Yosh - o‘smir shosse velosportchilarning boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichidagi mashg‘ulot yuklamalari metodikasini modifikasiyalash
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy kengash tomonidan tayyorlangan boʻlib, yosh shosse velosportchilarining mashg'ulot yuklamalarini optimallashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda yosh velosportchilarni tayyorlashning boshlang'ich bosqichidagi mashg'ulot yuklamalari metodikasini modifikatsiyalash bo'yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotda, shuningdek, jismoniy va texnik tayyorgarlikni oshirish, o'quv-mashg'ulot jarayonini rejalashtirish, sportchilarning jismoniy holati va tayyorgarligini baholash kabi muhim masalalar o'rganilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Dunyoda velosportchilarning yillik tayyorgarlik siklida mashg'ulot va musobaqa yuklamalarini optimal taqsimotiga oid muammolarni yetarlicha oʻrganilmaganligi, ayniqsa velosportchilar mashg'ulotlarining, tayyorgarlik, musobaqa va oʻtish davrlari davomida aynan musobaqalar bilan uyg'unlashtirilgan tayyorgarligiga koʻra xilma-xil mashqlar taqsimoti hamda yuklamalar hajmi va parametrlarini “uzatish" amplitudasi alohida qiziqish uyg'otmoqda.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish shosselari" bilan bog'liq ustuvor yo'nalishlari doirasida amalga oshirilgan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Mahalliy olimlarimiz F.A.Kerimov, R.M.Matkarimov, Y.N.Chernikova, R.S.Yun, T.K.Narbayeva, I.I.Karimovlar tadqiqotlarida velosport bilan shug'ullanuvchi sportchilarni kelgusida sport texnikasini mukammal egallashlariga, ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini ta'minlashga, har bir sport turi uchun optimal boʻlgan yoshda eng yuqori natijalarga erishishga qaratilgan qulay imkoniyatlarni yaratish va ushbu bosqichda belgilangan asosiy vazifalar boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishgan. Mustaqil davlatlar hamdostligi olimlaridan V.M.Volkov, D.A.Polishuk, L.P.Matveyev, V.N.Platonovlar velosiped sporti nazariyasi va uslubiyati sohasidagi mutaxassislar ilmiy-amaliy tadqiqotlarini ijobiy baholagan holda oʻzlarining fikr-mulohazalarini takidlab o'tishgan, ushbu davr mobaynida olimlar bir qator uslubiy masalalar boʻyicha velosiped sportining umumiy nazariyasi va amaliyotida asosiy jismoniy sifatlarini tarbiyalash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishgan.
- Tadqiqotning maqsadi: Oʻquv-mashg'ulot jarayonini jadallashtirish hamda yillik sikldagi musobaqa va maxsus mashg'ulot yuklamalari hajmi darajasidagi tebranishlar amplitudasini kamaytirish asosida boshlang'ich ixtisoslikdagi velosportchilarni tayyorgarlik metodikasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
- Tadqiqotning vazifalari: 1. boshlang'ich sport ixtisosligi bosqichidagi velosportchilarning yillik tayyorgarlik siklida turli hajmdagi musobaqa va mashg'ulot yuklamalari dinamikasini, shuningdek, ularning shosse velosportchilarining tayyorgarligi holatiga ta'sirini oʻrganish; 2.yosh-oʻsmir velosportchilarni shosse yoʻnalishiga “Tacx Training" uskunasida vositalarni imitatsiya qilish koʻrsatkichlari orqali saralash; 3.pedagogik tajribalarda sportchilarning jismoniy holati, o'smirlik davrida pedallarni aylantirishda boshni egish va burishning ahamiyatini aniqlash hamda sport maktablari murabbiylariga tavsiyalar ishlab chiqish; 4.tayyorgarlikning yillik sikli davomida oshirilgan jadallik bilan bajariladigan mashqlar hajmini koʻpaytirgan holda musobaqa va mashg'ulot yuklamalarining tebranish amplitudasi pasaytirilgan velosportchilar mashg'ulotlarining samarali usullarini aniqlash.
- Tadqiqotning obyekti: Boshlang'ich sport ixtisosligida shugʻullanuvchi yosh shosse velosportchilarning mashg'ulot jarayon olingan.
- Tadqiqotning predmeti: 13-14 yoshli shossechi-velosportchilarning tayyorgarlik tuzilmasi va mazmuni tashkil etadi.
- Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda mahalliy va xorijiy adabiyotlar va sport amaliyoti ma'lumotlarini tahlil qilish, pedagogik kuzatish, pulsometriya ma'lumotlari asosida mashg'ulot va musobaqa yuklamalarni xronometraji, test va nazorat mashqlari, pedagogik tajriba, matematik – statistika usullaridan foydalanilgan.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Boshlang'ich sport ixtisosligi bosqichidagi velosportchilarning yillik mashg'ulot yuklamalarini velosipedda mashq qilish soni, yilning turli fasllarida jismoniy tayyorgarlik holatini yuqori darajada ushlab turish uchun velostanok mashqlarida, shamol qarshiligini drafting pozitsiyasida harakatlanish bilan kamaytirish hisobiga ishchanlik qobiliyati oshirilgan; yosh-oʻsmir shosse yoʻnalishiga velosportchilarni saralash uchun maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini rivojlantirishga qaratilgan shossechilar to'rtligi butun masofa davomida kerakli tezlikni saqlab qoluvchi bir xil tempda harakatlanish intensivligini informatsion dasturlarga singdirish evaziga istiqbolli velosportchilarni "Tacx Training" uskunada musobaqa faolyatidagi statik holatni turli pozitsiyalarda ushlash vositalarini imitatsiya qilish imkoniyatlari kengaytirilgan; yosh-oʻsmir velosportchilarning mashg'ulot metodikasiga musobaqa yuklamasiga ega masofani velosportchining tayyorgarlik darajasiga asosan taqsimlash kabi progressiv usulini modifikatsiya qilish strategiyasining sportchi yoki jamoaga effektiv mezonlarini shossening yakuniga qadar boʻlgan masofaga teng taqsimlash hisobiga natijalarni kuzatish va baholash imkoniyati takomillashtirilgan; shosse velosportchilarning iste'dodlarini tashxislash uchun mashg'ulot jarayonida qisqa mashqlarini (sprint, jamoaviy, yakkalik, para haydash) qoʻllash bilan yuqori intensivlikni oshirishga qaratilgan tayyorgarlik yoʻnalishlarni oʻzida qamrab oluvchi velosportchilar mashg'ulotlar metodikasini ishlab chiqish hisobiga musobaqa va mashg'ulot yuklamalarining tebranish amplitudasini tayyorgarlikning yillik sikli davomida oshirilgan jadallik bilan bajariladigan mashqlar hajmi takomillashtirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: yillik ixtisoslashgan mashg'ulot va musobaqa yuklamalari hajmini koʻpaytirmasdan velosportchilarning ishchanlik qobiliyatlari darajasini ishonchli oshirish va ularning sport natijalarini o'stirish imkoniyatlari aniqlangan va joriy etilgan. velosportchilarni shosse yoʻnalishi texnikasiga o'rgatish omillari, vositalari, usullari va nazorat mashqlari aniqlangan; velosportchilarni chiddamalilik sifatini faollashtirish usullariga o'rgatish boʻyicha modul dasturi ishlab chiqilgan; velosportchilarga ratsional texnikani muvaffaqiyatli o'zlashtirishga yordam beruvchi texnik ko'nikma va malakalarni oʻrgatish jarayoni optimallashtirilgan.