT mintaqalari va ishlab chiqarish ustaxonalarining o'zaro aloqalari hamda ishlab chiqarish binolarini rejalashtirishni o'z ichiga oladi.
  • 6-mavzu: Avtotransport korxonalarini rejalashtirish: Mavzu avtotransport korxonalari bosh rejasi, loyihalash echimlariga qo'yiladigan talablar, avtomobillarning chiqish va qaytish grafigi, TXK va JT mintaqalarini hisoblash kabi masalalar bilan tanishtiradi.
  • 7-mavzu: Loyihalarni texnik-iqtisodiy baholash: Mavzu avtotransport korxonalari loyihasining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini aniqlash, ularning sifatini baholash va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar yordamida korxona ishlab chiqarish texnika negizini taxlil qilishni o'z ichiga oladi.
  • 8-mavzu: TXK va JT texnologik jarayonining mexanizatsiyalash darajasini hisoblash: Mavzu TXK va JT jarayonining mexanizatsiyalash darajasini hisoblash, nostandart jihozlarni tanlash va ularning hisob-kitobini o'rganishni o'z ichiga oladi.